Tim Borowski
Tim Borowski (talaffuzi: Tim Borovski) (2-may 1980-yil Neubrandenburg, GDR) — nemis futbolchisi, Markaziy yarim himoyachi, murabbiy. Borowski Bremendagi „Werder“ uchun 294 oʻyinini oʻynagan va 32 gollarini oʻz hisobiga rasmiylashtirgan. U Germaniya terma jamoasining oʻyinchisi boʻlib, 33 oʻyinini oʻtkazgan va 2 ta gol urgan. Borowski terma jamoa bilan 2006-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori va 2008-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. 2012-yilda u oʻz karyerasini yakunlagan, Verderda murabbiylik ishiga oʻtgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Tim Borowski[1] | ||
Tavallud sanasi | 2-may 1980-yil | ||
Tavallud joyi | Neubrandenburg, Germaniya | ||
Boʻyi | 1.94 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1985—1996 | Neubrandenburg 04 | ||
1996—1999 | Werder Bremen | ||
Total | 294 | (44) |
Biografiya
tahrirJamoalardagi faoliyati
tahrirTim Borowski 1990-yillarning boshlarida Germaniya bolalar chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan."Neibrandenburg 04" bolalar[2] kubida oʻz karyerasni boshlagan. 1996-yilda Borowski Bremen „Werder“ futbol maktabiga koʻchib oʻtgan[3]. 1999-yilda Tim Shimoliy mintaqaviy ligada oʻynagan Werder II zaxira jamoasi oʻyinchisiga aylangan, u yerda ikki mavsumda oʻzini yaxshi koʻrsatgan va asosiy tarkibga oʻtkazilgan. 14-iyul 2001-yil Borowski birinchi marta Werder uchun rasmiy oʻyinda maydonga tushgan. Bu uchrashuv belgiyaning „Gentga“ klubiga qarshi uchrashuvi boʻlib, u asosiy tarkibda maydonga tushgan[4]. 2001-yil 18-avgustda Tim Bundesligada "Myunxen 1860''[5] klubiga qarshi oʻyinda ham maydonga tushgan.
2003/2004-yilgi mavsumda „Werder“ chempionlik va Germaniya kubogini qoʻlga kiritganida, Borovski allaqachon Tomas Shaaf jamoasida asosiy tarkibda toʻlaqonli oʻyinchi boʻlgan edi. Keyingi mavsumlarda ham „Verder“ juda muvaffaqiyatli oʻynagan. Germaniya chempionatida ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallab, 2006-yilda Chempionlar ligasining 1/8 finaliga chiqgan. 2005/2006-yilgi mavsum shaxsiy statistika boʻyicha Tim uchun eng muvaffaqiyatli mavsum boʻlgan, Bundesliganing 31 ta oʻyinida u 10 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan, Chempionlar ligasining 1/8 finalida esa "Yuventus"[6] klubiga gol urgan[7].
2008-yilning yanvarida Borovski „Bavariya“ bilan kelishuvga erishgan edi, yozda „Verder“ bilan shartnomasi tugagach, erkin agent sifatida Myunxen klubiga oʻtgan. „Verder“ rahbariyati Timga yangi shartnoma imzolashni taklif qilgan, ammo u rad javobini bergan[8]. „Bavariya“da Borovski bor-yoʻgʻi bir mavsum oʻtkazgan, unda u jami 35 oʻyin oʻtkazgan va 7 ta gol urgan, ammo markaziy yarim himoya pozitsiyasida yuqori raqobat tufayli asosiy tarkibda toʻlaqonli futbolchiga aylana olmagan[9]. Bundan tashqari, Borovskini sotib olish tashabbuskori Germaniya terma jamoasida Tim bilan birga ishlagan murabbiy Yurgen Klinsman va Klinsmanni almashtirgandan soʻng yangi murabbiy yaʼni Lui van Gal oʻz jamoasida futbolchiga joy koʻrmagan[10].
