Toshkent tibbiyot akademiyasi filiallari
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. |
Toshkent tibbiyot akademiyasi filiallari
Toshkent tibbiyot akademiyasi ikkita filli mavjud.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali
tahrirToshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali – Respublika xukumatining 1998-yil 3-iyundagi 239-sonli qaroriga asosan Urganch davlat universitetining Tibbiyot markazi qaytadan mustakil oliy oʻkuv yurti maskaniga aylantirilib, unga Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filiali maqomi berildi va unga direktor etib tibbiyot fanlari doktori, professor B. A. Duschanov tayinlandi.
2013-yil 2-sentyabrdan boshlab filial direktori vazifasi Davolash fakulteti dekani, tibbiyot fanlari doktori, professor R.Yu. Ruzibayev zimmasiga yuklatildi. Filialda Davolash, Tibbiy pedagogika, Tibbiy profilaktika, OMX va Pediatriya fakultetlari mavjud. 2021-yilgacha filialda jami: 1567 nafar talabalar tahsil olgan (shundan bakalavriatda 1333 nafar, klinik ordinaturada 234 nafar). Shu jumladan xorijiy talabalar 216 nafarni tashki etadi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
tahrirToshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-martdagi 172-sonli qaroriga asosan Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali tashkil etildi. Termiz filialida Davolash ishi, Pediatriya ishi, Xalq tabobati taʼlim yoʻnalishlari mavjud. 1 ta fakultet, 10 ta kafedra mavjud.
1. Tillar kafedrasi.
2. Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi.
3. Tibbiy-biologik fanlar kafedrasi.
4. Anatomiya, klinik anatomiya, patologik anatomiya kafedrasi.
5. Normal va patologik fiziologiya kafedrasi.
6. Mikrobiologiya, farmakologiya va gigiyena kafedrasi.
7. Ichki kasalliklar kafedrasi.
8. Xirurgik kasalliklar kafedrasi.
9. Bolalar kasalliklari kafedrasi.
10. Akusherlik-ginekologiya, dermatovenerologiya, urologiya, ftiziatriya kafed- rasi.
Filial direktori: tibbiyot fanlari nomzodi, Otamurodov Furqat Abdukarimovich[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Shodmonov, Alisher. Toshkent tibbiyot akademiyasiga 100 yil. Toshkent: "O`zbekiston", 2021 — 423, 435-bet. ISBN 978994714755.