Sergey Yesenin muzeyi

O'zbekistondagi muzey

Sergey Yesenin muzeyi (ruscha: Музей Сергея Есенина) — Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani, Qori Niyoziy koʻchasi, 20-uyda joylashgan muzey[1]. Rus shoiri Sergey Yesenin hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan.

Sergey Yesenin muzeyi
Sergey_Yesenin_uy_muzeyi._Toshkent.jpg
Asos solingan sana 1981-yil 10-iyul
Joylashuvi Toshkent shahri, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Keluvchilar soni Yiliga oʻrtacha 5000 kishi[1].
Direktor Nazarova Nigora
Sayt https://uz.esenin-museum.uz/

Koordinatalari: 41°19′12.54″N 69°17′49.56″E / 41.3201500°N 69.2971000°E / 41.3201500; 69.2971000 G O

Map
Sergey Yesenin uy-muzeyi xaritada

Muzey tarixi va faoliyati tahrir

Mashhr rus shoiri Sergey Yesenin 1921-yil 13-maydan 3-iyunga qadar Toshkentda shoir doʻsti Aleksandr Shiryavsevning uyida mehmon boʻlib turgan. Shoir Toshkentdaligida bir necha bor Toshkent shoirlar uyushmasiga tashrif buyurgan va kitoblarini sotuvga qoldirib ketgan. Shuningdek shoirning Toshkentning eski shahar qismidagi choyxonalarida ham boʻlganligini F.Lixoletovning qaydnomalaridan oʻqish mumkin[2].

Muzey 1981-yil 10-iyul kuni Sergey Yeseninning muxlislari tashabbusi va davlat tomonidan koʻrsatilgan yordam hamda qilingan xayr-ehsonlar ortidan ochilgan. Dastlab muzey „Xalq muzeyi“ maqomiga ega boʻlgan, keyinchalik uning asosida 1988-yil 6-dekabrdan davlat adabiy muzeyi ochilgan[3][4]. Muzeyda 3000 dan ortiq eksponatlar mavjud boʻlib, ular Sergey Yeseninning 1921-yilda Toshkent va Samarqandga qilgan sayohati bilan bogʻliqdir[1]. Muzeyni tashkil etish tashabbuskorlaridan biri oʻzbek raqqosasi Tamaraxonim boʻlgan[5].

Muzeyda Sergey Yeseninning avtograflari, uning kamyob asarlari, suratlari, shuningdek, shoirning ovozi yozib olingan gramplastinkalar saqlanib kelinadi. Bundan tashqari Sergey Yeseninning doʻsti Shiryavsev fondi materiallaridan asosida „Yesenin va biz“ ekspozitsiyasi tashkil etilgan[6]. 1942-yildan boshlab Toshkentda shoirning qizi, jurnalist va yozuvchi Tatyana Yesenina yashay boshlagan. Tatyana Yesenina Toshkentda 50 yil davomida istiqomat qilgan va „Pravda Vostoka“ gazetasida ishlagan. Seryey Yesenin muzeyi ochilganda otasining hayoti, ijodiga oid noyob eksponatlarni muzeyga taqdim etgan[7]. Muzeyda Sergey Yesenning Erkin Vohidov va boshqa ijodkorlar tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan kitob nusxalari, shuningdek, boshqa tillardagi kitoblari ham mavjud[8].

Galereya tahrir

 
 
Sergey Yesenin muzeyi eksponatlari.
Sergey Yesenin muzeyi eksponatlari.
 
 
Sergey Yesenin muzeyi eksponatlari.
Sergey Yesenin muzeyi eksponatlari.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Toshkentdagi Sergey Yesenin muzeyi“. 2023-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-mart.
  2. „Toshkentda ijod etgan mashhur rus adiblari“. 2023-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-mart.
  3. „Yesenin uy-muzeyi“. 2023-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-mart.
  4. „SERGEY YESENIN MUZEYI“. 2023-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-mart.
  5. „Toshkentdagi Sergey Yesenin muzeyi ekspozitsiyasi“. 2023-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-mart.
  6. „Sergey Yesenin muzeyi“. 2023-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-mart.
  7. „Sergey Yesenin: “Baribir bu Samarqand emas!”“. 2023-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-mart.
  8. Sergey Yesenin muzeyi, 2017-08-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-08-10