Toʻqtagʻul nomli oʻrta maktab

(To'qtog'ul nomli o'rta maktabdan yoʻnaltirildi)

Toʻqtogʻul nomli oʻrta maktab (ruscha: Средняя школа имени Токтогула; qirgʻizcha: Токтогул орто мектеби) — Qirgʻizistonning Isfana shahrida joylashgan oʻrta maktab[1] Oʻrta maktab deb nomlanishiga qaramasdan, maktabda 1-dan 11-gacha sinflar bor. Toʻqtogʻul nomli oʻrta maktabda darslar oʻzbek tilida oʻtiladi[2].

Toʻqtogʻul nomli oʻrta maktab
Joylashgan yeri
Isfana, Qirgʻiziston
Koordinatalar 39°50′19″N 69°31′48″E / 39.8387°N 69.5300°E / 39.8387; 69.5300
Maʼlumot
Maktab turi boshlangʻich va oʻrta maktab
Asos solingan sanasi 1936 (88 yil avval) (1936)
Sinflar 1-11
Til oʻzbek
Toʻqtogʻul nomli oʻrta maktabning yangi binosi. Yangi imorat zilzila tufayli eski bino qanoti zarar koʻrganidan keyin 2009-yil qurilgan.

Toʻqtogʻul nomli oʻrta maktab 1936-yil ochilgan. Hozirda maktabda ikkita bino bor. Eski bino 1947-yil qurilgan. 2007-yil maktab binosining bir qanoti zilzila tufayli katta zarar koʻrdi. 2009-yil yangi ikki qavatli bino qurib bitirildi.

Dars programmasi

tahrir

Oʻquvchilar birinchi sinfga bolaning individual rivojlanishiga qarab 6 yoki 7 yoshda olinadi. 11 yillik oʻqish boshlangʻich (1-4-sinflar), oʻrta (5-9-sinflar) va yuqori (10-11-sinflar) oʻlaroq uchga boʻlinadi. 9 yillik umumiy programmaga qatnashish majburiydir. 10-11-sinfda oʻqish majburiy emas.

Mamlakatdagi boshqa maktablardagi kabi Toʻqtogʻul nomli oʻrta maktabda boshlangʻich sinf oʻquvchilari alohida etajda oʻqishadi. Ularga odatda 1-dan 4-sinfgacha bitta oʻqituvchi barcha fanlarni oʻtadi (jismoniy tarbiya va chet tillaridan tashqari).

5-sinfdan boshlab har bir darsni alohida oʻqituvchi oʻqitadi. Katta sinf oʻquvchilariga matematika, informatika, fizika, kimyo, jugʻrofiya, biologiya, sanʼat, musiqa, jismoniy tarbiya, tarix, falsafa, astronomiya kabi darslar oʻtiladi.

Qirgʻizistondagi boshqa maktablardagi kabi Toʻqtogʻul nomli oʻrta maktabda ham ikki smenada (ertalabki va tushki) darslar oʻtiladi. Bunga sabab oʻquvchi soni koʻpligidir.

Oʻquv yili sentabr boshidan mayning oxirigacha choʻziladi va toʻrt chorakka boʻlingan. Oʻqish programmasi oʻzgarmas, doimiy. Baʼzi gʻarb mamlakatlaridan farqli oʻlaroq, oʻquvchilar yoki ularning ota-onalari qaysi darslar oʻtilishini tanlay olishmaydi. Oʻquvchilar 5 qadamli shkalada baholanadi. Amalda 2 („qoniqarsiz“) dan 5 („aʼlo“) gacha qoʻyiladi. 1 kamdan-kam ishlatiladigan keskin oʻzlashtirmaganlik belgisi. Kundalik baho berishda bu baholarni oʻqituvchilar yana guruhlarga boʻlishadi (masalan +4, -5), ammo chorak baholar faqat 2, 3, 4 yoki 5 boʻlishi mumkin.

