Timo Furuholm
Timo Furuholm (1987-yil 11-oktabrda tugʻilgan) — FInlandiyalik sobiq professional futbolchi. Finlandiyaning Pori shahrida tugʻilgan va faoliyatini mahalliy FC Jazzda boshlagan. 2003-yilda 15 yoshida Veikkausliigada debyuti qilgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 11-oktyabr 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Pori, Finlandiya[1] | ||
Boʻyi | 1.85 m (6 ft 1 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
-2002 | TOVE | ||
2003 | Jazz | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2003 | Jazz | 4 | (0) |
2004 | MuSa | 21 | (17) |
2005—2011 | Inter Turku | 95 | (40) |
2012—2013 | Fortuna Düsseldorf | 9 | (0) |
2013 | → Hallescher FC (ijara) | 16 | (8) |
2013—2016 | Hallescher FC | 87 | (27) |
2017—2021 | Inter Turku | 131 | (45) |
Milliy terma jamoa | |||
Finlandiya U-17 | 3 | (1) | |
2008 | Finlandiya U-21 | 2 | (0) |
2010—2013 | Finlandiya | 10 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Furuholm 2010-yilning yanvarida, 22 yoshida Finlandiya terma jamoasi safida debyut qilgan.
Klublardagi faoliyati
tahrirIlk faoliyati
tahrir16 yoshida Jazzda FF Jaroga qarshi oʻyinga tushdi. Oʻshanda Finlandiya oliy ligasida maydonga tushgan eng yosh futbolchi boʻldi. 2004-yilda 21 ta oʻyinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi.
Inter Turku
tahrir2005-yilda „Inter Turku“ bilan shartnoma imzoladi. Oʻshandan beri koʻplab jarohat oldi. 2007-yilgi mavsumda „Inter“ safida 14 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Keyingi mavsumda tizzasidan olgan jarohati tufayli uch oyni oʻtkazib yubordi. Bor-yoʻgʻi toʻqqizta oʻyinda maydonga tushdi va toʻrtta gol urdi. Keyingi mavsumda butun mavsumni jarohatlarsiz oʻtkaza oldi, jami 23 ta oʻyinda maydonga tushdi va 11 ta gol urdi. 2011-yilgi mavsumda ligada 22 ta gol urdi, Veikkausliigada rekordchi boʻldi. 2011-yilgi mavsumdan soʻng „Inter“ bilan shartnomasi tugadi va erkin agentga aylandi.
Fortuna Düsseldorf
tahrir2012-yil 10-yanvarda 2. Fußball-Bundesliga vakili Fortuna Düsseldorf Furuholm bilan shartnoma imzoladi, uning shartnomasi 2014-yilning iyunigacha amal qilardi[2]. Ammo, bir yil oʻtgach, vatandoshi Kristian Kojola bilan „Hallescher“ klubiga ijaraga berildi. Mavsumni sakkizta gol bilan yakunladi va Hallening mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari boʻldi.
Hallescher
tahrir2013-yil 26-avgustda Hallescher FC bilan ikki yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[3]. 2013—2014-yilgi mavsumda 12 ta gol urdi va oʻz jamoasining eng yaxshi toʻpurari, Liganing 8-toʻpurari boʻldi[4].
Inter Turkuga qaytish
tahrir2016-yil 7-dekabrda Furuholmning Inter Turkuga qaytishi eʼlon qilindi[5].
Xalqaro faoliyati
tahrirFuruholm 2010-yilning yanvarida Finlandiya terma jamoasi safida Ispaniyaning Malaga shahrida Janubiy Koreyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Hermanni Vuorinen oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan holda debyut qildi[6]. Milliy terma jamoadagi ilk golini 2011-yilning 10-avgustida Latviyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida, ikkinchi golini 2012-yilning 20-fevralida Avstriyaga qarshi oʻyinda kiritgan[7]. Ilk bor 2012-yilning 25-may kuni Turkiyaga qarshi oʻyinda asosiy tarkibga kiritilgan[8].
Shaxsiy hayoti
tahrirFuruholmning otasi sobiq Finlandiya futbolchisi va Eurosport sharhlovchisi Tapio Furuholm. Oilali, 2014-yil fevral oyida tugʻilgan qizi bor[9].
