Tina Chen
Tina Chen (anʼanaviy xitoycha: yányu Pinyin, Chén Tíng, 1943-yil 2-noyabrda tugʻilgan) — xitoylik-amerikalik sahna, kino va televidenie aktrisasi, Elis restorani, „Condorning uch kuni“ va "The Three Days of the Condor", „Hawaiians“ nomli filmlarda rol oʻynagan.
Tina Chen | |
---|---|
Tavalludi |
2-noyabr 1943-yil Chongqing, China |
Fuqaroligi | Xitoy va AQSh |
Kasbi | Actress |
Yoshligi tahrir
Tina Chen qisqa vaqt materik Xitoy, Gonkong, Taywan, Yaponiyada yashab, keyinchalik esa AQShga keladi. Oʻzining aktyorlik faoliyatini davom ettirar ekan, Chen New-York qon markazining Serologiya va genetika boʻlimida oʻn yildan ortiq tadqiqotchi boʻlib ishlab kelgan edi[1][2].
U, shuningdek, New-York shahridagi birinchi sogʻlom oziq-ovqat doʻkonlaridan biri boʻlgan Food Liberation asoschilaridan biri boʻlgan.
Faoliyati tahrir
Tina Chen Oltin globus[3], Emmy[4] va Drama Desk mukofotlariga nomzod boʻlgan. Uning filmlari orasida „Deyarli mukammal“ mustaqil filmi va "Norman Maoning potentsial xotinlari" qisqa metrajli filmi bor. U, shuningdek, "Gavayiliklar" filmida rol oʻynagan, aktrisa „Aliceʼs Restaurant, Three Days of the Condor, and Face“ nomlo rollari uchun "Oltin globus"[3]mukofotiga nomzod boʻlgan.
Tina koʻplab telekoʻrsatuvlarda mehmon sifatida ishtirok etdi va CBS Playhouse maxsus "Oli qishning yakuniy urushi" nomli filmidagi ijrosi uchun Emmy mukofotiga nomzod ham boʻlgan[4].
Ishi tahrir
Filmlari
- Oʻtmish avlodlari, kelajak ajdodlari[5]
- Deyarli mukammal (2011-yil)
- Norman Maoning potentsial xotinlari
- Yuz (2002-yil)
- Parvoz arvohi 401 (1978-yil)
- Kondorning uch kuni (1975)
- Qogʻoz odam (1971-yil)
- Gavayiliklar (1970-yil)
- Elis restorani (1969-yil)
Leksiya tahrir
Chenning „Tarix qahramonlari: mening xitoylik oilam merosi“ nomli maʼruzasi 158 ta biografik suratlardan iborat. Bu onasining oilasining uch avlodi va ularning Xitoy tarixiga qoʻshgan hissasi haqida yozilgan. New-York shahridagi Xitoy institutida[6] Urban Stages[7] va Mirror Repertory Co.da[8] taqdim etilgan maʼruzada u katta bobosi haqida gapirib bergan edi.
Mukofotlari tahrir
Chen „Gavayiliklar“ nomli filmidagi yordamchi roli uchun "Oltin globus" nominatsiyasini[3] qoʻlga kiritdi. U CBS Playhouse dramasi „Oli qishning yakuniy urushi“ filmidagi yordamchi roli uchun Emmy nominatsiyasini[4] oladi. Shuningdek, u Chita Rivera va Liza Minnelli ishtirokidagi „The Rink“ nomli musiqiy asarning eng yaxshi ishi uchun Drama Desk nominatsiyasini oldi.
Manbalar tahrir
- ↑ „Home - New York Blood Center“. nybloodcenter.org.
- ↑ „The First Decade (1964—1973) | New York Blood Center“. nybloodcenter.org. 2014-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Tina Chen“. www.goldenglobes.com.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Tina Chen“. Television Academy.
- ↑ „Home - Descendants of the Past, Ancestors of the Future“. www.descendantsofthepast.com.
- ↑ „China Institute - 华美协进社“. China Institute.
- ↑ „Urban Stages Theater - home“. urbanstages.org.
- ↑ „The Mirror Theater Ltd“. The Mirror Theater Ltd.