Tosh-Buloq ovul okrugi (qirgʻizcha: Таш-Булак айыл округу‎) Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati Suzoq tumanida joylashgan.

Tosh-Buloq ovul okrugi
qirgʻizcha: Таш-Булак айыл округу‎
Ovul okrug
Mamlakat Qirgʻiziston
viloyat Jalolobod viloyati
Tuman Suzoq tumani (Jalolobod viloyati)
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +996 37
Avtomobil kodi D

Aholisi

tahrir

Ovul okrugi hududida 22 000 ga yaqin aholi istoqomat qiladi. Ular qirgʻiz, oʻzbek, tatar, rus va boshqa xalqlarni tashkil qiladi.[1]

Tarixi

tahrir

1996-yilgacha Tosh-Buloq qishloq Soveti bir necha marta nomini oʻzgartirdi. Oʻtgan davrda xoʻjalikning Choʻloq-Terek va Tosh-Buloq qishloqlari negizida Kuybishev, Kaganovich, Molotov, Jdanov nomidagi oʻndan ortiq jamoa xoʻjaliklari tashkil etilgan. 192628-yillarda hududda yer islohoti oʻtkazilib, ilk kolxozlar paydo boʻla boshladi. Ushbu hududda tuzilgan 11 birlikka Pazil, Sattor, Iymail, Yodgor, Asron rahbarlik qilgan. 1927-yilda bu 11 birlik 4 birlikka birlashtirildi.

1928-yilda Shahray kolxozi tashkil etilib, kolxoz idorasi Uchqo‘rg‘on mahallasidagi Po‘lat duva mehmonxonasida joylashgan. Keyinchalik Toʻronchu, Quyash, Krupskaya kolxozlari tashkil etildi. Shundan soʻng mayda kolxozlar birlashtirilib, faqat „Toʻronchu“ va Tosh-Buloq kolxozlari qolgan. Tosh-Buloq kolxoziga Pozil Poshoxo‘jayev, „To‘ronchu“ kolxoziga Qalqo‘jo Palvon rais etib saylanadi. [2]

Hududiy boʻlinishi

tahrir

Tosh-Buloq ovul okrugi tarkibiga 9 ovulkiradi:[3]

Manbalar

tahrir