Tesla modeli 3
Tesla Model 3 - bu Amerikaning Tesla brendi ostida ishlab chiqariladigan elektr avtomobil. U akkumulyator batareyalik, to'rt eshikli sedan bo'lib, AQShda o'rta o'lchamli avtomobil va Yevropada katta oilaviy avtomobil[1][2] hisoblanadi. Model 3 ning cheklangan miqdorda ishlab chiqarilishi 2017-yilning o‘rtalarida boshlandi, aniqroq qilib aytilganda konveyer liniyasida birinchi ishlab chiqarish 2017-yil 7-iyul sanasida amalga oshirildi[3][4][5]. Dastlabki 30 ta avtomobilning rasmiy taqdimoti va yetkazib berilishi 28-iyulda bo‘lib o‘tdi[6]
Model 3 baziviy komplektatsiyasi AQSH ning Tabiyatni muhofaza qilish agentligi( EPA) tomonidan baholangan ko'rsatkichga ko'ra bir martalik to'la quvvatda 272 milya (438 km) va uzoq masofalarga yurishga mo'ljallangan Long Range versiyasi esa 358 milya (576 km) masofani bosib o'tishga yetadi[7] . Tesla kompaniyasining ma'lumotlariga ko'ra, Model 3 o'zini o'zi boshqarsih funksiysiga ega, shuningdek davriy programmaivy yangilanishlar yanada ko'proq funksiyalarga ega bo'lishni ta'minlaydi.[8][9][10]
Model 3 Tesla tomonidan ishlab chiqarilgan avvalgi modellarga qaraganda arzonroq bo'lganligi sababli ko'proq sotildi. 2020-yilning boshidan beri Model 3 dunyo tarixidagi eng koʻp sotilgan elektromobil[11] , 2021-yil iyun oyida esa bir million dona sotilgan ilk elektr avtomobili boʻldi[12]. Model 3 2018-yildan 2020-yilgacha uch yil davomida dunyodagi eng ko‘p sotiladigan elektromobil (PEV) bo‘ldi.[13][14][15] Shuningdek, u ketma-ket uch yil davomida 2018-yildan 2020- yilgacha[16][17][18] Amerika Qo'shma Shtatlarda, 2019-yilda Evropada va 2020 yilda Xitoyda eng ko'p sotilgan elektromobil bo'ldi[19][20]
Tarixi
tahrirIlon Maskning 2006 yilgi Wired Science nashriga bergan intervyusida Model 3 ni ko'pchilik odamlar sotib olishga qurbi yetadigan qilib loyixalanayotganligini bildirdi 2008-yilda avtomobil oilaviy avtomobil ekanligi e'lon qilindi.[21] 2017-yilda Tesla kompaniyasi to'liq elektr avtomobilning Standard versiyasi AQSH ning Tabiyatni muhofaza qilish agentligi( EPA) tomonidan tasdiqlangan 215 milya (346 km) masofani bosib o'ta olishi , old va orqa yukxonalar, 5 kishilik o'rindiqlar shuningdek tezlanish ko'rsatkichlari xuddi sport avtomobillarnikidek bo'lishini va'da qildi.[yaxshiroq manba kerak][22][23] Bundan tashqari u 5 yulduzli xavfsizlik reytingiga ega bo'lishini va avvalgi Tesla Model S (2014 yildagi, o'sha paytning eng yaxshi ko'rsatkichi)dan ham yuqoriroq aerodinamik koeffisientga ega bo'lishi Tesla kompaniyasi tomonidan e'tirof etildi.[24]
Tesla kompaniyasi Model 3 ning 2016-yildagi taqdimotidan so‘ng ilk bir hafta ichida 325 000 ta avtomobilga shartnoma qilganligini ma’lum qildi. Bu shartnomalarning umumiy qiymati 14 milliard AQSH dollarga teng edi.[25][26] 2017-yilning avgustiga kelib, 455 000 ta avtomobilga avvaldan buyurtma qilingan edi.[27][28]
2016-yilning may oyida Tesla o'zining 2018-yilgi 500 000 donalik(Model S, Model X va Model 3 birgalikda) rejasini 2 yil avvalroq ishlab chiqarmoqchi ekanligini ma'lum qildi, bunga soxa mutaxasislarining ko'pchiligi ishonmadi. Kutilganidek, kompaniya rejani moliyalashtirish uchun fond bozoriga o'zining 2 milliard AQSH dolllarlik aksiyalarini sotuvga chiqardi.
Kompaniyaning Model 3 ni ishlab chiqarish borasidagi strategiyasi avvaliga qimmatroq avtomobillar ishlab chiqarishdan boshlanib jadal sur'atda arzon avtomobillar ishlab chiqarishga o'tish edi. Bu vaqtda akkumlyator batareyalari va elektrodvigatellar Roadster, Model S va Model X sotuvlaridan tushgan daromadlar xisobidan yaxshilangan va qoplangan.
