The Breadwinner — multfilmi 2017-yilda Irlandiyalik Cartoon Saloon nomli animatsiya studiyasida Nora Twomey tomonidan ishlab chiqilgan. Multfilm Deborah Ellisning eng koʻp sotilgan romani asosida Kanada, Irlandiya Respublikasi va Lyuksemburg oʻrtasida xalqaro hamkorlikda ishlangan boʻlib, u 2017-yil noyabr oyining oʻn yettinchi sanasida ayrim cheklovlar bilan ommaga taqdim etilgan. 2017-yil sentabr oyida Toronto xalqaro kinofestivalida ushbu multfilmning butun jahon premyerasi boʻlib oʻtadi va unda The Breadwinner multfilmi „Eng yaxshi animatsion film“ mukofotini qoʻlga kiritgan.

The Breadwinner

Teatrlashtirilgan asar
Rejissyor(lar) Nora Twomey
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
Qaysi asarga
asoslangan
The Breadwinner
–Deborah Ellis
Rollarda
Bastakor(lar)
Kinematografiya Sheldon Lisoy
Muharrir(lar) Darragh Byrne
Studiya(lar)
Distribyutor
Chiqarilgan sanasi
  • 8-sentyabr, 2017-yil(2017-09-08) (TIFF)
  • 17-noyabr, 2017-yil(2017-11-17) (AQSh)
Davomiyligi 94 daqiqa
Mamlakatlar
  • Kanada
  • Irlandiya
  • Luksemberg
Til Ingliz tili
Byudjeti $1 million
Daromadi $4,442,537[6][7]

Film syujeti tahrir

Multfilm voqealari rivoji 2001-yilda boʻlib oʻtadi. Oʻsha vaqtlarda Parvana ismli 11 yoshli qizaloq Tolibonning Afgʻoniston Islomiy Amirligi qoʻl ostidagi Kobul shahrida yashaydi. Huddi shu davrda terrorga qarshi urush boshlanayotgan edi. Uning otasi Nurullah sobiq maktab oʻqituvchisi boʻlgan, ammo keyinchalik Sovet-Afgʻon urushida chap oyogʻini yoʻqotib savdogarlik bilan shugʻullana boshlagan. Bir kuni kechki ovqat vaqtida, tolibonlardan biri shavqatsiz Idrees Nurullohni bozorda narsa sotayotgan vaqtida Idreesni haqorat qilganlikda ayblab qamoqqa olib ketadi. Parvananing oilasi shu voqeadan soʻng yashash uchun mablagʻsiz qolib ketishadi, sababi tolibonlar ayollarning erkak qarindoshisiz koʻchaga chiqishini taqiqlagan edi. Parvananing akasi Sulayman bir necha yil avval vafot etgan, uyda onasi Fattema, opasi Soraya va hali juda kichkina boʻlgan ukasi Zaki qolgan edi. Parvana va onasi otasining hibsga olinishi ustidan shikoyat qilgani qamoqxonaga bormoqchi boʻlishadi, ammo bir erkak koʻchaga erkak mahramisiz chiqqani uchun uni ayovsiz kaltaklaydi va agar yana koʻchaga chiqsa qamoqqa olinishini aytib tahdid qiladi. Parvana ukasini oʻzining qishlogʻini yovuzlardan himoya qilayotgan bola haqidagi hikoyalari bilan tinchlantirardi va bu Zakiga juda yoqar edi.

