Tomosha (Furqat tumani)
TOMOSHA
- Tomosha — Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati Furqat tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan. Tomosha shaharchasi Furqat tumanining shimoliy g'arbiy qismida joylashgan bo'lib Beshariq tumani bilan chegaradosh hisoblanadi. Chegaradosh hududlar g'arbdan Gulobod va Chek ko'prik qishlog'i, shimoldan Chek sharif va Qurultoy, janubiy sharqiy tomondan Kimsanobod qishlog'i, sharqiy tomondan esa Surpa qishloqlari bilan tutashadi.
Tomosha tarixi. Qachon qishloq paydo bo'lganligi noma'lum. Lekin Tomosha nomini Qo‘qon xoni Xudayorxon tomonidan qo'yilgan degan gaplar yuradi. Tomosha xududi da ko‘l bo'lgan degan taxminlar bor.
21.02.1997 yilda TOMOSHA mahalla fuqorolar yig'ini o'zini o'zi boshqarish organi sifatida tuman hokimiyati tomonidan ro'yhatga olingan.
Maydoni -
Aholisi - 3450 nafar
Xonadonlar soni - 690 ta (2022-yil dekabr xisobi bo'yicha)
Tomosha hududidan A - 376 Qo‘qon - Jizzax xalqaro magistral yoʻli o‘tgan. Bundan tashqari Qo'qon - Dushanbe- Toshkent temir yo‘li ham ushbu xududan o‘tgan.
Tomoshadan boshqa manzillar o‘rtasidagi masofa
Tomosha- Navbahor(Gorskiy) - 4, 8 km
Tomosha - Beshariq dehqon bozori- 12 km
Tomosha - Farg‘ona shahar markazi 113 km
Tomosha - Qo‘qon markaz ( xokimyat) 20 km
Tomosha - Toshkent 255 km
Tomosha - Andijon km
Tomosha - Namangan km
Tomoshada 10 dan ortiq savdo do‘konlari, Qurilish mollari do‘konlari, Dorixona, Veterenariya dorixonasi, chevarxonalar va boshqa xizmat ko‘rsatish maskanlari bor. Oshxona , baliqxona, to‘yxonalar ham joylashgan. Tomoshada Markaziy stadion, bolalar va yoshlar uchun sport o‘yingohi, mini stadion joylashgan.
Tumadagi Markaziy Mineral O‘g‘itlar ombori va Meva sabzovot Sovutgichi ombori bor.
Bundan tashqari turli xil tadbirkorlik markazlari davlat muassasalari ham joylashgan.
- Tomosha shaharchasida 4- umumiy o'rta ta'lim maktabi[1]
- Furqat tuman Barkamol avlod markazi,
- Furqat tuman mudofaa bo'limi
- Tomoshada davlat tassarufidagi 5- va 6 - maktabgacha ta'lim maskanlari
- Tuman Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish bo'limi
- Tuman Toza Xudud DUK bo'limi
- Tomosha Kichik Erkin Iqtisdoiy zo'nasi
- Qishloq vrachlik punkti
- Xususiy davolanish maskani (Klinika)
Tomosha MFY dagi mahalalar
Shodlik Do‘stlik Madaniyat Mevazor Shifokor Guzar Qizil tepa Ittifoq Bog'u boston Mustaqillik
Ta'lim va yoshlar. Tomoshada yoshlar ta'limga e'tibor yaxshi qaratilgan. Oliy o'quv yurtlariga kirish bo'yicha tumanda yetakchilar qatorida borishmoqda. Tomoshada sport chempionlari yetishib chiqqan. Chet el xalqaro Oliy ta'lim muassasalarida tomoshalik yoshlar xam malaka oshirib kelmoqda.
Sahifa Bahodirjon Abdusalomov tomonidan tayyorlandi.