Toma Bašić(talaffuzi: Toma Bashich[1][2]) (1996-yil 25-noyabrda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, A Seriyaning „Latsio“ klubi va Xorvatiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Toma Bašić
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 25-noyabr 1996-yil (1996-11-25) (27 yosh)
Tavallud joyi Zagreb, Xorvatiya
Boʻyi 1.90 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lazio
Raqami 88
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2007 Dubrava
2007—2014 Zagreb
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2018 Hajduk Split 60 (9)
2014—2015Rudeš (Ijara) 25 (2)
2018—2021 Bordeaux 75 (7)
2021- Lazio 35 (0)
Milliy terma jamoa
2014—2015 Xorvatiya U19 8 (0)
2017—2019 Xorvatiya U21 8 (2)
2020- Xorvatiya 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(18-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2020-yil 17-noyabr uchun)

Faoliyati tahrir

 
Bašich 2020-yilda Bordo bilan

Toma Bašić NK Zagreb safidan bir necha mavsum oʻtkazganidan soʻng, 2014-yilning yozida Hajduk Split bilan shartnoma imzolagan[3]. U Zagreb shahrida qolgan, ammo darhol Druga HNL jamoasi Rudešga ijaraga berilgan va u yerda mavsumning qolgan qismini davom ettirgan. U oʻzining birinchi jamoasi va Prva HNL safida debyutini 2015-yilning 10-avgustida mehmonda „Lokomotiva“ga qarshi oʻyinda (1:2) oʻtkazgan va 84-daqiqada Andrija Balich oʻrniga maydonga tushgan[4].

2018-yilning avgustida Bašić 3,5 million yevro evaziga Liga 1 jamoasi „Bordo“ga o‘tgan va to‘rt yillik shartnoma imzolagan[5]. U 12-avgust kuni oʻz uyida Strasburgga qarshi oʻyinda (2:0) debyut qilgan va 72-daqiqada Aurelien Tchouaméni oʻrniga maydonga tushgan[6]. 19-dekabr kuni u klubdagi ilk golini Kupe de la Liga doirasidagi Dijonga qarshi o‘yinda kiritgan va oʻyin jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan[7].

2021-yilning 25-avgustida Bašić A Seriyaning „ Lazio“ klubi bilan shartnoma imzolagan[8]. U 12-sentabr kuni "Milan" ga qarshi oʻyinda (2:0) debyut qilgan va Sergey Milinkovich-Savichning oʻrniga oʻyinning 74-daqiqasida maydonga tushgan[9]. U debyut golini 30-sentabr kuni Yevropa Ligasi doirasida Moskvaning „Lokomotiv“iga qarshi o‘yinda (2:0) kiritgan[10].

Xalqaro faoliyati tahrir

Bašić Nenad Grachanning UEFA U-21 Yevro-2019 uchun 23 kishilik tarkibiga tanlangan, Xorvatiya oʻz guruhida oxirgi oʻrinni egallagan. Bašić butun turnir davomida maydonga tushmay zaxira oʻrindigʻida qoldirilgan[11].

2020-yil 4-noyabr kuni terma jamoa bosh murabbiyi Zlatko Dalich Bašićni noyabr oyida Turkiya, Shvetsiya va Portugaliyaga qarshi o‘yinlar uchun terma jamoaga chaqirgan[12]. U 11-noyabr kuni terma jamoa safida debyut qilgan va Turkiya bilan oʻrtoqlik oʻyinida (3:3) 60-daqiqada maydonga tushgan[13].

2021-yil 17-mayda u Dalichning UEFA Yevro-2020 uchun dastlabki 34 kishilik tarkibiga kiritilgan[14]. Ammo u soʻnggi tarkibga kiritilmagan[15].

