Changalzorlar afsonasi: 2-kitob

(The Jungle Book 2dan yoʻnaltirildi)

Changalzorlar afsonasi: 2-kitob (The Jungle Book 2) 2003-yilda ekranlarga chiqarilgan sarguzasht janridagi animatsion filmdir[3]. 1967-yilda ishlangan Changalzorlar afsonasi animatsion filmining davomi. DisneyToon Studios tomonidan ishlangan. Walt Disney Pictures va Buena Vista Distribution tomonidan tarqatilgan. Film rejissori — Steve Trenbirth, produserlari — Mary Thorne va Christopher Chase, ssenariy mualliflari esa Karl Geurs va Evan Spiliotopoulos'dir. Filmda bosh qahramonlarga Haley Joel Osment, John Goodman, Mae Whitman, Bob Joles, Tony Jay, Phil Collins, John Rhys-Davies va Jim Cummings ovoz bergan.

Changalzorlar afsonasi: 2-kitob
The Jungle Book 2

Film posteri
Rejissyor(lar) Steve Trenbirth
Prodyuser(lar)
  • Mary Thorne
  • Christopher Chase
Ssenariynavis(lar)
  • Karl Geurs
  • Evan Spiliotopoulos
Rollarda
Bastakor(lar) Joel McNeely
Muharrir(lar)
  • Christopher K. Gee
  • Peter Lonsdale
Studiya(lar) DisneyToon Studios[1]
Walt Disney Pictures[1]
Distribyutor Buena Vista Pictures Distribution
Chiqarilgan sanasi
  • 14-fevral, 2003-yil(2003-02-14)
Davomiyligi 72 daqiqa[2]
Mamlakatlar AQSH bayrogʻi AQSh
Avstraliya bayrogʻi Avstraliya
Til inglizcha
Byudjeti $20 million[2]
Daromadi $135,7 million[2]

Film tanqidchilardan salbiy baholar oldi. Shunday boʻlsa-da, film $20 millionlik budjeti bilan dunyo boʻylab $135,7 million ishlab topdi.

Mazmuni tahrir

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

Oldingi film voqealaridan soʻng, Mowgli oʻrmon yaqinidagi qishloqda, odamlar orasida yashaydi. Uni qishloq yoʻlboshchisi asrab oladi. Qishloq yoʻlboshchising Messua ismli xotini va Ranjan ismli oʻgʻli bor boʻladi. Mowgli oʻrmonning hayajonli hayotiga qaytishni istab, qishloqdagi boshqa bolalarni oʻrmonga olib bormoqchi boʻladi, ammo qishloq rahbari bundan xabar topib, Mowgli'ga qishloqni tark etmaslik va boshqalarni xavf ostiga qoʻymaslik haqida bergan ogohlantirishlariga rioya qilmagani uchun jazolaydi.

Ovoz berganlar tahrir

Musiqasi tahrir

  1. „I Wanʼna Be like You“ — Smash Mouth
  2. „Jungle Rhythm“ — Mowgli, Shanti, Ranjan
  3. „The Bare Necessities“ — Baloo
  4. „Colonel Hathi’s March“
  5. „The Bare Necessities“ — Baloo, Mowgli
  6. „W-I-L-D“ — Baloo
  7. „Jungle Rhythm (Reprise)“ — Mowgli
  8. „The Bear Necessities (Reprise)“ — Baloo, Mowgli, Shanti
  9. „Right Where I Belong“ — Windy Wagner

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 „The Jungle Book 2 (2003)“.
  2. 2,0 2,1 2,2 „The Jungle Book 2 (2003)“. Box Office Mojo.
  3. „The Jungle Book 2 (2003)“. AFI Catalog of Feature Films. Qaraldi: 2-iyun 2021-yil.
  4. Johnson, Walter. „Quick takes“ (19-noyabr 1999-yil), s. 79.
  5. Phil Collins. Not Dead Yet. London, Angliya: Century Books, 2016 — 269 bet. ISBN 978-1-780-89513-0. 

Havolalar tahrir