Thor: Zulmat dunyosi
Thor: Zulmat dunyosi (inglizcha: Thor: The Dark World) — 2013-yilda Marvel Comicsdan tushirilgan Thor qahramoniga asoslangan va Marvel Studios tomonidan ishlab chiqarilgan superqahramon filmi. Film Marvel kinematografiya koinotining toʻqqizinchi badiiy filmi boʻlib, kartina 2011-yilda ishlangan Thor filmining davomi hisoblanadi. Film rejissori Alan Taylor boʻlib, filmda Thor qahramonini Chris Hemsworth oʻynagan. Shuningdek, Tom Hiddleston, Natalie Portman, Anthony Hopkins va Idris Elba kabi film yulduzlari ham oʻynagan.
Thor: Zulmat dunyosi | |
---|---|
Thor: The Dark World | |
![]() Oʻzbekcha chiqishli poster | |
Rejissor | Alan Taylor |
Produser | Kevin Feige |
Ssenariynavis(lar) | |
Rollarda | |
Bastakor | Brian Tyler |
Kinematografiya | Kramer Morgenthau |
Muharrir |
|
Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar |
Marvel Studios |
Distributor |
Walt Disney Studios Motion Pictures |
Reliz sanasi |
8-noyabr, 2013 (AQSh) |
Davomiyligi | 112 daqiqa |
Mamlakat |
![]() |
Til | inglizcha |
Budjet | $170-272 million |
Daromad | $644,6 million[1] |
Avvalgi film | Thor |
Keyingi film | Thor: Ragnarok |
Thor: Zulmat dunyosi 2013-yil 22-oktabr kuni Londonning Odeon Leysester maydonida namoyish etildi va 2013-yil 8-noyabrda AQShda chiqarildi. Koʻplab tanqidchilar uni vizual effektlar va chiqishlar uchun maqtashgan (ayniqsa, Hemsworth va Hiddleston), lekin uning hikoyasini tanqid qilgan; koʻplab tanqidchilar va muxlislar Marvel kinematografiya koinoti (MKK) filmlarining eng zaifi ekanligini taʼkidlashadi. Film dunyoda $644 milliondan ortiq daromad keltirib, 2013-yilning oʻninchi eng yuqori daromadli filmi boʻldi. Uchinchi film Thor: Ragnarok, 2017-yil 3-noyabrda chiqarildi.
RollardaTahrirlash
- Chris Hemsworth — Thor
- Natalie Portman — Jeyn Foster
- Tom Hiddleston — Loki
- Anthony Hopkins — Odin
- Stellan Skarsgård — Dr. Erik Selvig
- Idris Elba — Heimdall
- Christopher Eccleston — Malekit
- Adewale Akinnuoye-Agbaje — Kurse
- Kat Dennings — Darsi Leuis
- Ray Stevenson — Volstagg
- Zachary Levi — Fandral
- Tadanobu Asano — Hogun
- Jaimie Alexander — Sif
- Rene Russo — Frigg
- Tony Curran -Borr
- Alice Krige — Eir
- Clive Russell — Tyr
ManbalarTahrirlash
HavolalarTahrirlash
Vikiomborda Thor: Zulmat dunyosi haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti
- Tor: Zulmat Saltanati IMDbda
- Tor: Zulmat saltanati Box Office Mojoda[sayt ishlamaydi]