Keyinchalik Parvana oilasiga oziq-ovqat sotib olgani bozorga borganida savdogarlar tolibonlardan qoʻrqib unga narsa sotishmaydi. Parvana oilasining bu holatiga chiday olmay, ularga yordam berish maqsadida sochlarini kesib, oʻgʻil bola koʻrinishiga kirib oladi va odamlarga oʻzini Nurullahning jiyani „Aatish“ deb tanishtiradi. Shundan soʻng Parvana ham ovqat, ham pul topishga qodir boʻladi. Oʻgʻil bola qiyofasiga kirib olgan yana bir yosh qiz Shauzianing maslahati bilan Parvana otasini koʻrish uchun qamoqxona qoʻriqchisiga pora bermoqchi boʻladi. Ammo qoʻriqchi uni haydab yuboradi, lekin u yana koʻproq pul olib kelish uchun yana ishlaydi va Shauzia bilan ogʻir mehnatlari qila boshlashadi. Shauzia aslida zoʻravon otasidan qochib ketish maqsadida pul yigʻish uchun harakat qilayotgan boʻladi. Bu orada Fattema Mozori-Sharifdagi qarindoshiga qizini unga turmushga berish sharti bilan boshpana berishini va himoya qilishini soʻrab maktub yozadi. Bir kuni Parvana Idreesning sobiq sherigi Razaqni uchratadi. Razaq savodsiz boʻladi va u Parvanaga xotinidan kelgan xatni oʻqib berishi uchun pul toʻlaydi, afsuski xatda Razaqning xotini yoʻlda jon bergani yozilgan boʻladi. Ular doʻst boʻlishadi va uchrashishni davom ettirishadi, shu vaqt davomida Parvana Razaqqa oʻqish va yozishni ham oʻrgatadi.

Parvana va Shauzia koʻproq pul topish uchun ogʻir mehnat bilan shugʻullanishadi, afsuski oʻsha yerda Idreesni ham uchratishadi. Idrees Parvanani tanib qoladi va uni tutib bermoqchi boʻlganida Parvana uni tosh bilan jarohatlaydi. Parvana va Shauzia Idreesdan qochishga muvaffaq boʻlishadi va shu vaqtda toʻsatdan Idreesni Amerika Qoʻshma Shtatlarining Afgʻonistonga bostirib kirishida jang qilish uchun chaqirishadi va uni qaytib umuman koʻrishmaydi. Parvana uyiga qaytganda onasi bu ishlarni toʻxtatishini oʻtinib soʻrab va ertaga qarindoshlari kelishini va Sorayani olib ketishlarini aytadi. Razzoqning bir jiyani Nurullah yotgan qamoqxonada ishlashini bilgan Parvana otasiga oilasi bilan qayerga koʻchib ketayotganini aytish uchun qamoqxonaga borishga ahd qiladi. U 20 yildan keyin albatta koʻrishishlariga vaʼda berib, koʻzida yosh bilan Shauzia bilan xayrlashadi. Parvana qamoqxonaga yoʻl olar ekan, urush sababli tez orada yoʻllar yopilib qolishini pesh qilib Fattemaning qarindoshi uni Parvanasiz ketishga majburlaydi. Ammo Fattema bunday qila olmaydi va jiyani uni yoʻlda tashlab ketadi.

Parvona qamoqxonaga kelib Razaqni topadi, lekin uning jiyani allaqachon urushga joʻnatilganini bilgan Razaq Parvanani Nurullahning oldiga kiritishga vaʼda beradi. U qamoqxonaga kirganida, tolibonlar jang qila olmaydigan va zaif mahbuslarni qatl qilayotganligiga guvoh boʻladi. Razaq Nurullahni qutqarayotgan vaqtida yelkasidan oʻq yeydi, ammo ota va qizni uchrashtirishga muvaffaq boʻladi. Parvana otasini olib ketadi va qolgan oila aʼzolarini ham topib, Afgʻonistonni tark etishadi.