Teslaning 2018-yil 18-aprelda e'lon qilgan ishlab chiqarish rejasini avvalgi xaftalik 5000 donadan 6000 donagan ko'tarish xaqida bayonot berdi. Biroq, shu yilning 1-Iyulida xaftalik ishlab chiqarish 5000 donani tashkil etgani ma'lum qilindi.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ „Tesla Model 3 Long Range AWD Specs“. fueleconomy.gov. United States Environmental Protection Agency. Qaraldi: 2023-yil 25-mart.
- ↑ „Official Tesla Model 3 Long Range RWD safety rating results“. Euro NCAP. 2019-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-iyul.
- ↑ @elonmusk. „Model 3 passed all regulatory requirements for production two weeks ahead of schedule. Expecting to complete SN1 on Friday“ (2017-yil 2-iyul). Qaraldi: 2017-yil 4-iyul.
- ↑ Hawkins, Andrew. „Everything you need to know about Tesla Model 3, which is starting production today“. The Verge (2017-yil 7-iyul). 2017-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-iyul.
- ↑ Lambert, Fred. „Tesla Model 3 – Elon Musk confirms first production unit built“. Electrek (2017-yil 8-iyul). 2017-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-iyul.
- ↑ Akerstedt, Ida. „Tesla Model 3 release date 2017 – When is Tesla Model 3 coming out in the UK?“. Daily Express (2017-yil 4-iyul). 2017-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-iyul.
- ↑ „Model 3“. Tesla (2019). 2019-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-noyabr.
- ↑ Siddiqui, Faiz. „Tesla floats fully self-driving cars as soon as this year“. The Washington Post (2019-yil 17-iyul). 2019-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-dekabr.
- ↑ „Tesla has a new Autopilot '2.5' hardware suite with more computing power for autonomous driving“ (en-US). Electrek (2017-yil 9-avgust). 2017-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-dekabr.
- ↑ „Autopilot“. tesla.com. 2017-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-dekabr.
- ↑ Holland, Maximilian. „Tesla Passes 1 Million EV Milestone & Model 3 Becomes All Time Best Seller“. CleanTechnica (2020-yil 10-mart). 2020-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel. „Tesla's quarterly reports, meanwhile, had put the Model 3's cumulative sales at 447,980 at the end of 2019.“.
- ↑ Shahan. „Tesla Model 3 Has Passed 1 Million Sales“. CleanTechnica (2021-yil 26-avgust). Qaraldi: 2021-yil 26-avgust.
- ↑ Jose. „Global Top 20 – December 2020“. EVSales.com (2021-yil 2-fevral). 2021-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-fevral.
- ↑ Jose. „Global Top 20 – December 2018“. EVSales.com (2019-yil 31-yanvar). 2019-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-fevral.
- ↑ Jose. „Global Top 20 – December 2019“. EVSales.com (2020-yil 31-yanvar). 2020-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-may.
- ↑ Moore, C.J.. „Tesla's commanding lead in U.S. EVs illustrated by registration report“. Automotive News (2021-yil 14-fevral). Qaraldi: 2021-yil 14-fevral.
- ↑ Loveday. „December 2018 U.S. EV Sales Recap: Over 360K Secured!“. Inside EVs (2019-yil 7-yanvar). 2019-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-yanvar.
- ↑ Loveday. „FINAL UPDATE: Quarterly Plug-In EV Sales Scorecard“. InsideEVs.com (2020-yil 17-yanvar). 2019-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-may.
- ↑ Gauthier. „European Car Sales Climbed To 15.7 Million Units Last Year, Tesla Model 3 Is The EV Champion“. Carscoops (2020-yil 19-fevral). 2020-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-may.
- ↑ „Domestic EV makers rival Tesla in China, can they win?“. SDchina.com (2021-yil 5-fevral). Qaraldi: 2021-yil 19-fevral.
- ↑ LaMonica, Martin. „Tesla's 'Bluestar' to be all-electric family car“. CNET (2008-yil 24-sentyabr). 2018-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-sentyabr.
- ↑ Tesla. „Tesla publishes Model 3 vs. Model S specifications in employee-only handout“. Press-reliz.
- ↑ „Is this a Tesla Model 3 Performance version spied testing at the Fremont factory?“ (en-US). teslarati.com (2017-yil 18-oktyabr). 2017-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-dekabr.
- ↑ Tesla. „Press Kit“. Press-reliz.
- ↑ Baker, David R.. „Tesla Model 3 reservations top 232,000“. San Francisco Chronicle (2016-yil 1-aprel). 2016-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-sentyabr.
- ↑ Hull, Dana. „Tesla Says It Received More Than 325,000 Model 3 Reservations“. Bloomberg News (2016-yil 7-aprel). 2016-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 7-aprel.
- ↑ Crosbie. „Elon Musk Finally Reveals the Number of Tesla Model 3 Reservations“. inverse.com (2017-yil 2-avgust). 2017-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-avgust.
- ↑ Fiegerman, Seth. „Tesla now averaging more than 1,800 Model 3 reservations a day“. CNN Money (2017-yil 3-avgust). 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-avgust.