Bosh menuni ochish

Topishmoqlar

oʻzbek xalq topsishmoqlari toʻplami

„Topishmoqlar“ — 1981-yil chop etilgan oʻzbekcha topishmoqlar toʻplami. Toʻplamni Zubayda Husainova tuzgan va nashrga tayyorlagan. Kitob Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. „Topishmoqlar“ avvalgi toʻplamlardan hajm jihatdan ancha katta boʻlib, unda har xil turdagi topishmoqlar berilgan.

Topishmoqlar
Muallif Zubayda Husainova (tuzuvchi va nashrga tayyorlovchi)
Janr xalq ijodi
Til oʻzbek
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
Nashr etilgan 1981
Sahifalar soni 368

„Topishmoqlar“ „Oʻzbek xalq ijodi“ koʻp jildli kitoblar seriyasiga kiritilgan 23-kitobdir. Kitob ikki qismga boʻlingan boʻlib, birinchi qismda anʼanaviy topishmoqlar, ikkinchi qismda esa yangi topishmoqlar berilgan. Bundan tashqari, topishmoqlar javoblariga koʻra tematik asosda tartiblashtirilgan.

Tahrir hayʼati Komil Yashin, Sarvar Azimov, Marat Nurmuhamedov, Matyoqub Qoʻshjonov, Hamid Gʻulom, Muzayyana Alaviya, Shonazar Shoabdurahmonov, Toʻra Mirzayev, Muhammad Ali, Solih Qosimov, Bahodir Sarimsoqovlardan iborat boʻlgan.

Asarni nashrga tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: X. Mansurova – muharrir, M. Taxtayev – rassom, A. Bobrov – rasmlar muharriri, Y. Potapova – texnik muharrir, Sh. Soatova – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa.

HavolalarTahrirlash