Mirzayev Toʻra (1936.6.3, Shofirkon tumani – 29.09.2020) — folklorshunos olim.

Toʻra Mirzayev
Tavalludi 6-mart 1936-yil
Shofirkon tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 29-sentyabr 2020-yil(2020-09-29)
(84 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Taʼlimi Buxoro pedagogika instituti
Ilmiy darajasi filologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari Oʻzbekiston fan arbobi

Filol. fanlari doktori (1988). professor (1991). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1957). Jarqoʻrgʻon tumani maktablarida oʻqituvchi va oʻquv boʻlim mudiri (1957—60), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida aspirant (1961—63), kichik (1964—66), katta ilmiy xodim (1966—71), folklor boʻlimi mudiri (1971-2002), direktor (1991-yildan; 1991—98 yillarda — Adabiyot instituti), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (2001-yildan). M. tadqiqotlari xalq dostonlari va baxshilar epik repertuarini oʻrganishga bagʻishlangan. "Bulbul taronalari" (1971—73), "Pesni Bulbulya" (1974—77), "Oʻzbekskaya narodnaya poeziya" (1990), "Goʻroʻgʻli" dostonlari (1996—97), "Alpomish" (1999) kabi yirik asarlarni nashrga tayyorlagan va muharrirlik qilgan. Oʻzbek tilining izohli lugʻati yaratilishida tahrir hay'ati rahbari sifatida faoliyat olib borgan. Oʻzbek xalq qahramonlik eposi "Alpomish"ni nemis tilida Vaysvadenda nashr ettirgan (hamkorlikda, 2001). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).

Manbalar

tahrir
  • Hodi Zarif, T., 1967;
  • "Alpomish" dostonining oʻzbek variantlari, T., 1968;
  • Xalq baxshilarining epik repertuari, T., 1979.