Toʻda — Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Norin tumanida joylashgan qishloq.

Toʻda
qishloq
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Namangan viloyati
Tuman Norin tumani
Hukumat
Qachondan beri qishloq XIII asr
Rasmiy til(lar)i oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5:00
Telefon kodi +998
Pochta indeks(lar)i 1604XX
Avtomobil kodi 50

Etimologiyasi tahrir

Qishloq nomining kelib chiqiqshi haqida turlicha farzalar mavjud. Toʻda toponimi „bir toʻda bir guruh“ maʼnolarini ham anglatadi. XIII asrda mazkur hududga odamlar koʻchib kelishgan. Ular yashash uchun kapalar qurib, toʻda-toʻda boʻlib yashay boshlashgan. Shu sababli ham qishloq nomi Toʻda deb nomlangan. Ayni shu nom bilan nomlanuvchi yana bir qator toponimlar mavjud. Kenagas oʻzbeklarining bir urugʻi ham ayni toʻda nomi bilan atalgan. Yana bir farazga koʻra, qishloq aholisining asosiy qismi Pop tumanidagi Toʻda qishlogʻidan koʻchib kelgan va shuning uchun ham hudud nomi shunday atalgan boʻlishi mumkin[1].

Manbalar tahrir

  1. Zohid Madrahimov. Tarixiy toponimika (oʻzbekcha). „Navro‘z“ nashriyoti, 2007 — 109 bet.