2020-yilda Furuholm Turku universitetida ijtimoiy fanlarni oʻrganishni boshlagan[10].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavusm | Liga | Mahalliy kuboklar | Yevropa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Jazz | 2003 | Veikkausliiga | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 |
Jami | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | ||
MuSa | 2004 | Kakkonen | 18 | 17 | 0 | 0 | 0 | 0 | 18 | 17 |
Jami | 18 | 17 | 0 | 0 | 0 | 0 | 18 | 17 | ||
VG-62 | 2004 | Ykkönen | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 1 |
Jami | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 1 | ||
Inter Turku | 2005 | Veikkausliiga | 5 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 | 1 |
2006 | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 | ||
2007 | 14 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 14 | 2 | ||
2008 | 9 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 9 | 4 | ||
2009 | 23 | 11 | 0 | 0 | 2 | 0 | 25 | 11 | ||
2010 | 4 | 0 | 5 | 3 | 1 | 0 | 10 | 3 | ||
2011 | 33 | 22 | 3 | 1 | 1 | 0 | 10 | 3 | ||
Jami | 95 | 40 | 8 | 4 | 4 | 0 | 107 | 44 | ||
Fortuna Düsseldorf | 2011—2012 | 2. Bundesliga | 9 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 9 | 0 |
Jami | 9 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 9 | 0 | ||
Hallescher FC | 2012—2013 | 3. Liga | 16 | 8 | 0 | 0 | 0 | 0 | 16 | 8 |
2013—2014 | 32 | 12 | 0 | 0 | 0 | 0 | 32 | 12 | ||
2014—2015 | 35 | 12 | 0 | 0 | 0 | 0 | 35 | 12 | ||
2015—2016 | 18 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 19 | 3 | ||
2016—2017 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | ||
Jami | 103 | 35 | 1 | 0 | 0 | 0 | 104 | 35 | ||
Inter Turku | 2017 | Veikkausliiga | 4 | 2 | 7 | 5 | 0 | 0 | 11 | 7 |
Jami | 4 | 2 | 7 | 5 | 0 | 0 | 11 | 7 | ||
Jami faoliyati | 235 | 95 | 16 | 9 | 4 | 0 | 255 | 104 |
Xalqaro gollari
tahrir# | Sana | Manzil | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2011-yil 10-avgust | Riga | Latviya | 2 — 0 | 2 — 0 | Doʻstona |
2. | 2012-yil 29-fevral | Klagenfurt | Avstriya | 1 — 3 | 1 — 3 | Doʻstona |
Xalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Finlandiya | 2010-yil | 1 | 0 |
2011-yil | 4 | 1 | |
2012-yil | 3 | 1 | |
2013-yil | 2 | 0 | |
Jami | 10 | 2 |
Yutuqlari
tahrirKlub
tahrir- Veikkausliiga: 2008-yil
- Finlandiya kubogi: 2009-yil
- Finlandiya liga kubogi: 2008-yil
- Saxony-Anhalt kubogi: 2015, 2016
Manbalar
tahrir- ↑ Timo Furuholm WorldFootball.net saytida
- ↑ „Fortuna verpflichtet Stürmer Timo Furuholm“ (olmoncha). Fortuna Düsseldorf (10-yanvar 2012-yil). 2012-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may 2012-yil.
- ↑ „Willkommen zurück! Timo Furuholm unterschreibt Zweijahresvertrag“ (olmoncha). Hallescher FC (16-avgust 2013-yil). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust 2013-yil.
- ↑ „Summary – 3. Liga“. Soccerway (10-may 2014-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2016-yil.
- ↑ „Maalitykki Furuholm palaa FC Interiin“ (fincha). Inter Turku (7-dekabr 2016-yil). 2017-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-dekabr 2016-yil.
- ↑ „Etelä-Korea kaatoi Huuhkajat“ (fincha). palloliitto.fi (18-yanvar 2010-yil). 2012-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may 2012-yil.
- ↑ „Mika Ojala A-maajoukkueen valopilkku Itävallassa“ (fincha). fcinter.fi (1-mart 2012-yil). 2016-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-dekabr 2016-yil.
- ↑ „17-vuotias debytoi Huuhkajissa lauantaina“ (fincha). Ilta-Sanomat (25-may 2012-yil). 2014-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-yanvar 2015-yil.
- ↑ „Kulttiasemassa Hallescherissa“ (fincha). Turun Sanomat (28-mart 2014-yil). 2014-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-fevral 2015-yil.
- ↑ von Bernd, Jolitz. „In seinem Heimatland Dieser frühere Fortune wird jetzt Politiker“ (olmoncha). Rheinische Post (26-fevral 2021-yil). Qaraldi: 2-aprel 2021-yil.
- ↑ „Timo Furuholm“. National Football Teams. Qaraldi: 2-aprel 2015-yil.
- ↑ „Timo Furuholm“. Soccerway. Qaraldi: 2-aprel 2015-yil.
- ↑ „Timo Furuholm“ (fincha). palloliitto.fi. 2015-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-aprel 2015-yil.
- ↑ Timo Furuholm National-Football-Teams.com saytida