Ostanaqulbek — davlat arbobi va lashkarboshi, diplomat, beklikning boshligʻi[1] va Buxoro amirligining soʻnggi Buxoro otaligʻi. Ostanaqulbek amir Muzaffarning eng yaqin saroy amaldorlaridan biri va amir Abdulahadxon davrida amirlikning oliy martabali zotlaridan biri boʻlgan. Amir Muzaffar betob boʻlib yotib qolgan kunlarida Ostanaqulbek Muhammadbiy bilan birgalikda amirlikning oliy hokimiyatini boshqarib turgan.

Ostanaqulbek
Buxoro otaligʻi
Mansab davri
1887 – 1906
Monarx Amir Abdulahadxon
Oʻtmishdoshi Seyid Abdulmoʻmin
Hisor begi
Mansab davri
1886 – 1906
Shahrisabz begi
Monarx Muzaffar
Ziyovuddin begi
Monarx Muzaffar
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Buxoro amirligi
Vafoti 1906-yil
Buxoro amirligi
Otasi Abbosbiy

Ajdodi

tahrir

Ostanaqulbek amir Nasrulloning vaziri Abbosbiy oilasida dunyoga kelgan. Ostanaqulbek Muzaffarning oʻgay ukasi hamdir.

Siyosiy faoliyati

tahrir

Ostanaqulbek otasi hayotligida ham yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan. Otasi vafotidan keyin esa eng yuqori martaba va mansablarga erishganligi sababli, zamondoshlarining bir qismi uni „umid panohi“ deb atashgan.

1870-yil Gʻijduvonda mirohur unvonida amlakdor lavozimida[2] keyin bek tomonidan Ziyovuddin huzuriga yuborilib, toʻqsabolik unvonida faoliyat olib borgan[3].

1882-yilda Ostanaqulbek Shahrisabz begi[4] lavozimida boʻlib, parvonachi martabasiga ega boʻlgan. Oʻsha yili u boʻlajak amir Seyid Abdulahadxonga Moskva safarida hamrohlik qildi. 1885-yilda Ostanaqulbek amir Muzaffarning shaxsiy favqulodda elchisi sifatida Sankt-Peterburgga boradi va u yerda imperator Aleksandr III bilan uchrashadi.

1886-yilda amirning sharmanda boʻlgan ukasi Seyid Abdulmoʻmin Hisordan Boysunga koʻchirilgandan soʻng Ostanaqulbek Hisor bekligiga hokim etib tayinlanadi. Darvoz, Koʻlob va Qorategin ham uning tasarrufida edi.

1887-yilda Ostanaqulbek eng oliy martaba — otaliq martabasini oldi, shuning uchun Hisor hududi, uning bekligi kengaydi: unga yana beshta hudud — sobiq Sarijuy viloyati hududi qoʻshildi[5][6]. Soʻnggi Buxoro amirlari davrida xonlikda Ostanaqulbekdan tashqari hech kim otaliq martabasiga ega boʻlmagan edi.

Manbalar

tahrir
  1. Beklik — Buxoro amirligi tarkibidagi maʼmuriy-hududiy birlik.
  2. Mirohur — amir otxonasining boshligʻi. Kechki paytdagi xizmat ieyerarxiyasida — oltinchi koʻtarilish tartibida amaldor. (A. A. Semenov. Ocherki pozemelno-podatnogo i nalogovogo ustroystva Buxarskogo xanstva. Tashkent, 1929. Trudi SAGU, seriya II, v. 1, str. 90; ego je. Buxarskiy traktat, str. 150).
  3. Toʻqsabo — polk komandiri, podpolkovnik yoki polkovnik.
  4. Mirza Salimbek. Tarix-i Salimi (Istochnik po istorii Buxarskogo emirata). Tashkent. Akademiya. 2009
  5. Muxammad Siddik. Zikr-i Astanakul-biy ibn Abbas-biy. Rkp. IV AN RUz, № 2663/ II, ll. 44b-47b, 103b.
  6. Turkestanskie vedomosti, 1906, № 114.