TorobBuxoro viloyati Jondor tumanidagi qadimiy qishloq. Ilk oʻrta asrlarda Torob qishlogʻida muhaddislardan Abu Fazl Maxdiy ibn Ishkob at-Torobiy tugʻilgan va Abu Rajo Ahmad ibn Yaʻqub al-Poykandiy at-Torobiy yashagan. Bu qishloqda Mahmud Torobiy tugʻilgan va 1238-yilda Mahmud Torobiy qoʻzgʻoloni boshlangan. Torob qoʻzgʻolonchilarning dastlabki tayanch manzili boʻlgan. Buxoro amirligi davrida Torob Xayrobod tumani tarkibiga kirgan.

Adabiyot

tahrir
  • Abdulkarim asSamʼoniy, Nasabnoma (AtAnsob), Buxoro, 2003.