Qasim Tinistanov

Qirg'iz olimi, shoir, davlat arbobi
(Tinistanov, Kasimdan yoʻnaltirildi)

Qasim Tinistanov (qirgʻizcha: Касым Тыныстанов, 10.09.1901, Rossiya imperiyasi, Semirechenye viloyati , Chirpiqti qishlogʻi — 1938-yil 6-noyabr, Qirgʻiz SSR, SSSR, Chon -Tash, Voroshilov tumani) — qirgʻiz olimi, shoiri va davlat arbobi. Lotin alifbosiga asoslangan qirgʻiz yozuvining asoschisi (1927—1940).

Qasim Tinistanov
Tavalludi 9-sentyabr 1901-yil
Chirpikti, Prjevalskiy uyezd, Semirechenskaya viloyati, Turkiston o'lkasi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 6-noyabr 1938-yil yoki 1937-yil
Chon-Tash, Voroshilovskiy tumani, Qirg'iziston SSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR
Kasbi Shoir, tarjimon
Partiyasi BKP (b)
Turmush oʻrtogʻi Nelya Yarullovna Yusupova
Bolalari Nazira, Elmira, Erkin
Mukofotlari Qirg'iziston Respublikasi Prezidentining "XX asrdagi ulkan ilmiy yutuqlari uchun" faxriy oltin medali (2001-yil 27-avgust, vafotidan keyin)
Imzosi

Hayoti

tahrir

Qasim Tinistanov 1901-yil 10-sentabrda Rossiya imperiyasining Semirechye viloyati (hozirgi Issiqkoʻl tumani, Issiqkoʻl viloyati, Qirgʻiziston Respublikasi) Prjeval tumani, Chirpiqti qishlogʻida tugʻilgan.

1909-1912 yillarda u mahalliy mulladan savod chiqargan, keyin Sazanovkadagi musulmon maktabiga oʻqishga kirgan, 1914-1916 yillarda Prjevaldagi rus-tuzem maktabida oʻqigan. 1924-yilda Toshkentdagi Qozoq-qirgʻiz taʼlim institutini tamomlagan[1]. Alash partiyasi aʼzosi boʻlgan. 1924-yildan KPSS (b) aʼzosi boʻlgan.

1923-yilda u arab alifbosiga asoslangan qirgʻiz alifbosini tuzdi, 1924-yilda uning „Okuu kitebi“ oʻqish kitobi chiqdi, keyinroq esa alifbo kitoblari nashr etildi. Keyinchalik u qirgʻiz tilining arab alifbosidan lotin alifbosiga, soʻngra kirill alifbosiga oʻtkazilishida ishtirok etdi.

1923-1924 yillarda Qora-qirgʻiz ilmiy komissiyasi aʼzo boʻldi, „Aq joʻl“ gazetasi, „Jas qayrat“ va „Sana“ jurnallari tahririyati bilan hamkorlik qildi. 1924-yilda kotib etib tayinlandi, 1925-yilda Turkiston Respublikasi Ilmiy komissiyasi Akademik markazi Qirgʻiziston viloyat boʻlimiga raisi etib tayinlandi. 1925-yil avgustidan 1927-yilgacha „Erkin-Too“ gazetasi muharriri boʻlib faoliyat oilb bordi. 1926-yilda Boku shahrida boʻlib oʻtgan I Turkologik qurultoyda qatnashib, qirgʻiz alifbosini lotin alifbosiga oʻtkazish masalalari boʻyicha maʼruza qildi.

1927-1930 yillarda Qirgʻiz ASSR Maorif xalq komissari[2] etib tayinlandi. Ayni vaqtda 1928-1931 yillarda u oʻzi tashkil qilgan „Jani madaniyat jolunda“ (ruscha: На пути к новой культуре) jurnalida bosh muharrir boʻlib faoliyat olib bordi. 1930-yildan Qirgʻiziston madaniyat va qurilish institutida ilmiy xodim, keyinchalik direktor lavozimlarida ishladi. Bir vaqtning oʻzida,1932-yildan Qirgʻiziston pedagogika institutida (dotsent, 1936-yildan professor) talabalarga dars berdi. Bu davr mobaynida u qirgʻiz tilshunosligi boʻyicha qator asarlar yozdi va nashr etttirdi.

