Tom Sawyerning yangi sarguzashtlari
„Tom Saywerning yangi sarguzashtlari“ (talaffuzi: Tom Soyerning yangi sarguzashtlari) (inglizcha: Tom Sawyer Abroad, yaʼni „Tom Sawyer xorijda“) — amerikalik yozuvchi Mark Twain qalamiga mansub roman. Muallif asarni 1894-yil yozgan.
Asl nomi | Tom Sawyer Abroad |
---|---|
Muallif(lar) | Mark Twain |
Tarjimon(lar) | Abduvoris Abdumajidov |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1894 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1980 |
Sahifalar soni | 110 |
Roman Jules Verne qalamiga mansub sarguzasht hikoyalarga parodiya oʻlaroq yozilgan. Asar Tom Sawyer haqidagi boshqa asarlarning davomidir. Romanni rus tilidan oʻzbek tiliga Abduvoris Abdumajidov tarjima qilgan.
Syujeti
tahrirAsar bosh qahramonlari Tom, Huck va Jim havo sharida Afrika boʻylab sayohat qilishadi. Sayohatlari davomida sherlar, oʻgʻrilar hamda burgalarga duchor boʻladilar hamda dunyoning ayrim moʻjizalarini, jumladan, Misr piramidalarini koʻradilar. „Huckleberry Finn sarguzashtlari“ hamda „Tom Sawyer, detektiv“ asarlaridagidek „Tom Saywerning yangi satguzashtlari“ ham Huck Finn otidan birinchi shaxsda soʻzlab beriladi.
Qahramonlari
tahrir- Tom Sawyer (talaffuzi: Tom Soyer) – bosh qahramon
- Huckleberry Finn (talaffuzi: Heklberi Fin), Huck (talaffuzi: Hak) – Tomning doʻsti
- Jo (talaffuzi: Jo) – Tomning doʻsti
Oʻzbekcha tarjimasi
tahrirRomanni oʻzbek tiliga Abduvoris Abdumajidov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1980-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha nashrda „Tom Saywerning yangi satguzashtlari“ romani bilan birgalikda „Muxbir bilan suhbat“ (inglizcha: An Encounter with an Interviewer) hamda „Gubernatorlikka saylovlar“ (inglizcha: Running for Governor) qisqa hikoyalari ham berilgan.
Havolalar
tahrir