2009-yil yozida Borowski „Verder“ ga qaytib kelgan va u bilan yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan uch yilga shartnoma tuzgan[10]. 2010/2011-yilgi mavsumida Tim bir necha marta toʻpigʻini jarohatlab, Germaniya chempionatida koʻplab oʻyinlarni oʻtkazib yuborgan[11]. 2011—2012-yillarda u jarohatlar tufayli Verder uchun deyarli oʻynamagan. 2012-yilning yozida futbolchining klub bilan shartnomasi tugagan va Verder rahbariyati Timga yangi shartnoma taklif qilmagan. 2012-yil sentyabr oyida 32 yoshli Borowski rasmiy ravishda oʻyin karyerasining tugashini eʼlon qilgan[12].
Terma jamoadagi o'yinlari
tahrir1999—2001-yillarda Borowski 15 ta oʻyinda oʻynagan Germaniya yoshlar terma jamoasining oʻyinchisi edi. 2002-yil 21-avgustda Tim Bolgariya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvida Germaniya terma jamoasida debyut qilgan. U hech qachon milliy terma jamoaning asosiy yarim himoyachisi boʻlmagan, chunki Michael Ballack bu joyga mahkam oʻrnashgan.
2006-yilgi Jahon chempionatida Borovski Kosta-Rika bilan ochilish oʻyinida Ballakni oʻrniga maydonga tushgan, uchinchi oʻrin uchun oʻyinni hisobga olmaganda, keyingi barcha bahslarda xuddi shunday oʻynagan. Argentina bilan chorak final uchrashuvida Borovski jamoadoshi Miroslav Klozega golli uzatmani amalga oshirgan va oʻyindan keyingi birinchi penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirgan[13]. Italiya terma jamoasi bilan yarim final uchrashuvida Tim chap qanot yarim himoyachisi sifatida oʻzi uchun noodatiy holatda asosiy tarkibda maydonga tushgan. Germaniya terma jamoasi jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egallagan.
Terma jamoa bilan birga Borovski 2008-yilgi Yevropa chempionatiga ham borgan, ammo u yerda uning jamoadagi roli ahamiyatsiz edi. U atigi ikkita uchrashuvda maydonga tushgan va jami 18 daqiqa oʻynagan. Portugaliya termasi bilan chorak final uchrashuvi Borovski uchun Germaniya terma jamoasidagi so‘nggisi bo‘lgan. Germaniya terma jamoasining qolgan futbolchilari bilan birgalikda chempionatning kumush medallarini qoʻlga kiritgan. Borovski terma jamoa safida jami 33 ta o‘yin o‘tkazgan va 2 ta gol urgan[14].
Futbolchilik faoliyatini tugatgandan soʻng
tahrir2013-yilda Borowski „Verder“ marketing boʻlimida ish topgan. U yerda 18 oy ishlagan. 2015-yil aprel oyida unga 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar orasida klub jamoasida sport direktori lavozimiga taklif qilingan. Borowski bilan shartnoma uch yil muddatga imzolangan[15]. Uning vazifalari klub akademiyasida oʻqigan yosh futbolchilarni asosiy tarkibga chiqish uchun tayyorlashni oʻz ichiga olagan.
