Goroskop (grekcha: „horoskopos“ — vaqtni kuzatuvchi), tolenoma — muayyan vaqt uchun sayyoralar va yulduzlarning bir-biriga nisbatan egallagan vaziyatlarini ifodalovchi jadval. Odam tugʻilgan yoki biron-bir muhim voqea yuz bergan paytda osmondagi sayyoralarning vaziyatiga muvofiq ravishda ular goroskopning 12 "uyasi"ga joylashtiriladi. Goroskop ilmi nujum (astrologiya), munajjimlikda qoʻllanadi. Goroskopga koʻra, goʻyo sayyora va yulduzlarning oʻzaro vaziyatlariga asoslanib oʻziga xos usullardan foydalanib kishilarning taqdirini, voqealarning rivojini aytib berish mumkin emish. Ilgari hukmdorlar munajjimlarning fatvosisiz biror muhim ishni (masalan urushni) boshlashmagan. Goroskop boʻyicha bunday "fol ochish"ning samarasi ilmiy jihatdan asoslangan emas.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil