To‘raqulboy madrasasi
To‘raqulboy madrasasi Mir Mas’ud guzarida joylashgan bo‘lib, uning 13 hujrasi bo‘lgan.
Madrasa | |
To‘raqulboy madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Tarixi
tahrirAmir Abduahadxon hukmronligining so‘nggi davrlarida taxminan 1907-yili qurilgan. Bu guzarni Silahxona darvozasi guzari ham deyishgan. To‘raqulboy guzarning boy savdogari edi. U asosan qorako‘l teri savdosi bilan shug‘ullangan. O.Suxareva uni „pishiq g‘ishtdan qurilgan ikki qavatli katta madrasa edi“ deb yozgan. Madrasa qurilishida Yevropa meʼmorchiligi taʼsiri sezilib turadi. Odamlarning aytishicha, To‘raqulboy bir necha uyni sotib olib, o‘rniga shu madrasani bino qildirgan bo‘lgan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 420.