Testur katta masjidi
Testur katta masjidi (arabcha: الجامع الكبير بتستور) Tunisning Beja gubernatorligidagi Testur shahrida joylashgan masjiddir. U poytaxt Tunisdan 76 km uzoqlikda, eski shaharning markazida joylashgan. Bu Andalusiya meʼmorchiligini, ayniqsa uning minorasini oʻzida mujassam etgan, unda Andalusiya uslubida yozilgan yozuvlar va meʼmoriy elementlar mavjud. Minoraning balandligi 23 metr boʻlib, sakkiz burchakli shaklda qurilgan. Minoraning fasadi sirlangan yozuvlar bilan bezatilgan kichik qoʻsh derazalarga va tepasida mexanik soatga ega. Uning tashqi koʻrinishi Ispaniya janubidagi Aragon qoʻngʻiroq minoralariga oʻxshab ketadi. Namoz zali masjid markazida joylashgan sahndan tashqari 1000 nafargacha namozxonni sigʻdira oladi. Masjiddagi mehrob qurilishida rangli chinni va koshinlardan tashqari ohaktosh, ispan qumi va marmar ishlatilgan. Masjid 1631-yilda qurib bitkazilgan. Qurlishga 1609-yilda Testurda istiqomat qilgan Andalusiyalik muhojir Muhammad Tigharinu[2] homiylik qilgan.
Masjid | |
Masjid minorasi | |
Mamlakat | Tunis |
Shahar | Testur |
Koordinatalar | 36°33′14″N 09°26′49″E / 36.55389°N 9.44694°E |
Meʼmor | Muhammad Tagharinu (patron)[1] |
Asosiy sana: 1631-yil[1]
| |
Hajmi | 1000 kishi |
Gumbazlar soni | 1 |
Gumbazlar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar balandligi | 23 metr |
Qurilish materiallari | ohaktosh, ispan qumi, marmar, chinni (mehrob) |
Holati | faol |
Testur katta masjidi Vikiomborda |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Great Mosque of Testour. Museum with No Frontiers. Retrieved 8-2-2017.
- ↑ „Discover Islamic Art - Virtual Museum - monument_isl_tn_mon01_3_en“. www.discoverislamicart.org. Qaraldi: 2018-yil 13-iyul.