Dublyajda aktyorlardan tahrir

  • Saara Chaudry Parvana / Aatish rolida[8]
  • Soma Bhatia Shauzia / Deliwar sifatida[8]
  • Ali Badshah Nurullah rolida[8]
  • Noorin Gulamgaus Idrees va Sulayman rolida[9]
  • Kane Mahon oʻchoq egasi sifatida[10]
  • Laara Sadiq Fattema sifatida[8]
  • Shaista Latif Soraya sifatida[8]
  • Kanza Feris sehrgar rolida / Hovlidagi ayol
  • Kawa Ada Razaq rolida[8]
  • Ali Kazmi Darya / Meva sharbati sotuvchisi / Qamoqxona nazoratchisi rolida[10]
  • Mran Volkhard Mega telefon / bozor sotuvchisi sifatida[8]
  • Reza Sholeh doʻkon sotuvchisi / meva sotuvchisi / velosipeddagi qoʻriqchi / oʻsmir № 2[8]

Ishlab chiqarilishi tahrir

2016-yilning may oyida multfilmni yaratish ishlari boshlangani eʼlon qilingan edi. The Breadwinner filmi Kanadadagi Aircraft pictures va Irlandiyadagi Cartoon Saloon kompaniyalarining qoʻshma hamkorligi asosida yaratilgan. The Breadwinner multfilmi Angelina Joliening proyuserligi va Nora Twomeyning rejissyorligi asosida romandan ekranga koʻchgan. Twomey Irlandiyalik animator, rejissyor, ssenariy muallifi, prodyuser va dublyaj ustasi hisoblanadi. Shuningdek, u Irlandiyada joylashgan Cartoon Saloonning asoschisi ham va shu multfilmda asosiy animatsiyani ham Twomey bajargan. „Animatsiya bu juda katta narsa, shuning uchun ham u shunchaki bolalar ovunchogʻi boʻlishi kerak emas. Men yoshlar va kattalar ham bu multfilmni koʻrishini xohlayman. Bu film hech kimni yerga urish maqsadida chiqarilmagan“ deydi Nora Twomey[11]. 2018-yilda Twomey oʻz intervyusida u Angelina Jolie ovozli aktyorlarni, xususan, Parvana ovozini ijro etuvchi kanadalik aktyor Saara Chaudryni kastingda ishtirok etganini maʼlum qildi va aytadiki „ Chaudryda 11 yoshli aktyor uchun noyob isteʼdod bor“ .Choudryning shaxsiyati Parvananing xulq-atvorini shakllantirishda ham muhim rol oʻynagan. Twomeyning aytishi boʻyicha Joliening afgʻon qizlar maktablarida BMTning elchisi sifatidagi tushunchasi filmda afgʻon madaniyati va xulq-atvorini yaratishda foydali boʻlgan. Shuningdek, Mimi Polk Gitlin feministik Thelma va Louise dramasining prodyuseri ijrochi prodyuser sifatida ishtirok etgan[12][13]. Twomey dublyaj jarayonidagi afgʻon shevasi va merosiga ham jiddiy eʼtibor qaratadi. „ Oʻsha vaqtda odamlar bu film hukm emas, balki hamdardlik ekanligiga ishonch hosil qilguncha har xil fikr bildirishdi“. Kobullik lahja murabbiyi Kawa Abu Razaqqa ovoz beradi. Twomeyning aytishicha multfilmdagi Parvana aytib beradigan hikoya Guillermo Del Toroning Panʼs Labyrinth asaridan ilhomlantirilgan[12]. Ssenariyni ishlab chiqish jarayonida ssenariy muallifi Anita Doron amerikalik-afgʻon rassomi Aman Mojadidi bilan afgʻon madaniyati va butun dunyo nuqtai nazarini muvozanatda ushlash uchun birgalikda ishlashgan. Ssenariyning birinchi loyihasida Afgʻoniston ayollar tashkiloti ham ularning asl afgʻon madaniyatini chuqurroq tushunishlariga yordam berishgan[11].

Filmning erta namoyishiga maktab oʻquvchilari va ularning ota-onalari taklif qilingan, film jarayonida ular hatto yigʻlab ham yuborishgan[12].

Musiqasi tahrir

Film musiqasi aka-uka Mychael va Jeff Danna tomonidan yaratilgan. Ijrochilar orasida Afgʻoniston Milliy musiqa instituti tomonidan tashkil etilgan yosh qizlar xori ham bor[14].

