Toshmat Xoʻjaberdiyev

(1894—1932) — Sharqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi kurashgan qoʻrboshilardan biri

Toshmat Xoʻjaberdiyev — (1894—1932) — Sharqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi kurashgan qoʻrboshilardan biri. Ibrohimbek qoʻrboshining safdoshi[1].

Toshmat Xoʻjaberdiyev
Toshmat Xoʻjaberdiyev
Buxorodagi mashhur qoʻrboshi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1885-yil
Samarqand yaqinidagi Dahbed qishlogʻi
Vafoti 1932-yil

Tarjimayi holi

tahrir

Toshmat Xoʻjaberdiyev 1894-yilda Hisor bekligidagi Shurian qishlogʻida (Isanboy tumani hududida) tavallud topgan. Qamoqqa olingan paytda u Hisor tumani Qoramanqul qishlogʻida oʻz oilasi bilan yashayotgan boʻlgan. Kelib chiqishi oʻzbeklarning doʻrmon urugidan boʻlgan.

Qoʻrboshilik faoliyati

tahrir

Sharqiy Buxoroda qizil askarlarga qarshi kurashda faol ishtirok etgan va oʻz oilasi bilan 1922—1923-yillarda koʻplab xonadonlar singari Afgʻoniston chegarasidan oʻtib, Oqtepa qishlogʻida yashay boshlaydi. Toshmat Xoʻjaberdiyev bu davrda oʻz qarindoshlari 30 xoʻjalik bila Imom Soyib tomonga oʻtib koʻchib ketgan. U oʻz guruhi bilan birgalikda Imom Soyib yaqinida daryo qirgʻogʻida toʻxtab, sovet hududiga oʻtish masalasini kelishib, endi oʻtmoqchi boʻlgan paytda afgʻon vakillari kelib ularni Imom Soyibdagi Majar qishlogʻiga haydab ketgan. Ular 1931-yil bahorda sovet hududiga oʻtadi va Jilontogʻda, soʻngra Choltogʻda boʻlishadi. Choltogʻda Toshmatga oʻz uyiga ketishga ruxsat berilgan. Toshmat Xoʻjaberdiyev 1931-yil 22-yunda Stalinobod GPUsi tomonidan qoʻlga olingan. U Oqmachitda bir necha marta soʻroq qilingan. SSSR OGPU kollegiyasining 1932-yil 13-apreldagi hukmi boʻyicha u Toshkentda 48 yoshida 1932-yil 10-avgustda otilgan. Sovet hukumati tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlarga qaramasdan qoʻrboshilar oʻz kurashlarini davom ettirdilar. Uning bir qator hamrohlari keyingi yillarda Buxoroda qizil askarlarga qarshi kurashlar olib borishdi. U faoliyati davomida sovet rejimiga qarshi kurash olib bordi[2].

Manbalar

tahrir
  1. Rajabov Q. Ibrohimbek qoʻrboshi va safdoshlari jasorati. Toshkent: „Fan“, 2022 — 399-bet. 
  2. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400-bet.