Tohir Oripov

General, Head of Tashkent Regional Department of internal affairs

Tohir Toʻlqinovich Oripov (oʻzbekcha: Тоҳир Тўлқинович Арипов) — oʻzbek davlat arbobi, general-mayor. 2018-yildan Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi.

Oripov Tohir Toʻlqinovich
 Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari
Mansab davri
2018-yil 11-maydan – 2018-yil 15-oktabrgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Saidkarim Nishonboyev
Vorisi Muhiddin Joʻrayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 21-noyabr 1974-yil (1974-11-21) (50 yosh)
Toshkent
Mukofotlari
Qoʻshin turi ichki xizmat
Unvoni General-mayor

Mehnat faoliyati

tahrir

1974-yil 21-noyabrda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida tugʻilgan.

19921996-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi oliy texnik maktabi tinglovchisi.

19961997-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi xizmat tayyorgarligi va oʻt oʻchirish boʻlimi muhandisi.

19972000-yillarda Toshkent viloyati Chirchiq shahar ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi davlat yongʻin nazorati inspektori.

20002001-yillarda Toshkent viloyati Chirchiq shahar ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi 3-sonli harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi birikmasi katta muhandisi.

20012008-yillarda Toshkent viloyati Chirchiq shahar ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi 2-darajali 3-sonli harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi otryadi komandiri.

20082009-yillarda Toshkent viloyati Qibray tumani ichki ishlar boʻlimi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻi.

2009-yilda — Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

2009—2013-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi.

20132017-yillarda — Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

20172018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi.

2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari[1].

2018-yil oktyabrdan Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi[2].

2022-yil 14-yanvarda general-mayor unvoni berilgan[3].

2019-yil 28-avgustda Mardlik ordeni bilan mukofotlangan[4].

Manbalar

tahrir