Daromadi tahrir

Film Shimoliy Amerikadagi ochilish marosimida 17 395 dollar ishlab topdi. 17-avgust, 2018-yil(2018-08-17) holatiga koʻra,AQSh va Kanadada The Breadwinner $313,381 foyda koʻradi[15].

Tanqidiy javoblar tahrir

Rotten Tomatoes saytiga koʻra film 105 ta sharh asosida 95% maʼqullangan reytingiga ega, oʻrtacha reytingi 7,90/10. Veb-saytning tanqidiy konsensusida shunday deyilgan: „ The breadwinnerning ajoyib tasvirlari oddiy va juda foydali — halollik bilan haqiqiy hayotiy muammolarni hal qilishga jur’at etishga yordam beradi“[16]. Sharhlarga meʼyorlashtirilgan reytingni belgilaydigan Metacriticda film 20 nafar tanqidchining sharhlari asosida 100 balldan 78 ballga ega[17].

Kennet Turan Los Anjeles Times filmga ijobiy sharh berdi „…The Breadwinner yana bir bor bizga eng yaxshi animatsiya qanday boʻlishini eslatib oʻtdi“[18]. Mark Kermode Guardian gazetasida yozishicha filmga 5/5 yulduz beradi[19].

The New York Times NYT tanqidchisi sifatida „The Breadwinner“ ni tanladi va Tvimeni „xarakteristikasi va harakati va nozik uslubi“ uchun maqtadi. Dublyajda ishtirok etgan, xususan, Parvana ovozini ijro etgan Saara Chaudry „ajoyib“ deb taʼriflangan[20].

Variety ' Piter Debryuj 1985-yilning iyun oyida National Geographic jurnalining muqovasidagi afgʻon qizining yorqin zumrad koʻzlariga qiyoslab, ikkala qahramonning ham koʻzlari tomoshabinlarni oʻzlarining boʻysunmasliklari va „uning ruhi qanchalik kuchli yonayotganini“ tushuntiradi. Garchi hikoya shoshqaloqlik bilan yakunlangani uchun tanqid qilinsa-da, sharhda uning palitrasi va musiqiy qismi maqtovga sazovor boʻladi[21].

The Washington Post gazetasi muxbiri Vanessa X. Larson filmga 4 balldan 3.5 ball berib, filmdagi qahramonlarning tasviri va Kobulning madaniyati uchun maqtab ham qoʻydi[22].

Afgʻonistondagi ayollar uchun Kanadalik ayollar tashkiloti direktorining oʻrinbosari Abdul Rahim Ahmad Parwani aytadiki, „Film tugashi va chiroqlar qayta yoqilgandan keyin men koʻplab afgʻonlarning koʻzlarida yoshni koʻrdim. Men ham koʻz yoshlarimni toʻxtata olmadim“[23].

Maqtovlar tahrir

Film Eng yaxshi mustaqil animatsion film nominatsiyasida gʻolib boʻlgan, oʻnta Annie Award nominatsiyani qoʻlga kiritdi.

