Buxoro amiri
Buxoro amiri (oʻzbekcha: Buxoro Amiri) — 1785—1920-yillarda Buxoro amirligidagi oliy davlat lavozimi[1].
Buxoro amiri | |
Mamlakat: | Buxoro amirligi |
Lavozimdagi ilk shaxs: | Muhammad Rahimxon |
Qarorgohi: | Ark, Sitorai Mohi xossa (qarorgoh) |
Buxoro amirligida amir unvoni oʻzbeklarning mangʻit urug‘i sulolasi hukmdorlariga berilgan.
Amir cheksiz hokimiyatga ega bo‘lib, mamlakatni shariat (musulmonlarning maʼnaviy-axloqiy kodeksi) asosida boshqargan.
1866—1868 va 1870-yillardagi Buxoro yurishlarida rus qoʻshinlarining qoʻlga kiritgan gʻalabalari taʼsirida tuzilgan shartnomalarga ko‘ra Buxoro amiri (1868-yilgi Rossiya-Buxoro va 1873-yildagi Shaar bitimlariga) Rossiy imperiyasiga qaramligini tan oldi. Keyinchalik Buxoro amirlari qaramlikka qaramay, mutlaq monarxlar sifatida oʻz davlatlarining ichki ishlarini boshqarganlar.
Rossiyada 1917-yilgi Oktyabr inqilobidan keyin amir Buxoro hokimiyatini maʼlum muddat ushlab turishga muvaffaq bo‘ldi.
1920-yil sentyabrda Buxoroning Qizil Armiya tomonidan bosib olinishi natijasida Buxoroning soʻnggi amiri Olimxon amirlikning sharqiy tomoniga, soʻngra Afgʻoniston amirligiga qochib ketadi. Afgʻonistondan boshpana olib, Markaziy Osiyoda Sovet hokimiyatiga qarshi faol kurash olib bordi.
Tarix
tahrirOʻzbek mangʻitlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahimxon (1753-1758) Buxoro xonligini 1747-yildan boshlab otaliq unvoni bilan boshqargan, 1753-yilda esa zodagonlar va ruhoniylarning roziligini olib, amir unvoni bilan Buxoro taxtiga oʻtirgan. Mangʻitlar chingiziylar boʻlmaganiga qaramay, 1756-yilda Muhammad Rahim oʻzini xon deb eʼlon qildi. Hukmronligining boshidan Buxoro xonligi amirlik deb atala boshlandi[2]. Muhammad Rahimxon vafot etgach, hokimiyat otalik unvoni bilan kifoyalangan amakisi Doniyolbiyga (1758-1785) o‘tadi. 1785-yilda Doniyolbiy vafotidan keyin taxt Shohmurodga (1785-1800) qoladi.
Kamtarona turmush tarzi uchun xalq uni amir Maʼsum deb atagan, bu gunohsiz amir degan maʼnoni bildirgan[3]. Shohmurod amir unvonini qoʻgʻirchoq xon Abulgʻozixon vafotidan keyin egallagan. Keyinchalik Buxoro amirlari soxta xonlarni taxtga ko‘tarmaganlar. Sulolaning oxirgi amiri Said Olimxon (1910-1920).
Turar joylar
tahrirSarlavha | Ism | Hukmdorlik yillari |
---|---|---|
Otaliq اتالیق |
Muhammad Rahim محمد رحیم |
1747-1753 yillar |
Amirامیر |
Muhammad Rahim محمد رحیم |
1753-1756 yillar |
Xon خان |
Muhammad Rahim محمد رحیم |
1756-1758 yillar |
Atalik اتالیق |
Doniyolbiy دانیال بیگ |
1758-1785 yillar |
Amir Maʼsum امیر معصوم |
Shohmurod شاہ مراد بن دانیال بیگ |
1785-1800 yillar |
Amir امیر |
Haydar Tura ibn Shohmurod حیدر تورہ بن شاہ مراد |
1800-1826 yillar |
Amirامیر |
Husayn ibn Haydar Tura حسین بن حیدر تورہ |
1826-1827 yillar |
Amirامیر |
Umar ibn Haydar Tura عمر بن حیدر تورہ |
1827 |
Amir | Nasrulloh ibn Haydar Tura </br> نصراللہ بن حیدر تورہ |
1827-1860 yillar |
Amir امیر |
Muzaffaruddin ibn Nasrulloh مظفر الدین بن نصراللہ |
1860-1886 yillar |
Amir امیر |
Abdulahad ibn Muzaffaruddin عبد الأحد بن مظفر الدین |
1886-1910 yillar |
Amirامیر |
Muhammad Olimxon ibn Abdulahad محمد عالم خان بن عبد الأحد |
1910-1920 yillar |
Turar joylar
tahrirBuxoro davlati (Buxoro amirligi) amirlarining asosiy qarorgohi buxorodagi Ark qal’asi bo‘lgan. Bundan tashqari, buxoroning o‘sha paytdagi hududidan bir necha kilometr shimolda joylashgan Sitorai Moxi-xossa amirlarga yozgi turar-joy sifatida xizmat qilgan. 1868-yilda Samarqand Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingunga qadar Buxoro amirlari vaqti-vaqti bilan Ko‘ksaroy saroyida, Samarqand qo‘rg‘onida mehmon bo‘lib turishgan. Buxoro amirlarining ham amirlikning shimolidagi Karman shahrida kichik qarorgohi bo‘lgan. Shuningdek, amirlik beklari va viloyatlari markazlaridagi saroylar amirlarning qarorgohlari hisoblansada, aslida ularda viloyat beklari yashagan. Faqat oxirgi amir Seyid Olimxon Buxorodan qochganidan so‘ng, amirlikning chekka sharqidagi Hisor qal’asida qisqa muddat istiqomat qilgan.
Buxoro amirlarining amirlikdan tashqari Yaltada (Buxoro amirining Yalta saroyi), Jeleznovodskda (Buxoro amirining Jeleznovodsk saroyi), Sankt-Peterburgda (Buxoro amirining uyi) saroylari va qarorgohlari bo‘lgan.
Manbalar
tahrir- ↑ To‘rayev. H. Buxoro tarixi. Durdona, 2020. ISBN 978-9943-6571-0-6. Qaraldi: 4-iyul 2023-yil.
- ↑ .
- ↑ Anke fon Kyugelgen, Legitimizatsiya sredneaziatskoy dinastii mangitov v proizvedeniyax ix istorikov (XVIII—XIX vv.). Almati: Dayk press, 2004