The Alphabet of Manliness
„The Alphabet of Manliness“ („Erkaklilik alifbosi“) — amerikalik qiziqchi Maddox (taxallusi; asl ismi George Ouzounian) qalamiga mansub kitob. Ilk bor 2006-yil New York shahrida „Kensington Books“ (oʻsha davrda „Citadel Press“) nashriyoti tomonidan chop etilgan. 2009- hamda 2011-yillarda qayta nashr qilingan. 2009-yilgi nashr uzunroq boʻlib, unga muqaddima, „Erkaklilik sonlari“ haqida qoʻshimcha 36 sahifa hamda sakkizta rangli rasm kiritilgan. Buyuk Britaniyada chop etilgan nashrdan esa kitobning ayrim gaplari olib tashlangan.
Muallif(lar) | Maddox |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | hajviya |
Nashriyot | „Kensington Books“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2006 |
Sahifalar soni | 204 |
ISBN | ISBN 978-0806527208 |
Kitob „The New York Times“ gazetasining bestsellerlar roʻyxatida „Maslahatlar, qoʻllanmalar va boshqalar“ turkumida ikkinchi oʻringacha koʻtarilgan.[1]
„The Alphabet of Manliness“ 26 boʻlimga boʻlingan boʻlib, ularning har biri ingliz tili alifbosidagi 26 harfiga mos keladi. Muallif asarni oʻziga bagʻishlagan: asar boshida „Umrim sevgisi, ruhiy hamkorim va dunyodagi eng buyuk odam: oʻzimga bagʻishlayman“, deb yozilgan.
Boʻlimlari
tahrir- A - Ass-Kicking
- B - Boner
- C - Copping a Feel
- D - Dump, Taking a
- E - Enlightenment
- F - Female Wrestling
- G - Gas
- H - Hot Sauce
- I - Irate
- J - Jerky, Beef
- K - Knockers
- L - Lumberjack
- M - Metal
- N - Norris, Chuck
- O - Obedience
- P - Pirates
- Q - Quickies
- R - Road Rage
- S - Sneaking a Peek
- T - Taunting
- U - Urinal Etiquette
- V - Violence
- W - Winner
- X - XXX
- Y - Yelling
- Z - Zombies
Musavvirlar
tahrir- Bryan Douglas
- Justina Fader
- Louis Fernet-Leclair
- Jim Moore
- John Petersen
- Thomas Pollock Jr.
- Leah Tiscione
- Angelo Vildasol
Manbalar
tahrir- ↑ „Yumshoq jildli bestsellerlar, 25-iyul, 2006“ (inglizcha). The New York Times (2016-yil 25-iyun). Qaraldi: 2017-yil 31-yanvar.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayt (Wayback Machine saytida 2013-10-12 sanasida arxivlangan) (ingl.)