Theresa Goell
Theresa Bathsheba Goell (1901-yil 17-iyul – 1985-yil 18-dekabr) — amerikalik arxeolog. Turkiya janubi-sharqidagi Nemrud togʻida qazish ishlarini olib borishi bilan mashhur boʻlgan. Theresa Goell Nyu-Yorkda tavallud topgan. Radcliffe kollejida bakalavr darajasini olgandan so'ng Kembrijdagi Newnham kollejini tamomlagan va keyinchalik Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetlarida tahsil olgan.
Theresa Goell | |
---|---|
Tavalludi |
17-iyul 1901-yil Nyu-York shahri |
Vafoti |
18-dekabr 1985-yil (84 yoshda) Nyu-York shahri |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Arxeologiya |
Taʼlimi |
B. A., Radcliffe kolleji, 1923 B. A. arxitektura, Nyuxem kolleji, Kembrij |
Mashhur ishlari | Nemrud tog'dagi qazishmalar |
Turmush oʻrtogʻi | Cyrus Levinthal |
Theresa Goell Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaqin Sharqqa qaytib kelgan va 1947-yilda ilk marta Nemrud togʻiga tashrif buyurgan, u yerdagi qazishmalar uning hayotiy ishiga aylanib ulgurgan. Theresa Goell oʻz faoliyati davomida Yaqin Sharqdagi bir qator joylarda, jumladan Tarsus va Samosatada qazilma ishlarini amalga oshirishda qatnashgan[1].
Hayoti va taʼlimi
tahrirTeresa Goell 1901-yil 17-iyulda Nyu-Yorkda tugʻilgan[1]. Uning ota-onasi Jacob va Mary Samowitz Goell Rossiyadan AQShga hijrat qilgan oʻrta tabaqaga mansub yahudiylar boʻlgan[2]. Goell oiladagi uch farzandning ikkinchisi edi[3]. Uning singlisi Eva va eri Philip Godfrey Goellning faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlagan[1], akasi Kermit esa u bilan birga qazish ishlarini davom ettirgan[3].
Goell Bruklinda katta boʻlgan va Erasmus oʻrta maktabida tahsil olgan. Oʻqishni tugatgandan soʻng, Radcliffe kollejiga koʻchib oʻtishdan avall Syracuse universitetida ikki yil tahsil olgan. U yerda falsafa va ijtimoiy axloq boʻyicha bakalavr darajasini tamomlagan[1]. Radklifda Goell Cyrus Levinthal bilan uchrashgan va ular tumush qurishgan. Radklifda oʻqiyotgan vaqt Goellning Jay ismli oʻgʻli boʻlgan[1]. Shuningdek, oʻqish paytida otoskleroz tufayli eshitish qobiliyatini yoʻqota boshlagan va lab harakatlari orqali oʻqishni oʻrgangan[2].
1926-yilda Goell va uning eri Angliyaga koʻchib kelgan. U yerda Kembrij universitetiga oʻqishga kirgan. Goell Newnham kollejida sanʼat tarixi, arxitektura va arxeologiyani oʻrgangan va arxitektura boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlgan (1948-yilgacha ayollarga universitetning toʻliq aʼzosi boʻlishga va ilmiy darajalarga ega boʻlishga ruxsat berilgan)[1].
Avvalgi faoliyati
tahrir1932-yilga kelib Goell va Levinthal ajrashgani[1][4]. 1933-yilning bahorida Goell Quddusga borib, Amerika Sharq tadqiqotlari maktablarida (ASOR) ishlay boshlagan, William F. Albright va Aage Schmidt uchun kulolchilik chizmalarini chizgan, William Stinespring uchun umumiy rasm chizib bergan[1][4]. 1934-yilda Quddusdagi ASOR qoʻl ostida ishlashni davom ettirgan va Gerasadagi ekspeditsiyada koʻproq ish olib borgan. Shu jumladan qazish ishlaridan olingan topilmalarni rekonstruksiya qilish ustida ishlagan[1]. Goellning Falastindagi faoliyati zamonaviy arxitekturani ham oʻz ichiga olgan va Tel-Aviv, Hayfa va Quddus kabi shaharlarda 200 dan ortiq binolarni loyihalashda ishtirok etgan[4]. Goellning dizaynlarida Bruklindagi qasrlarga oʻxshash modernistik uslublar mavjud[4].
