Tinchlik devori - Qozog'istonning poytaxti Ostonadagi yodgorlik. LED ekrani bor barg shakliga o'xshash devor.

Tinchlik devori (yodgorlik)
qozoqcha: Бейбітшілік қабырғасы
Umumiy maʼlumot
Turi Yodgorlik
Shahar Ostona
Mamlakat Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Balandligi 17.5 m

Tarixi tahrir

“Tinchlik devori” monumenti - Aqto‘be viloyatidan Qozog‘iston poytaxtining 20 yilligiga bag‘ishlangan sovg‘a[1].

Yangi majmua 29 avgust – Xalqaro yadroviy sinovlarga qarshi harakat kunida ochildi. Chunki bu loyiha Qozog‘iston Prezidentining “Alem. "XXI asr" antiyadroviy manifestining g'oyasi kiritildi. 2018-yilning 29-avgustida Birinchi Prezidentning Farmoni bilan Semey poligoni rasmiy turda yopilganlikdan, yodgorlikning ochilish kuni 1991-yilning 29-avgusti tanlandi.

Yodgorlik Mustaqillik maydonida, Qozoq Milliy san'at universiteti va Mustaqillik saroyining o'rtasida joylashgan.

“Shu munosabat bilan biz butun insoniyatda ishonch tuyg‘usini uyg‘otamiz. Biz bu kurashni Osiyoda ishonchni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar, jahon va an’anaviy dinlar qurultoyi va poytaxtimizda o‘tkaziladigan boshqa forumlar doirasida davom ettiramiz. Shu bois, Ostona kuni munosabati bilan ushbu ob'yektni taqdim etgan aktobelik do'stlarimizga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bu yodgorlik yosh avlodni dunyoda tinchlikni saqlashga chorlaydi”, dedi Prezident ochilish marosimida.

– Tinchlikparvarlik haqidagi xabarimiz, avvalo, kelajak avlodga murojaatdir. Barcha tillarda biz “Tinchlikni saqla!” deb aytamiz, - chunki dunyoning har bir burchagida tinchlik o'rnatilishi kerak! – dedi Prezidentimiz o‘z nutqida![2]

Tuzilishi tahrir

Yodgorlikning asosiy poydevori yuqori po'latdan yasalgan. Devorda 51 tilda “Tinchlik” degan yozuv bor.

Yodgorlikning umumiy uzunligi - 111 metr, kengligi - 18,4 metr, balandligi - 17,5 metr.

Strukturaga maydoni 616 kvadrat metr LED ekran solingan, u 2.5 mln svetodiodtan iborat.[3]

Manbalar tahrir

  1. „Новый подарок Астане: как выглядит Стена мира“. Tengrinews.kz (29 тамыз 2018). 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
  2. „БЕЙБІТШІЛІК ҚАБЫРҒАСЫ“ (qozoqcha).
  3. Амина Малакшинова. „Нурсултан Назарбаев открыл монумент "Стена мира" в Астане“. informburo.kz (29 тамыз 2018). 2020-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.

Havola tahrir