Yutuqlari Sana Kategoriya Qabul qilganlar Natija Manbalar
Academy Awards 4-mart 2018-yil Eng yaxshi animatsion film Nora Twomey va Antoniy Leo Nominatsiya [24]
Annie Awards 3-fevral 2018-yil Eng yaxshi mustaqil animatsion film The Breadwinner Gʻolib [25]
Animatsion filmdagi asar qahramoni Reza Riahi, Louise Bagnall, Alice Dieudonné Nominatsiya
Animation filmga rejissiyorlik qilish Nora Twomey Nominatsiya
Animatsion filmdagi qoʻshiq Mychael Danna, Jeff Danna Nominatsiya
Animatision film dizayni Ciaran Duffiy, Juliyen Regnard, Daby Zaynab Faidhi Nominatsiya
Animatsion filmda grafik dizaynerlik Julien Regnard Nominatsiya
Animatsion filmda dublyaj Saara Chaudry Nominatsiya
Laara Sadiq Nominatsiya
Animatsion film ssenariysi Anita Doron Nominatsiya
Animatsion filmni tahrirlash Darragh Byrne Nominatsiya
Kanada ekrani mukofoti 2018-yil 11-mart Eng yaxshi rasm Andrew Rosen, Anthony Leo, Paul Young, Tomm Moore, Stéphan Roelants Nominatsiya [26][27]
Eng yaxshi ssenariy Anita Doron Gʻolib
Eng zoʻr tahrir Darragh Byrne Nominatsiya
Eng yaxshi dublyaj ishi Nelson Ferreira, John Elliot, J. R. Fountain, Dashen Naidoo, Tyler Whitham Gʻolib
Eng yaxshi original daraja Mychael Danna, Jeff Danna Gʻolib
Eng yaxshi original qoʻshiq The Crown Sleeps, Qais Essar va Joshua Hill Gʻolib
Cinema for Peace Awards 2018-yil Cinema for Peace Award for Justice Nora Twomey Gʻolib [28]
Critics' Choice Movie Awards 11-yanvar 2018-yil Eng yaxshi animatsion film The Breadwinner Nominatsiya [29]
Oltin Globus mukofoti 7-yanvar 2018-yil Eng yaxshi animatsion film The Breadwinner Nominatsiya [30]
Golden Tomato mukofoti 3-yanvar 2018-yil Eng yaxshi animatsion film 2017 The Breadwinner 4-oʻrin [31]
Irlandiya animatsiyasi mukofoti 23-mart 2019-yil Eng yaxshi Irlandiya filmi The Breadwinner Gʻolib [32]
Los Anjles filmlar tanqidi assotsiatsiyasi 13-yanvar 2018-yil Eng yaxshi animatsion film The Breadwinner Gʻolib [33]
Vashington filmlar tanqidi assotsiatsiyasi 8-dekabr 2017-yil Eng yaxshi animatsion film The Breadwinner Nominatsiya [34]