Q. Tinistanov bir qancha sheʼrlar muallifi. Mazkur sheʼrlar orasida „Qasim irlarining jiynagi“ (1925) toʻplami, hamda, Internatsional va I. A. Krilovning masallaridan tarjimalari bor. U 1934-yildan SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

U 1937-yil 1-avgustda hibsga olindi[3]. Frunze shahar qoʻmitasi uni 4-avgust kuni hech qanday buyruqsiz partiyadan chiqarib yubordi[3]. U Turon ijtimoiy partiyasiga aʼzolikda, aksilinqilobiy va millatchilik ruhidagi gʻoyalarini targʻib qilishda, mafkuraviy sohada buzgʻunchilik faoliyatini olib borishda ayblangan. 1938-yil 5-noyabrda unga RSFSR Jinoyat kodeksining 58-moddasi 2-7-8-11-bandlari boʻyicha ayblov qoʻyildi[3]. 1938-yil 6-noyabrga oʻtar kechasi SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasining sayyor majlisida (rais — brigada harbiy ofitser Alekseev, aʼzolari — brigada harbiy ofitseri Zaitsev va 1-darajali harbiy ofitser Boldirev, kotibi 1-darajali harbiy ofitser Butner) eng yuqori jinoiy jazoga, „shaxsiy mol-mulkning barchasi musodara qilgan holda qatl etishga“ hukm qilingan[3]. Xuddi shu kuni otib yuborilgan.

U 1957-yil 1-oktyabrda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi tomonidan reabilitatsiya qilingan (rais — adliya polkovnigi Kostromin, aʼzolari — adliya podpolkovniklari Uxvanov va Smirnov)[3]; 1958-yil 22-yanvarda Qirgʻiz Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi[3] tomonidan partiyaga qayta tiklandi va 1964-yil 16-mayda KPSS Markaziy Qoʻmitasi huzuridagi Partiya komissiyasi tomonidan partiyaviy munosabatlarda qayta tiklandi[3].

U Chon-Tash Stalin qatagʻonlari qurbonlari yodgorlik majmuasiga qayta dafn etildi[4].

Oilasi

tahrir

Xotini — Turdububu Tinistanova; oʻgʻillari — Tendik va Erkindik, qizi — Birdik[5][6] .

Xotirasi

tahrir
  • Qirgʻiziston Respublikasi hududida 1994 va 1997 yillardagi Qasim Tinistanov surati tasvirlangan 10 soʻmlik banknotlar muomalaga kiritildi.
  • Issiqkoʻl davlat universitetiga Qasim Tinistanov nomi berildi.
  • Bishkekdagi markaziy koʻcha va gimnaziyaga Qasim Tinistanov nomi berildi.

Mukofotlari

tahrir
  • Qirgʻiziston Respublikasi Prezidentining „XX asrdagi ulkan ilmiy yutuqlari uchun“ faxriy oltin medali (2001 yil 27-avgust, vafotidan keyin)[7]

Manbalar

tahrir
  1. {{"О человеке, чье имя гордо носит наш университет" Иссык-Кульский государственный университет им. К. Тыныстанова}}
  2. „История“ (ruscha). Министерство образования и науки Кыргызской Республики. 5-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-may 2020-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 А.Болпонова 2011.
  4. „Сто тридцать семь чон-ташских жертв НКВД“ (ruscha). Open.kg (2019-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 29-aprel 2020-yil.
  5. „Алгачкы кыргыз профессору. Касым Тыныстанов тууралуу 8 факты“ (ky). Sputnik Kyrgyz. Qaraldi: 28-fevral 2021-yil.
  6. K-News, 2011.
  7. Ukaz Prezidenta Kirgizskoy Respubliki ot 27-avgusta 2001 goda № 261 "O nagrajdenii uchyonix Kirgizstana Pochetnoy zolotoy medalyu Prezidenta Kirgizskoy Respubliki „Za vidayuщiesya nauchnie dostijeniya v XX stoletii“

Havolalar

tahrir