Tobishima (yaponcha: 飛島村 Tobishima-mura?) Yaponiyaning Tokai mintaqasida joylashgan Aichi prefekturasining Ama tumanidagi qishloq. 2019-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, shaharchadagi 1765 ta xonadonda 4609 nafar aholi istiqomat qiladi[1], aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 206 nafarni tashkil etadi. Qishloqning umumiy maydoni 22,42 kvadrat kilometr (8,66 mi²) ga teng.

Tobishima

飛島村
Qishloq
Skyline of Tobishima
Tobishima
Bayroq
Tobishima
Gerb
35°4′43.6″N 136°47′28.1″E / 35.078778°N 136.791139°E / 35.078778; 136.791139
Mamlakat Yaponiya
{{{tuman_turi}}} Ama
Prefektura Aichi
Maydon 22.42 km2 (8.66 kv mi)
Aholisi
 (2019-yil)
4 609 kishi
Zichligi 210 kishi/km2
Tobishima xaritada
Tobishima
Tobishima
Meiko Gʻarbiy koʻprigi

Qishloqda Yaponiyadagi eng uzun nomga ega boʻlgan „Aichi-ken Ama-gun Tobishima-mura Ooaza-tobishima Shinden-aza Take-no-gou Yotare Minami-no-vari“ joy mavjud.

Geografiyasi

tahrir

Tobishima Aichi prefekturasining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, sharqda Nagoya metropolisi va janubda Ise ko'rfazi bilan chegaradosh. Qishloqning katta qismi dengiz sathida yaqinida joylashgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar

tahrir

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Tobishima aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida barqaror boʻlib kelgan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19403,831—    
19504,316+12.7%
19604,413+2.2%
19704,381−0.7%
19804,709+7.5%
19904,63−1.7%
20004,525−2.3%
20104,525+0.0%

Iqlimi

tahrir

Qishloq issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Tobishimada oʻrtacha yillik harorat 15,7 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1651 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,7 °C atrofida eng past harorati esa yanvarda, taxminan 4,6 °C boʻladi[3].

Tarixi

tahrir

Tobishima yerlari Tokugava syogunatei tomonidan boshqarilgan va yana Meiji davrida qayta ishlab chiqilgan. Zamonaviy qishloq 1889-yil 1-oktyabrda Meiji davrida zamonaviy munitsipalitetlar tizimini oʻrnatish bilan tashkil etilgan. Qishloq 1944-yil Tonankai zilzilasi va 1959-yilgi Isevan toʻfoni paytida jiddiy zarar koʻrgan. Natijada, 1962-yilda qishloqni boʻronlardan himoya qilish uchun sakkiz metr balandlikdagi dengiz devori qurilgan.

Iqtisodiyoti

tahrir

Tobishima qishloq xoʻjaligi va sanoat aralash iqtisodiyotiga asoslanadi. Nishi-Nagoya issiqlik elektr stansiyasi Tobishima shahrida joylashgan bo‘lib, qishloqning daromad manbai hisoblanadi[4].

Taʼlim tizimi

tahrir

Tobishimada qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta umumiy boshlangʻich/oʻrta maktab faoliyat yuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.

Transporti

tahrir

Temir yoʻl

tahrir

Tobishima yoʻlovchi temir yoʻl xizmatiga ega emas. Eng yaqin poyezd stansiyasi - qoʻshni Kanie shahrida joylashgan.

Magistral yoʻllar

tahrir
  •   Isevangan tezkor yoʻnalishi — Tobishima IC
  •  Mei-Nikan tezkor Yoʻnalishi
  • Milliy yoʻnalish 23
  • Milliy yoʻnalish 302

Qardosh shahar munosabatlari

tahrir

Galereya

tahrir
Sukoyaka markazi
Nagisa-jinja ziyoratgohi
Omonoimi-jinja ziyoratgohi(Tobishima)
Motomatsu-jinja ziyoratgohi
Tobishima IC yoʻllari

Manbalar

tahrir
  1. Tobishima Village official statistics (yaponcha)
  2. Tobishima population statistics
  3. Tobishima climate data
  4. „Chubu Electric Power's Nishi-Nagoya Thermal Power Station Unit 7-1 Recognized by Guinness World Records as World's Most Efficient Combined Cycle Power Plant: Achieved 63.08% Power Generation Efficiency“. Press Release 2018. Chubu Electric (27-mart 2018-yil).
  5. „International Exchange“. List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). 2015-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2015-yil.

Havolalar

tahrir