Toʻrtinchi internatsional
Toʻrtinchi internatsional kommunistik xalqaro tashkilot boʻlib, Stalinizmga muqobil yaratilgan gʻoyalardan hisoblanadi. Leon Trotskiyning nazariy merosiga asosan tashkil etilgan ushbu tashkilotning vazifasi jahon inqilobini, ishchilar sinfining gʻalabasini va sotsializm qurilishini amalga oshirishdir. Internatsional 1938-yilda Fransiyada Trotskiy va uning tarafdorlari tomonidan tashkil etilgan boʻlib, ularning fikriga koʻra Komintern stalinchilarning toʻliq nazorati ostida boʻlgan xalqaro ishchilar sinfini siyosiy hokimiyatni zabt etishga yetaklay olmaydi deb hisoblashar edi[1]. Shuning uchun, aksincha, ular oʻzlarining „Toʻrtinchi Internatsional“ ni tashkil etishdi, ularning koʻp rahbarlari oʻsha paytdagi IIXK (Ichki ishlar Xalq komissarligi) agentlari tomonidan taʼqib qilingan, shuningdek ular burjua hokimiyati (masalan, Fransiya va AQSh) tomonidan ham taʼqib qilingan.
Internatsionalda birinchi boʻlinish 1940-yilda sodir boʻldi va 1953-yilda yanada jiddiy boʻlinish sodir boʻldi. 1963-yilda qisman birlashishga qaramay, koʻplab guruhlar Toʻrtinchi Internatsional bilan siyosiy hamkorlikni davom ettirdilar.
Siyosiy internatsional
tahrirSiyosiy internatsional - siyosiy partiyalar yoki siyosiy faollarning faoliyatini yagona yoʻnalishda muvofiqlashtirish maqsadida tuzilgan tashkilot. Ushbu tashkilotga Karl Marks tomonidan asos solingan va keyin Birinchi Internatsional deb nomlanuvchi Xalqaro ishchilar uyushmasidan kelib chiqqan holatda muayyan tashkilot sifatida birlashishgan.
1876-yilda tarqatib yuborilgan Xalqaro ishchilar assotsiatsiyasidan soʻng uni qayta tiklashga bir necha bor urinishlar sodir boʻlib, sotsial-demokratik Ikkinchi Internasionalning asos solishi bilan yakunlandi. U 1914-yilda birinchi jahon urushi boshlanishi sharoitida sotsialistik partiyalarning siyosiy roʻli boʻyicha kelishmovchiliklar tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻldi. Tashkiliy jihatdan u 1919-1920 yillarda Vena Internatsionali bilan birlashgandan keyin qayta tiklandi va Sotsialistik Ishchilar Internatsionaliga aylantirildi.
Biroq, Oktyabr inqilobini qoʻllab-quvvatlagan inqilobiy partiyalar 1919-yilda demokratik sentralizm tamoyillari asosida tuzilgan xalqaro birlashma boʻlgan Kominternga oʻzaro birlashdilar.
Trotskiychilar oʻzlarini IV Internasional, „Xalqaro Sotsialistik inqilob partiyasi“ deb eʼlon qilish orqali oʻzlarining Komintern va uning inqilobiy anʼanalari bilan davom etishlarini belgilab oldilar. Trotskiychilar „Uchinchi Internasionalning“ faqat birinchi toʻrtta kongressini inqilobiy deb tan olishdi va kelajakda u qayta tugʻilishga kirishdi, deb hisoblashdi. Ular Sotsialistik Internatsional va Komintern endi inqilobiy sotsializm va baynalmilalizm tamoyillari asosida jahon proletar inqilobi tashkiloti sifatida harakat qila olmaydi, deb hisoblardi[2].
Shu sababli, Toʻrtinchi Internasionalning tashkil etilishi qisman Komintern va Sovet Ittifoqiga muxolifat sifatida koʻrinmasdan, kuchli siyosiy oqimni shakllantirish istagi bilan bogʻliq boʻlgan tasjilot deya hisoblandi. Ushbu davrda Trotskiy xalqaro urush yaqinlashib kelayotgan jahon urushida juda muhim rol oʻynashiga ishondi[1].
Toʻrtinchi Internatsional tarixi
tahrirTrotskiy va uning tarafdorlari 1923-yilda Bolsheviklar partiyasi va Kominternning stalincha degeneratsiyasiga qarshi chap muxolifatda oʻzaro birlashdilar. Shundan soʻng Trotskiychilar partiya va davlat apparatini byurokratlashtirishga qarshi namoyish qilib chiqdilar, chunki ular Sovet iqtisodiyotining zaifligi va yakkalanishining asosiy sababi deb hisobladilar[2]. Bir mamlakatda sotsializm qurishning stalincha nazariyasi 1924-yildan boshlab doimiy inqilob nazariyasiga muxolifat sifatida rivojlandi. Trotskiy kapitalizm jahon tizimi ekanligini va sotsializm qurish uchun asos sifatida butun jahon inqilobi zarurligini bilar edi, u Stalincha nazariya ishchilar sinfi manfaatlariga toʻgʻridan-toʻgʻri zid boʻlgan byurokratik elementlarning manfaatlarini ifodalaydi, deb ta’kidlar edi.
