Hisor bekligi yoki Hisor viloyati (tojikcha: Бекигарии Ҳисор) – Buxoro amirligidagi maʼmuriy birlik. Hozirgi Tojikiston hududiga toʻgʻri keladi. Maʼmuriy markazi Hisor shahri.

Hisor bekligi
tojikcha: Бекигарии Ҳисор

XX asr boshlarida Buxoro amirligi bekliklarining maʼmuriy markazlari
XX asr boshlarida Buxoro amirligi bekliklarining maʼmuriy markazlari

Mamlakat Buxoro amirligi
Maʼmuriy markazi Hisor
Bekor qilingan sanasi 1920
Xaritada

Hisor begi oʻz qoʻl ostidagi yerlarni amlokdor, mirob, amin kabi mahalliy amaldor va diniy rahnamolar yordamida boshqargan.

Hisor bekligi oʻzining geografik joylashuviga koʻra Sharqiy Buxoroning boshqa bekliklari orasida birinchi oʻrinni egallagan[1].

Geografiyasi tahrir

Hisor shimolda Turkiston general-gubernatorligi, sharqda Qorategin, janubi-sharqda Baljuvon, janubda Qoʻrgʻontepa, gʻarbda Denov bekliklari bilan chegaradosh boʻlgan[2].

Aholi punktlari soni boʻyicha hozirgi Tojikiston va Gʻarbiy Pomirning janubi-sharqiy tumanlari orasida birinchi oʻrinni Hisor vodiysi egallagan[3].

Tarixi tahrir

19-asrning 2-yarmigacha hozirgi Tojikiston va Pomirning janubi-sharqiy hududlari Buxoro, Qoʻqon va Qunduz-Badaxshon hukmdorlarining koʻp marotaba hujumlariga qaramay, 19-asrning 70-80-yillarigacha yarim mustaqilligini saqlab qolgan. Rus chorizmidan farqli oʻlaroq, Afgʻoniston amirligida ingliz mustamlakachilarining taʼsiri sezilarli darajada kuchaygach, bu hudud nihoyat qoʻshni davlatlarga boʻysundirildi[4].

 
Hisor qal’asi va Hisor beklarining qarorgohi. XV-XVII asrlarga oid obida.

19-asrning 2-yarmigacha hozirgi Tojikistonning janubi-sharqiy mintaqasiga hukmronlik qilish uchun eng koʻzga koʻringan daʼvogarlar Hisor bekligining yirik feodallari vakillari boʻlib, ular Shahrisabz va Kitob beklarning yordami va qoʻllab-quvvatloviga tayanganlar. Shahrisabz va Kitob beklari ham oʻz navbatida hududlarini poytaxt Buxorodan bir muncha mustaqil idora qilganlar. Shu bilan birga, ular boshqa kichikroq bekliklar hukmdorlarini ham oʻzlariga boʻysundirishga uringanlar[5].

Buxoro hukmdorlari Hisor vodiysiga bir necha bor hujumlar uyushtirdilar. Hisor bekligining Buxoro amirligiga boʻysunishi doimiy harakterga ega emas edi. Amirlik kuchsizlanishi bilanoq beklik mustaqillikka erishgan[4]. Buxoro amiri faqat Rossiya imperiyasining har tomonlama yordami va qoʻllab-quvvatlovi bilan Tojikistonning janubi-sharqiy qismidagi asosiy viloyatlarni oʻz taʼsiriga toʻliq boʻysundirishga muvaffaq boʻldi, keyinchalik u Sharqiy Buxoro deb nomlandi[4].

Beklikning yakuniy boʻysunishidan soʻng, qoida tariqasida, Hisor bekining lavozimini Buxoro amiriga eng yaqin boʻlgan oliy amaldorlardan boʻlgan shaxslar egallagan. Ular orasida eng tipik shaxs 1886-1906-yillarda Hisorda hukmronlik qilgan amir Sayyid Abdulahadxonning amakisi Ostanaqulbek edi[6].

Aholisi tahrir

Hozirgi Tojikiston va Gʻarbiy Pomir mintaqasida aholi zichligi boʻyicha Hisor vodiysi birinchi oʻrinni egallagan. Aholi Qoratogʻdaryo vodiysi boʻylab bir tekisda taqsimlanmagan[3].

N. N. Pokotiloning toʻliq boʻlmagan maʼlumotlariga koʻra, Hisor bekligi Buxoro amirligiga qoʻshilganida uning aholisi 180 ming kishini tashkil qilgan. Biroq, bu maʼlumotlar sezilarli darajada kam baholandi. Bosh shtab ofitseri kapitan G. G. Liliyental „bu raqam haqiqatdan ancha past“ ekanligini aytdi[3].

Eng yuqori aholi zichligi Dushanbe amlokdorligida, shuningdek, Kofarnihon va Vaxsh daryolari oraligʻida, Laqay, Sultonrabod, Gʻozimalik va Sho'riyon amlokdorliklarida qayd etilgan[3].

Hisor vodiysida tojiklar koʻproq boʻlgan, bundan tashqari u yerda oʻzbeklar yashagan[7].

Madaniyati tahrir

 
Madrasayi koʻhna. Hisor qal’asi
 
Madrasayi nav. Hisor qal’asi
 
Hisor qal’asi darvozasi

Iqtisodiyoti tahrir

Hisor vodiysi Sharqiy Buxoroning iqtisodiy markazi sanalgan[1].

Uch xil turdagi feodal soliq turi boʻlgan: mehnat, oziq-ovqat va pul koʻrinishida. Sharqiy Buxoro bekliklaridan Hisorda pul koʻrinishidagi soliq keng tarqalgan[8].

Sanoati tahrir

Hisor vodiysida temir rudasi qazib olingan[1].

Qishloq xoʻjaligi tahrir

Hisor vodiysi dehqonchilikning rivojlangani bilan ajralib turgan. Madaniy ekinlar orasida sholi muhim oʻrin tutgan[1]. Shu munosabat bilan Katta oʻyinda qatnashgan ingliz sayyohi va tadqiqotchisi leytenant Byorns: „Hisor yaxshi sugʻoriladi va sholi koʻp hosil beradi“, deb yozgan[9].

Beklikda amlok, mulk va vaqf yerlari bilan bir qatorda boʻsh yerlar va yaylovlardan ham ommaviy foydalanish amalga oshirilgan[10].

Obigʻarm daryosining yuqori oqimida joylashgan Qorateginning gʻarbiy qismi, asosan, Hisor viloyatida chorvachilik uchun yozgi oromgoh sifatida foydalanilgan[11].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Искандаров 1962, s. 15.
  2. Искандаров 1962, s. 15—16.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Искандаров 1962, s. 20.
  4. 4,0 4,1 4,2 Искандаров 1962, s. 163.
  5. Искандаров 1962, s. 161—162.
  6. Искандаров 1963, s. 14.
  7. Искандаров 1962, s. 28.
  8. Искандаров 1962, s. 100.
  9. Искандаров 1962, s. 42.
  10. Искандаров 1962, s. 88.
  11. Искандаров 1962, s. 23.

Adabiyotlar tahrir

  • Искандаров Б. И. „I“,. Восточная Бухара и Памир во второй половине XIX в.. Душанбе: АН Таджикской ССР, 1962. 
  • Искандаров Б. И. „II“,. Восточная Бухара и Памир во второй половине XIX в.. Душанбе: АН Таджикской ССР, 1963.