1935-yilda Goell Nyu-Yorkka qaytib kelgan va Nyu-York universitetining Tasviriy va amaliy sanʼat maktabida tahsil olishni boshlagan, chunki arxeologiyadagi faoliyatini davom ettirish uchun chizish mahoratini oshirish zarur deb hisoblagan. Ikki yil davomida bu sohada boshqa ish topa olmagan, shuning uchun Nyu-York va Nyu-Jersidagi universal doʻkonda arxitektura va derazalar boʻyicha dizayner boʻlib faoliyat yuritgan[1].
Nemrud Togʻi
tahrirUrushdan keyin Goell Hetti Goldman tomonidan taklif qilingan Turkiyaning janubidagi Tarsusga bordi; keyingi bir necha oyni u yerda qazish ishlarida oʻtkazgan[1]. U 1953-yilgacha Tarsusdagi qazishmalar ustida ishlashni davom ettirgan va Goldmanning kasalligi tufayli qazish ishlarini oʻzi nazorat qilgan[5].
1947-yilning yozida Tarsusdagi qazilma ishlari toʻxtatilganda Goell birinchi marta Nemrud togʻiga tashrif buyurgan[1]. 1951-yilda Goell Nemrud Togʻiga qaytib kelgan va Kommageniyalik Antiox I qabrini topib, u yerda ekspeditsiya tashkil qila boshlagan[4]. Friedrich Karl Dorner ham u yerga ekspeditsiyani rejalashtirayotganini bilib, u bilan hamkorlik qilishga rozi boʻlgan[1][4]. 1952-yilda mablagʻ toʻplashni va ekspeditsiya uchun guruh tashkil qilishni boshlagan[1]; Amerika falsafa jamiyati qazish ishlariga homiylik qilishga rozi boʻlgan va Bollingen fondi 2000 dollar miqdorida grant ajratgan[1]. Dorner va Goell epigraf sifatida uning yordami bilan Nemrud Togʻi tepasida qazish ishlarini olib borishga kelishib olishgan[1].
1954-yil Goellning Nemrud Togʻidagi qazishmalarining birinchi toʻliq mavsumi boʻlgan[1]. Qazishmalar 1955-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan boʻlsa-da, Bollingen jamgʻarmasining 10 000 AQSh dollari miqdoridagi granti va koʻproq ish olib borish istiqbollari Goellni 1956-yilgi mavsumni shu joyda rejalashtirishga koʻndirgan[1]. 1958-yilda qazish ishlari davom ettirilgan, garchi ishni davom ettirishga yomon ob-havo tufayli toʻsqinlik qilgan boʻlsa ham[1] Goellning qazishmalarida Nemrud Togʻida mashhur boʻlgan ulkan tosh boshlari topilgan[4].
1960-yil iyul oyida Goell Moskvadagi Sharqshunoslar Kongressiga Nemrud togʻidagi qazishmalar haqidagi maqolani taqdim etgan[1] va keyingi yili National Geographic jurnalida uning ishi chop etilgan[1]. U London universitetida oʻz ishi boʻyicha maʼruza oʻqishni davom ettirgan va Berlindagi Germaniya arxeologiya institutining muxbir aʼzosi etib saylangan. Goell 1963-yilda Nemrud Togʻiga qaytib kelgan va Kommageniyalik Antiox I qabrini topishga umid qilib, ikki yillik geofizikaviy tekshirishni boshlagan. Ammo bu urinishlar muvaffaqiyatsiz tugagan[1].
Goellning Nemruddagdagi ishi Antiox I hukmronligi davridagi (miloddan avvalgi yillar) diniy oqimlarni yangicha yoritib bergan. Bu davrda mintaqa madaniyatiga turli anʼanalar, jumladan, Bobil, Ellinistik va Anadolu madaniyatlari taʼsir koʻrsatgan. Goellning qazishmalari butparastlik va nasroniylik oʻrtasidagi ushbu oʻtish davrida „najot“ sirli kultlarining taʼsirini hujjatlashtirgan[4].
