Torf sanoati - torf qazib olish, uni qayta ishlash va iste`molchiga yetkazib berishdan iborat. Torf o`simliklarni chala parchalanishi natijasida botqoqlarda kislorod miqdori kam bo`lgan sharoitda hosil bo`ladigan tog` jinsi. Tabiiy holda juda katta namlikka ega (88—94 foiz). Torf konlari asosan tekisliklarda ko`proq tarqalgan. Torf yoqilg`i maqsadlarida, qishloq xo`jaligida, qurilish materiali sifatida ishlatiladi. Kelajakda kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatish ko`zda tutilmoqda.

Mashina torfni yig'adi

Jahondagi torf konlari zaxiralarining 2/3 qismi Rossiyaga to`g`ri keladi (138 mlrd tonna quruq torf) va asosan igna bargli o`rmonlar xududida tarqalgan. Torf konlari zaxirasining qolgan 1/3 qismi Skandinaviya davlatlariga, Polsha, Germaniya, Irlandiya, Kanada, Indoneziya, Estoniya, Yangi Zelandiya va boshqa davlatlarga to`gri keladi. Torfning issiqlik berish koeffisienti 3000—4000 kaloriya. Agar torfni koksga aylantirilsa, yoki undan briketlar tayyorlansa, yoqilg`ining sifati oshadi. Uni gazga aylantirish ham mumkin. Torfdan olinadigan gaz sanoatning metallurgiya, mashinasozlik, oynasozlik va boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Bir tonna torfdan olingan gaz 220 kg neftga tengdir