Dars oʻtish tili

tahrir

Toʻqtogʻul nomli oʻrta maktabda darslar oʻzbek tilida olib boriladi. Oʻzbek tili bilan birga oʻquvchilar rus, qirgʻiz va ingliz tillarini ham oʻrganishadi. Qirgʻizistondagi boshqa oʻzbek maktablardagidek, Toʻqtogʻul nomli oʻrta maktabda oʻzbek tilida oʻqitishning kelajagi nomaʼlum boʻlib qolmoqda.[3]

2010-yil Qirgʻiziston janubidagi sodir boʻlgan tartibsizliklar ortidan qirgʻiz rasmiylari oʻzbek tilini cheklashga va oʻzbek maktablarni majburan qirgʻizlashtirishga harakat qila boshladi.[4][5][6][7][8] Shu harakatlar doirasida 2010-yillar boshida oʻzbek tili va adabiyoti fanlariga ajratilgan dars soati ozaytirilib, oʻrniga qirgʻiz tili va adabiyoti fanlariga koʻp soat berildi.[9]

Hozirda oʻzbek tilidagi darsliklar yetishmaydi va Qirgʻiziston hukumati maktablarni mablagʻ yoʻqligini bahona qilib, oʻzbekcha kitoblar bilan taʼminlashni istamaydi. Qirgʻiz rasmiylari oʻzbek oʻquvchilarining Oʻzbekistonda chiqqan kitoblardan foydalanishga keskin qarshi boʻlgani uchun hozirda koʻp maktablarda, shu jumladan, Toʻqtogʻul nomli oʻrta maktabda ham aksar darslar oʻzbek tilida ammo qirgʻiz tilidagi darsliklardan foydalanib oʻtilmoqda.

Eʼtiborga loyiq bitiruvchilar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Toʻqtogʻul nomli oʻrta maktab“ (ruscha). Qaraldi: 2012-yil 10-may.[sayt ishlamaydi]
  2. „Isfanadagi maktablar“ (ruscha). Isfana shahrining rasmiy vebsayti. Qaraldi: 2012-yil 16-yanvar.[sayt ishlamaydi]
  3. Usmon, Sarvar. „Qirgʻizistondagi oʻzbek maktablari taqdiri savol ostida“ (2011-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 30-oktyabr.
  4. Sherzod. „Maqsad nima? Savodsizlarni koʻpaytirishmi?“ (2011-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 30-oktyabr.
  5. Baqit Ibraimov; Temir Aqmatov. „Oʻsh oʻzbek maktablarni man qilish haqida oʻylamoqda“ (inglizcha) (2011-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 22-fevral.
  6. Baqit Ibraimov; Temir Aqmatov. „Qirgʻizcha maktablar haqidagi keskin gaplar“ (inglizcha) (2011-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 22-fevral.
  7. Qosim, Elmurod. „Ommaviy hayotdan oʻzbek tilini yoʻq qilish“ (inglizcha) (2012-yil 26-sentyabr). 2012-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-oktyabr.
  8. Wisniewski, Dan. „Qirgʻizistonda oʻzbek tili yoʻq boʻlib bormoqda“ (inglizcha) (2012-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 9-oktyabr.
  9. Ivashenko, Yekaterina. „Kimga kerak bu oʻzbekcha taʼlim?“ (ruscha) (2013-yil 13-fevral). Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
  10. Aʼzamov, Hazratqul. Isfanalik olim (1999-yil 12-avgust). „Jaloliddin 1974-yil „Toʻqtogʻul“ nomli oʻrta maktabning 1-sinfiga oʻqishga bordi. Oʻrta maktabni aʼlo baholar bilan tamomlab, 1957—1959-yilgacha Laylak tuman matlubot jamiyatida ishladi.“.
  11. Moʻminov Maʼrifjon Moʻminovich (qirgʻizcha). Ata Jurt (13-dekabr, 2014), s. 7.
  12. Yoqubov, Temirboy. Isfana (Aspanakent) tarixi Nurullo Nishonov: , 2001 — 5-6-bet. 

Havolalar

tahrir