Toshkent-Samarqand tezyurar temir yoʻli

Toshkent-Samarqand temir yoʻl lineasi bu Toshkent shahri va Samarqand shahrini bir biri bilan bogʻlovchi tezyurar va zamonaviy temir yoʻl lineasi hisoblanadi. Temir yoʻlning umumiy uzunligi 344 km ga teng va u deyarli yangidan qurilgan. Asossiy qismi Oʻzbekistonning 4 ta viloyati hududidan oʻtadi bular: Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va Samarqand.[1]

Tashkent Asosiy stansiya

Tezyurar temir yoʻl liniyasi haqida

tahrir

Bu temir yoʻl liniyasida Ispaniyaning Talgo kompaniyasida ishlab chiqarilgan yangi va zamonaviy qiyofadagi „Afrosiyob“ poyezdi qatnovlarni amalga oshiradi. Har kuni yoʻlovchilar uchun qatnovlar mavjud hisoblanadi. Umumiy hisobda olib qaraganda jami boʻlib umumiy uzunligi 400 metr keladigan 4 ta 110 metrli koʻpiriklar qurilgan ular birinchi marta kanallar ustidan qirilgan Oʻzbekistonda. Koʻpiriklar eng yuqori 200 km/soat tezlikgacha boʻlgan poyezdlarni oʻtkazish uchun moslashtirilgan. Butun bir temir yoʻl boʻylab yuqori kuchlanishli elektr simlari oʻtkazilgan ular elektropoyezdni harakatga keltirish uchun hizmat qiladi. Inshoatning uzunligi boʻylab harakatlanuvchi texnikalar eng yuqori 250 km/soat tezlikda harakatlanishi uchun temir yoʻl juda tekis qurilgan va yangi signal qurilmalari aloqa vositalari olib kelingan[2].Liniyaning qurilishida temir yoʻlning xavfsiz boʻlishiga katta axamyat berilgan, oldin boʻlgan 409 ta sunʼiy bino va inshootlar va 154 ta koʻprikning xolatlari qayta tekshirildi va taʼmirdan chiqarildi, mavjud bekatlar taʼmirdan chiqarildi yangilari esa qurildi. Loyihaga muofiq temir yoʻl boʻylab 142 metr keladigan tunelga oʻxshash temir yoʻl koʻprik, 62,2 km boʻlgan butunlay yangi temir yoʻl boʻlagi va 56,5 km ga teng ikkilamchi yoʻllar, 189 ta notabiy inshootlar, qurilib bitkazilgan, suv oʻtkazish quvirlari soni esa 148 ta ga yetadi. Hammasi boʻlib 65 ta qiyin yechimli hisoblangan texnik inshootlar qayta qurildi va kapital taʼmirdan chiqarildi masalan: gaz quvirlarini 10 tasi qayta taʼmirlandi va 6 ta yoʻl bogʻlanish boʻlimlarini ham misol qilib olsa boʻladi. Qatnovlarning havfsizligini va uzluksizligini taminlash maqsadida butun bir yoʻnalish boʻylab temir yoʻlning ikki tomoniga bedon poydevorli metal bilan qoplangan toʻsiqlar oʻrnatilgan ulanring umumiy uzunligi 684 km ni tashki letadi. Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkentdagi va Samarqanddagi yoʻlovchilarni qabul qilish va joʻnatish stansiyalari qayta taʼmirdan chiqarilgan.[3]

Afrosiyob poezdi haqida

tahrir
 
Afrosiyob poyezdi
 
Afrosiyob poyezdining ichki koʻrinishi

Afrosiyob tezyurar poezdining eng yuqori tezligi 250 km/soat hisoblanadi va u Ispaniyaning PATENTES TALGO S.L kompaniyasi tomonitan ishlab chiqarilgan. 22-iyulda birinchi marta Toshkentga olib kelingan va oʻz yoʻlalishini 2011-yil Toshkent — Samarqand yoʻnalishi bilan boshlagan. Elektropoezdning ikki harakatlantiruvchi lokomativi va 9 ta yoʻlovchi vagoni bor uning ichiga 1 ta restaran ham kiradi. Afrosiyob poyezdning zamonaviy va yuqori texnalogiyalar bilan ishlab chiqilgan dezayini uni yoʻlda ogʻishmay yuqori tezligda harakatlanishi uchun imkoniyat yaratadi, aerodinamik old qismi unga zamonaviy koʻrinish bergan. Uning umumiy uzunligi 157 metrni tashkil etadi, balandligi esa 4 metr[4]. Yumshoq oʻrindiqlar va axborotlar bilan tanishtiruvchi monitorlar poyezdning barcha vagonlariga oʻrnatilgan. Maxsus kiyim ilgich moslamalari vagonlarga ornatilgan va imkoniyati cheklangan yoʻlovchilar uchun ham keng qulayliklar mavjud, ularning poyezd ichida qulay ravishda harakatlanishlari uchun poyezdning pastki qismi tekis qilib ishlangan va nogironlar aravachasini joylashrirish imkoniyatini berdi. Transport vositasida maxsus joylar (VIP), birinchi va ikkinchi klasslari yoʻlovchilarga hizmat qiladi[5]. Poyezdga jami boʻlib 257 ta odam sigʻadi, u oʻrtacha tezlikda harakatlanganda 2 soatda Toshkentdan Samarqandga yetib borishi munkin. Bunday yoʻnalishda poyezd 3 ta yoʻl boʻlmidan oʻtadi ular: Toshkent — Yangiyer, Yangiyer-Dashtobod va Dashtobod-Samarqand yoʻl boʻlimlaridir. Poyezd eng yuqori tezligiga Yangiyer-Dashtobot yoʻl boʻlmida erisha oladi.[6]

Yana koʻring

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Afrosiyobning ilk qatnovi, 2016-04-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-28
  2. Istoriya, 2016-04-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-28
  3. Toshkent-Samarqand tezyurar temir yoʻli
  4. Turizm, 2016-04-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-28
  5. istoriya_zheleznykh_dorog, 2016-04-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-28
  6. „Afrosiyob“ tez yurar poyezd taqdimoti, 2016-04-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-28