Ti uznayesh yeyo

Korni guruhi qoʻshigʻi (2003)

Ti uznayesh yeyo“ (ruscha: Ты узнаешь её, yaʼni „Sen uni taniysan“) — „Korni“ rus musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2003-yil singl oʻlaroq chiqilgan. Shuningdek, guruhning oʻsha yili eʼlon qilingan „Na veka“ nomli ilk studiyaviy albomiga birinchi trek oʻlaroq kiritilgan. „Ti uznayesh yeyo“ guruh repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlarning biridir. Tarona kuyini Igor Matviyenko, soʻzini esa Pavel Jangun yozgan. Qoʻshiq „Korni“ guruhiga katta shuhrat olib kelgan ilk taronalarning biri boʻlib, nafaqat Rossiyada, balki bir necha MDH davlatida xitga aylangan.

„Ti uznayesh yeyo“
„Korni“ qoʻshigʻi
„Na veka“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2003
Yozib olingan 2003
Janr pop-rok
Davomiyligi 04:07
Matn muallif(lar)i Pavel Jagun
Bastakor(lar) Igor Matviyenko
„Na veka“ xronologiyasi
Ti uznayesh yeyo „Eto ti obyavila voynu“
Klipi
„Ti uznayesh yeyo“ YouTubeda

Qoʻshiq matni, xususan, „Va uning zumrad qoshlari oy belgisi ostida boshoq chiqaradi“ (ruscha: И её изумрудные брови колосятся под знаком луны) misrasini koʻplab tinglovchi absurd deb topgan[1]. Sheʼr muallifi undagi tushunarsiz oʻxshatishlarni „Ya vibirayu tebya“ (ruscha: Я выбираю тебя) kitobida quyidagicha izohlagan:

„Va uning zumrad qoshlari oy belgisi ostida boshoq chiqaradi“ (lirik qahramon oʻzining boʻlajak suyuklisini tabiat hodisalarida koʻradi, uning paydo boʻlishini oldindan sezadi, uning qiyofasini manzaralarda koʻradi, ovozini oy nuri ostidagi barglarning shitirlashida eshitadi va h.[2]

Shuningdek, Jagun sheʼrni Osip Mandelshtam qalamiga mansub „Faqat bolalar kitoblarini oʻqing“ (ruscha: Только детские книги читать) sheʼridan ilhomlanib yozganini eʼtirof etgan.

„Na veka“ albomiga kiritilgan uch qoʻshiq, jumladan, „Ti uznayesh yeyo“ qoʻshigʻi uchun klip suratga olingan. Rejissyor O. Gusev olgan oq-qora klipda guruh aʼzolari aeroport boʻylab yurgani hamda jihozlangan xonada taronani ijro etayotgani tasvirlangan.

Manbalar tahrir

  1. Михаил Задорнов. WWW.MUSOR.RU. АСТ, 2009 — 270 bet. ISBN 978-5-17-056759-1. 
  2. Павел Жагун. Я выбираю тебя. Стихи звездных песен. От Аллы Пугачевой до Морального Кодекса. Эксмо, 2007 — 288 bet. ISBN 978-5-699-20157-0. 

Havolalar tahrir