Tony Tchani
Tony Ghislain Tchani (talaffuzi: Toni Gislain Chani; 1989-yil 13-aprelda Kamerunda tugʻilgan) — amerikalik futbolchi, yarim himoyachi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Tony Ghislain Tchani[1] | ||
Tavallud sanasi | 13-aprel 1989-yil | ||
Tavallud joyi | Douala, Kamerun | ||
Boʻyi | 1.93 m | ||
Ampluasi | yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Maryland Bobcats | ||
Raqami | 18 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2004—2008 | Beach FC | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008 | Hampton Roads Piranhas | 1 | (0) |
2010—2011 | New York Red Bulls | 29 | (1) |
2011 | Toronto FC | 13 | (1) |
2011—2017 | Columbus Crew SC | 130 | (8) |
2017 | Vancouver Whitecaps FC | 27 | (4) |
2018 | Chicago Fire | 13 | (1) |
2019 | FC Edmonton | 5 | (0) |
2021— | Maryland Bobcats | 2 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2016 | AQSh | 1 | (0) |
2016 | Kamerun | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2021-yil 10-oktyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2016-yil 7-sentyabr uchun) |
Tchani AQShga 2006-yilning dekabr oyida kelgan. Dastlab Merilendda onasi bilan yashab, keyinchalik mahalliy oʻrta maktabda oʻqish va mahalliy futbol jamoasida oʻynash uchun Virjiniya shtatining Norfolk shahriga koʻchib oʻtishgan[2].
2011-yil 15-iyulda Tchani „Columbus Crew“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 2011-yil 26-avgustda operatsiya qilingan tizzasi bilan bogʻliq muammolar tufayli u uch yarim oyni oʻtkazib yuborgan va 2011-yil 27-oktabrda „Colorado Rapids“ futbol klubiga qarshi pley-offning dastlabki bosqichidagi oʻyinda debyut qilgan. 2012-yil 23-iyun kuni „Chicago Fire“ futbol klubiga qarshi o‘yinda u „Columbus Crew“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan. 2012-yilgi mavsum yakunida „Columbus Crew“ futbol klubi Tchani bilan shartnomani uzaytirmagan, ammo 2012-yilning 7-dekabrida klub futbolchi bilan yangi shartnoma imzolagan. Tchanining 2015-yilgi mavsumi uning MLSdagi faoliyatidagi eng muvaffaqiyatlisi boʻlgan, u jamoaning markaziy yarim himoyachisi sifatida 32 oʻyinda qatnashib, beshta gol urgan va oltita golli uzatmani amalga oshirgan.
Xalqaro faoliyati
tahrirTchani 2013-yil yanvar oyida AQSh fuqaroligini olgan[3].
2015-yilning 2-noyabrida Tchani Kamerun terma jamoasiga ilk bor, 13 va 17-noyabr kunlari Nigerga qarshi JCh—2018 saralash o‘yinlariga chaqirilgan[4]. Biroq tizzasidan olgan jarohati tufayli u asosiy jamoaga qo‘shila olmagan[5].
2016-yilning 6-yanvarida Tchani AQSh terma jamoasining yanvar oyidagi yillik yig‘iniga taklif qilingan, u 31-yanvarda Islandiya va 5-fevralda Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari bilan yakunlangan[6][7][8][9]. Islandiyaliklar bilan oʻyinda u 71-daqiqada Jermeyn Jonsning oʻrniga[10][11] maydonga tushib, AQSh terma jamoasi tarkibida debyut qilgan.
Uning AQSh terma jamoasidagi o‘yini o‘rtoqlik o‘yini bo‘lganligi sababli, 2016-yil 19-martda u yana Kamerun terma jamoasiga 2017-yilgi Afrika Millatlar Kubogi saralashida 26 va 29-martda Janubiy Afrika termasiga qarshi o‘yin uchun chaqirilgan[12]. U birinchi oʻyindayoq terma jamoa safida debyut qilgan[13] .
Statistika
tahrirJamoa | Mavsum | MLS | Milliy kubok | MLS play off bosqichi | CONCACAF | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
New York Red Bulls | 2010 | 27 | 1 | 4 | 0 | 0 | 0 | — | 31 | 1 | |
2011 | 2 | 0 | — | — | — | 2 | 0 | ||||
Toronto FC | 2011 | 13 | 1 | 4 | 0 | — | — | 17 | 1 | ||
Columbus Crew SC | 2011 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 1 | 0 | |
2012 | 22 | 2 | 0 | 0 | — | — | 22 | 2 | |||
2013 | 22 | 0 | 1 | 0 | — | — | 23 | 0 | |||
2014 | 33 | 0 | 2 | 0 | 2 | 1 | — | 37 | 1 | ||
2015 | 32 | 5 | 2 | 0 | 5 | 0 | — | 39 | 5 | ||
2016 | 21 | 1 | 2 | 0 | — | — | 23 | 1 | |||
Vancouver Whitecaps FC | 2017 | 27 | 4 | — | 2 | 0 | - | 29 | 4 | ||
Chicago Fire | 2018 | 13 | 1 | 3 | 0 | — | — | 16 | 1 | ||
Umumiy faoliyatida | 212 | 15 | 18 | 0 | 10 | 1 | — | 240 | 16 |
Manbalar
tahrir- ↑ Tony Tchani at Confederation of African Football website
- ↑ Amy Mulligan. „Tony Tchani: Having A Ball“ (en). Virginia Cavaliers Official Athletic Site (2008-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
- ↑ Cody Sharrett. „Tchani Earns U.S. Citizenship“ (en). Columbus Crew SC (2013-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
- ↑ Andrew King. „Columbus Crew SC midfielder Tony Tchani ecstatic to receive first call-up from Cameroon“ (en). MLSsoccer.com (2015-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
- ↑ Andrew King. „Columbus Crew SC's Tony Tchani would "have to discuss with my mom" on possible decision between USA and Cameroon“ (en). MLSsoccer.com (2015-yil 13-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Klinsmann Calls 23 Players To Carson For Annual January Camp“ (en). U.S. Soccer (2016-yil 6-yanvar). 2016-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.
- ↑ „MLS standouts, youth dominate Jurgen Klinsmann's call-ups to US national team's January camp“ (en). MLSsoccer.com (2016-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Three Crew SC players receive international call-ups from United States Men’s National Team for annual January camp“ (en). Columbus Crew SC (2016-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
- ↑ Andrew King. „Columbus Crew SC trio Wil Trapp, Ethan Finlay, Tony Tchani to receive US national team January camp call-up“ (en). MLSsoccer.com (2016-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
- ↑ „MNT Begins 2016 With Well Earned 3-2 Win Against Iceland at StubHub Center“ (en). U.S. Soccer (2016-yil 31-yanvar). 2016-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-fevral.
- ↑ Alex Stec. „Two Crew SC debuts for the Red, White & Blue“ (en). Columbus Crew SC (2016-yil 1-fevral). Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Tchani receives call-up from Cameroon National Team“ (en). Columbus Crew SC (2016-yil 19-mart). Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Tony Tchani makes Cameroon debut, cap-tying one-time U.S. player“ (en). ESPN (2016-yil 26-mart). Qaraldi: 2020-yil 12-oktyabr.