Tomika (Gifu)
Tomika (yaponcha: 富加町 Tomika-chō ) Yaponiyadagi Gifu prefekturasining Kamo tumanida joylashgan shaharchadir. 2018-yil 31-dekabr holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 5714 kish boʻlib, ular 1962 ta xonadonda istiqomat qilgan va aholi zichligi 1 km2 ga 340 kishidan toʻgʻri kelgan[1]. Shaharning umumiy maydoni 57,09 kvadrat kilometrni tashkil etdi (22,04 mi²).
Tomika 富加町 | |
---|---|
Shaharcha | |
35°29′5.0″N 136°58′46.7″E / 35.484722°N 136.979639°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Maydon | 16.82 km2 (6.49 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (December 31, 2018) |
5 714 |
Zichligi | 340 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0574-54-2111 |
|
Geografiyasi
tahrirTomika janubiy-markaziy Gifu prefekturasida joylashgan. Shahar gʻarbda Seki va sharqda Minokamo shaharlari bilan chegaradosh. Nashivari togʻi shahar chegarasida joylashgan. Shahardan Kavaura va Tsubo daryolari oqib oʻtadi.
Iqlimi
tahrirShahar iqlimi issiq va nam yoz hamda yumshoq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Tomikada oʻrtacha yillik harorat 15,1 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2074 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,8 °C, eng past harorati esa yanvarda, 3,3 °C atrofida boʻladi[2].
Qoʻshni munitsipalitetlar
tahrirDemografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Tomika aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1970 | 4,863 | — |
1980 | 5,635 | +15.9% |
1990 | 5,898 | +4.7% |
2000 | 5,835 | −1.1% |
2010 | 5,516 | −5.5% |
2020 | 5,626 | +2.0% |
Tarixi
tahrirTomika atrofidagi hudud anʼanaviy Mino viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida bu hudud toʻgʻridan-toʻgʻri Tokugava syogunati tomonidan nazorat qilinadigan tenryo hududi edi. Meiji restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlari bilan Gifu prefekturasi tarkibidagi Kamo tumani tashkil etildi va 1897-yil 1-aprelda Tomida qishlogʻi tashkil topdi. Tomida 1954-yil 1-iyulda Kajita qishlogʻi bilan birlashib, Tomika qishlogʻini hosil qildi (nomi Tomi da (富田) dan olingan) va Ka jita (加冶田) Tomika 1974-yil 1-iyulda shaharcha maqomiga koʻtarilgan. 2004-yilda Minokamo shahriga qoʻshilish boʻyicha referendum natijalari salbiy yakunlandi.
Taʼlim tizimi
tahrirTomikada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda Tomika va qoʻshni Minokamo oʻrtasida birgalikda ishlaydigan bitta davlat oʻrta maktab faoliyat yuritadi. Shaharda yuqori maktab mavjud emas.
Transport
tahrirTemir yoʻl
tahrirMagistral yoʻl
tahrirGalereya
tahrirManbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Rasmiy sayti (yaponcha)