Manbalar tahrir

  1. filmmusicreporter.. „Mychael & Jeff Danna to Score 'The Breadwinner'“. Film Music Reporter (2017-yil 2-iyun). Qaraldi: 2017-yil 7-iyul.
  2. Wolfe, Jennifer. „Cartoon Saloon, Aircraft Productions to Co-Produce 'The Breadwinner'“. Animation World Network (2015-yil 3-mart). Qaraldi: 2015-yil 1-may.
  3. McLean, Tom. „Aircraft, Cartoon Saloon Partner on 'The Breadwinner'“. Animation Magazine (2015-yil 5-mart). Qaraldi: 2015-yil 1-may.
  4. Milligan, Mercedes „Guru Joins 'Breadwinner' Production“. Animation Magazine (2016-yil 7-iyun). Qaraldi: 2016-yil 8-iyun.
  5. den Hartog, Max „Angelina Jolie Joins Cartoon Saloon's 'The Breadwinner' as Executive Producer“. Rotoscopers (2015-yil 15-avgust). Qaraldi: 2016-yil 1-iyun.
  6. „The Breadwinner (2017)“. The Numbers. Nash Information Services. Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.
  7. „The Breadwinner“. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 2017-yil 28-dekabr.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 8,6 8,7 Milligan, Mercedes. „International Co-Pro 'The Breadwinner' Enters Production“. Animation Magazine (2016-yil 19-may). Qaraldi: 2016-yil 1-iyun.
  9. Barraclough. „Oscar-Nominated Cartoon Saloon, Angelina Jolie Pitt Team With WestEnd on 'The Breadwinner'“. Variety. Penske Business Media (2016-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 15-noyabr.
  10. 10,0 10,1 Sarym. „All that Ali Kazmi is up to this year!“. HIP in Pakistan (2016-yil 15-aprel). Qaraldi: 2016-yil 18-iyul.
  11. 11,0 11,1 Mason. „An Interview with Nora Twomey, Director of The Breadwinner — A New Film That Tells The Amazing…“ (en). Medium (2017-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  12. 12,0 12,1 12,2 „7 Things We Learnt from Nora Twomey, Director of 'The Breadwinner'“ (en-GB). Curzon Blog. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  13. Desowitz. „'The Breadwinner': How Nora Twomey Made an Animated Oscar Contender About Female Empowerment with Help from Angelina Jolie“ (en). IndieWire (2017-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  14. The Danna Brothers Win Over Audiences With „The Breadwinner“ 18 December 2017, bmi.com, accessed 15 March 2019
  15. „The Breadwinner (2017)“. The Numbers. Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  16. „The Breadwinner (2017)“. Rotten Tomatoes. Fandango Media. Qaraldi: 2020-yil 15-iyun.
  17. „The Breadwinner Reviews“. Metacritic. CBS Interactive. Qaraldi: 2018-yil 1-iyun.
  18. Turan. „'The Breadwinner' is a striking and affecting animated film set in modern Kabul“. Los Angeles Times (2017-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 26-noyabr.
  19. Kermode, Mark. „The Breadwinner review – a girl's courage on the streets of Kabul“. The Guardian. Guardian News and Media (2018-yil 27-may). Qaraldi: 2018-yil 23-iyun.
  20. Kenny, Glenn. „Review: In 'The Breadwinner,' a Girl Bravely Provides for Her Family“ (en-US). The New York Times (2017-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  21. Debruge. „Film Review: 'The Breadwinner'“ (en-US). Variety (2017-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  22. Larson, Vanessa H.. „'The Breadwinner,' about a Kabul girl, features gorgeous animation but a so-so story“. The Washington Post (2017-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 26-noyabr.
  23. Kumar. „If Afghanistan Ran The Oscars, 'The Breadwinner' Would Triumph“ (en). NPR.org (2018-yil 3-mart). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
  24. Variety Staff. „'Oscar Nominations 2018: The Complete List“. Variety. Penske Business Media (2018-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 23-yanvar.
  25. Hipes. „Annie Awards: Disney/Pixar's 'Coco' Tops Nominations“. Deadline Hollywood. Penske Business Media (2017-yil 4-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 4-dekabr.
  26. Amidi. „'The Breadwinner' Nominated For 6 Canadian Screen Awards, Including Best Picture“. Cartoon Brew (2018-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 24-avgust.
  27. Academy of Canadian Cinema and Television. „Maudie, The Breadwinner, Hochelaga, Land of Souls, Rumble: The Indians Who Rocked the World, Kim's Convenience, Alias Grace and The Amazing Race Canada Among 2018 Canadian Screen Awards Winners“. PR Newswire. Cision (2018-yil 12-mart). Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
  28. „Nominations 2018“ (en-US). Cinema for Peace Foundation. Qaraldi: 2022-yil 20-yanvar.
  29. Tapley. „'Shape of Water' Leads Critics' Choice Film Nominations“. Variety. Penske Business Media (2017-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 6-dekabr.
  30. Variety Staff. „Golden Globes Winners: Complete List“. Variety. Penske Business Media (2018-yil 7-yanvar). 2018-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-yanvar.
  31. „Best Animated Movies 2017“. Rotten Tomatoes. Fandango Media (2017-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 13-yanvar.
  32. „2019 Winners“. Irish Animation Awards. Qaraldi: 2019-yil 23-mart.
  33. „43rd Annual Los Angeles Film Critics Association Awards“. Los Angeles Film Critics Association. 2017-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-dekabr.
  34. Gordon. „The 2017 WAFCA Awards“. Washington D.C. Area Film Critics Association (2017-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 6-dekabr.