Samosata
tahrir1964-yilda Goell oʻz eʼtiborini qadimgi Samosata shahriga qaratdi va bu yerdagi tepalikning stratigrafiyasini oʻrganishga yoʻnaltirgan[6], bu yerda ming yillar davomida ishgʻol qilingan 40 metr arxeologik konlar mavjud[7].1965-yilda u Milliy Geografiya Jamiyati uchun Nemrud togʻ haqidagi filmni hikoya qilib bergan va yilning qolgan qismini Nemrud togʻ ekspeditsiyasi hisobotini tugatishga harakat qilgan. 1966-yilda Nyu-Yorkda qolib, Samosata materiallari va Nemrud togʻ ekspeditsiyasi hisoboti ustida ishlagan[8]. 1968-yilda William Albright Goellni Nemrud togʻ hisobotining birinchi jildini nashr etishga undagan boʻlsa-da, Dorner va John Youngning (saytdagi haykal ustida ishlayotgan) hissalari toʻliq emas deb hisoblab, buni ishni qilmagan[9]. Xuddi shu yili u Samosata qazishmalari uchun qiyosiy materiallar ustida ishlash va Persepolisni ziyorat qilish uchun Eronga safar qilgan[10].
Hayotining soʻnggi yillari
tahrir1970-yil fevral oyida Goellga ASOR „Nemrud togʻ“ nashrini toʻldirish uchun bir yillik muddat belgilab qoʻyganligini aytishgan. Goell keyingi besh yil davomida hisobotning qoʻlyozmasi ustida ishlagan, ammo unchalik katta yutuqlarga erishilmagan[1]. Biroq, u Turkiya Qadimgi Eslatmalar Departamenti bilan Nemrud Togʻdagi restavratsiya ishlarini boshlash uchun kelishib olgan[1]. 1973-yilda Goell oxirgi marta Nemrud togʻiga tashrif buyurgan[3].
1976-yilda Germaniyada Goellning oyoqlari falaj boʻlib qolgan. Uning umurtqa pogʻonasida oʻsimta borligi aniqlangach zudlik bilan jarrohlik amaliyotini amalga oshirish kerakligi aytilgan. U avval Myunsterdagi kasalxonada, keyin esa Floridadagi singlisining uyida davolanib, Nyu-Yorkka qaytdi. U yerda u Milliy Geografiya Jamiyati uchun Samosatadagi qazishmalar haqida hisobot tayyorlagan va Nemrud togʻiga yangi ekspeditsiyalarni rejalashtirgan[1]. 1978-yil aprel oyida shifokorlar Goellni Turkiyaga qaytish uchun yetarlicha sogʻaydi degan xulosaga kelishgan[1].
Goell 1983-yilda insultga duchor boʻlgunga qadar Nemrud togʻidagi qazishmalar haqidagi hisobot ustida ishlashni davom ettirgan[5]. U faoliyati davomida hisobotni tugatib ulgurmagan va qirol Antioxning qabrini ham topa olmagan[1]. Uzoq davom etgan kasallikdan soʻng 1985-yil 18-dekabrda Nyu-York shahrida vafot etgan[4][11]. Uning hujjatlari Garvard universitetiga akasi Kermit tomonidan berilgan, u yerda Shlesinger kutubxonasi va semit muzeyida saqlanagan[3]. 1990-yilda Goell oʻlimidan soʻng Kommageniya tarixi boʻyicha ishini eʼtirof etgan holda magistrlik darajasiga ega boʻlgan[1]. Goellning hayoti haqidagi hujjatli film Togʻ malikasi 2006-yilda suratga olingan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 Sanders & Gill 2004.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Gates 2006.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Moormann & Versluys 2005.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 4,8 Cook 1985.
- ↑ 5,0 5,1 Moseley 2000.
- ↑ Sanders & Gill 2004, ss. 511–2.
- ↑ Mellink 1978, s. 321.
- ↑ Sanders & Gill 2004, s. 512.
- ↑ Sanders & Gill 2004, s. 513.
- ↑ Sanders & Gill 2004, ss. 513–4.
- ↑ Jewish Women's Archive.
Havolalar
tahrir- Maqolalar, 1906–2005. Shlesinger kutubxonasi, Radcliffe instituti, Garvard universiteti.