Faoliyat statistikasi
tahrirKLub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Liga kubogi | Qitʼa | Jami | Man. | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | |||
Werder Bremen II | 1999—2000 | Regionalliga Nord | 29 | 6 | 2 | 0 | - | - | 31 | 6 | [16][17] | ||
2000—2001 | 27 | 5 | 1 | 0 | - | - | 28 | 5 | [16][17] | ||||
2001—2002 | 2 | 1 | 1 | 1 | - | - | 3 | 2 | [17] | ||||
Jami | 58 | 12 | 4 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 62 | 13 | - | ||
Werder Bremen | 2001—2002 | Bundesliga | 26 | 1 | 2 | 1 | - | 2 | 0 | 30 | 2 | [17] | |
2002—2003 | 18 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 2 | 2 | 24 | 2 | [17] | ||
2003—2004 | 25 | 1 | 5 | 5 | - | 1 | 0 | 31 | 6 | [17] | |||
2004—2005 | 31 | 7 | 5 | 3 | 2 | 0 | 6 | 0 | 44 | 10 | [17] | ||
2005—2006 | 31 | 10 | 3 | 0 | 2 | 0 | 9 | 3 | 45 | 13 | [17] | ||
2006—2007 | 17 | 2 | 0 | 0 | 1 | 0 | 6 | 1 | 24 | 3 | [17] | ||
2007—2008 | 21 | 2 | 3 | 1 | 1 | 1 | 7 | 0 | 32 | 4 | [17] | ||
Jami | 169 | 23 | 22 | 10 | 6 | 1 | 33 | 6 | 230 | 40 | - | ||
Bayern Munich | 2008—2009 | Bundesliga | 26 | 5 | 2 | 1 | - | 7 | 1 | 35 | 7 | [17] | |
Werder Bremen | 2009—2010 | Bundesliga | 28 | 4 | 6 | 1 | - | 11 | 1 | 45 | 6 | [17] | |
2010—2011 | 12 | 0 | 1 | 1 | - | 4 | 0 | 17 | 1 | [17] | |||
2011—2012 | 1 | 0 | 1 | 0 | - | - | 2 | 0 | [17] | ||||
Jami | 41 | 4 | 8 | 2 | 0 | 0 | 15 | 1 | 64 | 7 | - | ||
Karyerada jami | 294 | 44 | 36 | 14 | 6 | 1 | 55 | 8 | 391 | 67 | - |
Yutuqlar
tahrir- „Werder“
- Germaniya chempioni 2004
- 2004-yil Germaniya Kubogi sohibi
- 2006-yil Germaniya ligasi Kubogi gʻolibi
- 2006-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori
- 2008-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori
Manbalar
tahrir- ↑ „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players: Germany“. FIFA (2014-yil 21-mart). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Borowski: Darum fiebert er mit Neubrandenburg“ (de). Deutscher Fußball-Bund (2016-yil 11-fevral). 2016-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
- ↑ „Borowski haut bei Werder in den Sack“ (de). Bild (2014-yil 1-iyul). Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
- ↑ „SV Werder Bremen - KAA Gent, Jul 14, 2001 - UEFA Intertoto Cup - Match report“ (en). Transfermarkt. 2016-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
- ↑ „SV Werder Bremen - TSV 1860 Munich, Aug 18, 2001 - 1.Bundesliga - Match report“ (en). Transfermarkt. 2016-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
- ↑ „Micoud header ends Juve comeback“ (en). UEFA.com (2006-yil 23-fevral). 2015-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
- ↑ „Micoud header ends Juve comeback“ (en). UEFA.com (2006-yil 23-fevral). 2015-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
- ↑ „Borowski kein Klinsmann-Produkt“ (de). Kicker (2008-yil 14-yanvar). 2016-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
- ↑ Hasib, Samrin. „Tim Borowski of Bayern Munich: Forgotten or Ignored?“ (en). Bleacher Report (2008-yil 1-dekabr). 2016-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
- ↑ 10,0 10,1 „Midfielder Borowski returns to Werder Bremen“ (en). CNN (2009-yil 22-iyul). 2016-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
- ↑ Grima, Mitchell. „Werder Bremen's Tim Borowski suffers another injury setback“ (en). Goal.com (2011-yil 27-aprel). 2016-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
- ↑ „Borowski retires from football“ (en). ESPN (2012-yil 19-sentyabr). 2016-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
- ↑ „Germany 1-1 Argentina“ (en). BBC Sport (2006-yil 30-iyun). 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
- ↑ Arnhold, Matthias. „Tim Borowski - International Appearances“ (en). RSSF (2015-yil 16-aprel). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
- ↑ „Tim Borowski wird Sportdirektor der U 23 von Werder Bremen“ (de). Sport1.de (2015-yil 9-aprel). 2017-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-aprel.
- ↑ 16,0 16,1 „Tim Borowski“. National Football Teams. Qaraldi: 2018-yil 12-iyul.
- ↑ 17,00 17,01 17,02 17,03 17,04 17,05 17,06 17,07 17,08 17,09 17,10 17,11 17,12 17,13 „Tim Borowski » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 2018-yil 12-iyul.