Shaxsiy hayoti tahrir

Bašich Zagrebning Dubrava mahallasida tugʻilib oʻsgan va Hajduk Split jamosining muxlisi boʻlgan[16][17]. Uning akasi Jakov ham futbolchi[18].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Rudeš (Ijara) 2014—15 Druga HNL 25 2 25 2
Hajduk Split 2015—16 Prva HNL 4 1 1 0 0 0 5 1
2016—17 28 5 3 1 5 0 36 6
2017—18 27 3 3 1 1 0 31 4
2018—19 1 0 2 0 3 0
Jami 60 9 7 2 8 0 75 11
Bordeaux 2018—19 Liga 1 23 2 1 0 3 1 0 0 27 3
2019—20 15 1 2 1 1 0 18 2
2020—21 34 4 0 0 34 4
2021—22 3 0 0 0 3 0
Total 75 7 3 1 4 1 0 0 82 9
Lazio 2021—22 A Seriya 29 0 1 0 7 1 37 1
2022—23 6 0 0 0 2 0 8 0
Jami 35 0 1 0 9 1 45 1
Karyerada jami 195 18 11 3 4 1 17 1 227 23

Xalqaro tahrir

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Xorvatiya 2020 2 0
Jami 2 0

Manbalar tahrir

  1. „Tȍma“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Tȍma“. Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  2. „bȁš2 (sh). Hrvatski jezični portal. — „Bȁšić“. Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  3. Josip Juranović i Toma Bašić: Gorimo od želje da se nametnemo treneru Buriću at Dalmatinski Portal
  4. Lokomotiva-Hajduk at Soccerway
  5. „Official | Toma Bašić is a new Bordeaux player | Get French Football News“. www.getfootballnewsfrance.com. Qaraldi: 2018-yil 19-dekabr.
  6. Hina. „Bivši Hajdukov veznjak Toma Bašić debitirao za Bordeaux“ (hr). Novi list (2018-yil 12-avgust). Qaraldi: 2020-yil 25-sentyabr.
  7. Canale. „Coupe de la Ligue : Basic envoie les Girondins en quarts contre Le Havre“ (fr-FR). SudOuest.fr (2018-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 25-sentyabr.
  8. „Comunicato 25.08.2021“ (it). S. S. Lazio (2021-yil 25-avgust). 2021-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
  9. D. F. „Ibrahimović zabio, Rebić asistirao, Toma Bašić debitirao“ (hr). Dalmatinski portal (2021-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 30-sentyabr.
  10. „#LazioLokomotiv | Basic: „Gol importantissimo, è una notte incredibile““ (it). S. S. Lazio (2021-yil 30-sentyabr). 2021-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
  11. Čeko. „Jesu li zaslužili više? Trojici igrača Gračan nije dao ni minute“ (hr). Gol.hr (2019-yil 25-iyun). Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
  12. Hina. „Dalić aktivirao pet pretpoziva s liste kandidata: Dvojici će to biti prvo okupljanje“ (hr). Gol.hr (2020-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
  13. J. B. „Dalićev debitant probušio loptu protiv Turske: Pogledajte kako je pukla“ (hr). Gol.hr (2020-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-noyabr.
  14. „Dalić objavio popis za Euro. Pozvani Gvardiol, Bradarić i Ivanušec“ (hr). Index.hr (2021-yil 17-may). Qaraldi: 2021-yil 27-iyun.
  15. Hrnčić. „Dalić objavio konačni popis: Evo kojih 26 igrača putuje na Euro!“ (hr). 24sata (2021-yil 1-iyun). Qaraldi: 2021-yil 27-iyun.
  16. Purgerska kolonija na Poljudu: za njih je dolazak u Hajduk — povratak doma at Slobodna Dalmacija
  17. Josip Juranović i Toma Bašić: Gorimo od želje da se nametnemo treneru Buriću at Dalmatinski Portal
  18. Ćubel. „Bašić opet na Poljudu: Hajduku stiže Jakov, Tomin blizanac“ (hr). 24sata (2019-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 14-noyabr.