1930-yillarning boshlarida Trotskiy va uning tarafdorlari Stalinning Uchinchi Internatsionalidagi taʼsir doirasi pasayish arafasida edi, deb hisoblashgan. Ular 1930-yilda Stalinizmga qarshi barcha guruhlarni Uchinchi Internatsional tarkibida birlashtirish maqsadida Xalqaro soʻl muxolifatni (XSM) tuzdilar. Kominternda hukmronlik qilgan stalinchilar uzoq vaqt mobaynida muxolifatga toqat qilmadilar - trotskiychilar va trotskizmga xayrixohlikda gumon qilingan har kim haydab chiqarildi. Shunga qaramay, 1933-yilgacha va Germaniyadagi vaziyat oʻzgarguniga qadar Trotskiy tarafdorlari oʻzlarini Kominternning fraksiyasi deb hisoblashda davom etishdi, garchi undan deyarli chetlatilgan boʻlishlariga qaramasdan.
1938-1963 yillarda Toʻrtinchi Internatsional
tahrirTaʼsis Kongressi
tahrirToʻrtinchi Internasionalning tashkil etilishi proletar inqilobiga rahbarlik qilish uchun yangi ommaviy inqilobiy partiyaning yaratilishi sifatida oqlandi. Bu gʻoya jahon urushi boshlanishi bilan kuchayadigon inqilobiy toʻlqinlardan kelib chiqdi. 1938-yil sentabr oyida Parij yaqinidagi Alfred Rosmerning uyida boʻlib oʻtgan taʼsis kongressida Yevropaning barcha yirik davlatlaridan, Shimoliy Amerikadan 30 nafar delegat qatnashdi, uzoq masofalar va harajatlarga qaramay, hatto Osiyo va Lotin Amerikasidan ham bir necha delegatlar kongressga tashrif buyurishdi. Qurultoyda qabul qilingan koʻplab rezolyutsiyalar orasida muhim oʻtish davri dasturi[3] mavjud edi.
Oʻtish davri dasturi Kongressning markaziy dasturiy hujjati sifatida koʻrilib, u Leon Trotskiy yaqin yillar uchun bashorat qilgan urush boshlanishi bilan ochiladigan inqilobiy davrda tashkilotning strategiyasi va taktikasini umumlashtiradi. Biroq, bu toʻrtinchi Internatsional tashkilotning yakuniy dasturi emas edi - tez-tez taʼkidlanganidek - buning oʻrniga u oʻsha davrdagi ishchilar harakatining yakuniy bahosini, shuningdek, hokimiyat uchun kurashlar ishchilarning rivojlanishi uchun bir qator oʻtish qoidalarini ham oʻz ichiga olar edi.[4].
Xalqaro konferensiya
tahrir1946-yil aprel oyida Yevropaning asosiy va bir qancha boshqa boʻlimlari vakillari „Ikkinchi xalqaro kongress“ga yigʻilishdi[5]. Unda kotib sifatida Mishel Pabloni va unda tobora muhim rol oʻynay boshlagan Ernest Mandelni oʻz ichiga olgan Xalqaro Kotibiyat tiklandi. Pablo va Mandel Britaniya RCP va Fransiya ITUC ichidagi koʻpchilikning argumentlariga qarshi turishga harakat qilishdi. Ularni Jerri Xili qoʻllab-quvvatladi, u Inqilobiy Kommunistik partiya ichida Thad Grant chizigʻiga qarshi gapirdi. Fransiyada ular turli sabablarga koʻra boʻlsa-da, ITUCning yangi rahbariyatiga qarshi boʻlgan Per Frank va Marsel Bleibtroy tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Ikkinchi Jahon Kongressi
tahrir1948-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan Ikkinchi Jahon Kongressi oʻzida umumiy 22 ta seksiya delegatlarini birlashtirdi. Unda yahudiy muammosi, stalinizm, mustamlaka davlatlari va ayrim mamlakatlardagi boʻlimlarning oʻziga xos holatlari boʻyicha bir qancha rezolyutsiyalar muhokama qilindi[6]. Internatsionalning umumiy nuqtai nazari Sharqiy Yevropa bufer davlatlari kapitalistik boʻlib qolishda davom etayotgani haqidagi pozitsiya edi[7].
Uchinchi Jahon Kongressi
tahrir1951-yilgi Kongress Sharqiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti va ularning siyosiy tuzumlari Sovet Ittifoqidagi Stalin rejimiga tobora koʻproq oʻxshay boshlaganini muhokama etdi. Majlis soʻngida esa ushbu davlatlar Rossiyaga oʻxshab deformatsiyalangan ishchi davlatlari sifatida taʼkidlab oʻtildi.
Eslatmalar:
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Л. Д. Троцкий Агония капитализма и задачи Четвёртого интернационала (1938) (rus.)
- ↑ 2,0 2,1 Манифест Четвёртого интернационала по вопросу ликвидации Коминтерна (1943) (ingl.)
- ↑ Учредительная конференция Четвёртого интернационала, 1938. Программа и резолюции (ingl.)
- ↑ Р. Прайс Переходная программа в перспективе (1998) (ingl.)
- ↑ Конференция Четвёртого интернационала, 1946 год (ingl.)
- ↑ Второй мировой конгресс. Программа и документы (ingl.)
- ↑ Резолюция второго мирового конгресса. СССР и сталинизм (1948) (ingl.)
Adabiyotlar:
tahrir- Антология позднего Троцкого. Сост. М. Васильев, И. Будрайтскис. — М.: „Алгоритм“, 2007. — 608 с.
- Дойчер И. Троцкий: изгнанный пророк, 1929—1940. — М.: „Центрполиграф“, 2006. — 526 с.
- Роговин В. З. Мировая революция и мировая война. — М.: Б. и., 1998. — 415 с.
- Роговин В. З. Конец означает начало. — М.: „Антидор“, 2002. — 480 с.
- М. Б. Диченко „Современная демократия и альтернатива Троцкого: от кризиса к гармонии“; „Написано пером“, Санкт-Петербург, 2016. УДК 316.7; ББК 6/8, 60 Д 50; ISBN 9785000714164