Toshoʻgʻuz xalqaro aeroporti
Toshoʻgʻuz xalqaro aeroporti (turkmancha: Daşoguz halkara howa menzili) (IATA: TAZ, ICAO: UTAT) – Turkmanistonning Toshoʻgʻuz viloyatidagi yirik aeroport, Toshoʻgʻuz shahridan 15 km janubi-gʻarbda joylashgan. Aeroport, asosan, mahalliy yoʻnalishlardagi parvozlarga xizmat koʻrsatadi. Barcha turdagi samolyotlar va istalgan oʻlchamdagi vertolyotlar, xususan, Boeing 747 va Il-96 kabi yirik samolyotlarni ham qabul qila oladi.
Toshoʻgʻuz xalqaro aeroporti Daşoguz halkara howa menzili Mejdunarodniy aeroport Dashoguz | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: TAZ – ICAO kodi: UTAT | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | fuqarolik | ||
Egasi | Turkmaniston hukumati | ||
Operator | Turkmenhowayollary Agency [1] | ||
Joylashuvi | Toshoʻgʻuz, Toshoʻgʻuz viloyati, Turkmaniston | ||
Havo yoʻli tuguni | Turkmaniston havo yoʻllari | ||
Koordinatalari | 41°45′53″N 59°49′59″E / 41.76472°N 59.83306°E | ||
Vebsayti | |||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
ft | m | ||
08/26 | 12,303 | 3,750 | Beton |
Manba: Aeroponovtika axborot nashri Turkmaniston[2] |
Tarixi
tahrirBirinchi parvoz – Kogon-Toshhovuz-Xiva yoʻnalishida 1924-yil sentyabrda amalga oshirilgan, keyinchalik bu muntazam yoʻnalishga aylanadi.
1940-yildan beri Chorjoʻy-Toʻrtkoʻl-Toshhovuz yoʻnalishidagi parvozlarga ruxsat berilgan. Sovet davrida Moskva, Leninobod, Toshkent, Ashxobod, Ufa, Mineralnye vodi va SSSRning boshqa aeroportlariga muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilgan.
1973-yil 10-oktyabrda yoqilgʻi tizimining notoʻgʻri ishlashi tufatyli Li-2 samolyoti aeroport yaqinida qulab tushgan. 5 kishi halok boʻlgan. Ushbu voqeadan keyin SSSR fuqaro aviatsiyasida Li-2 samolyotlariga texnik xizmat koʻrsatish toʻxtatildi[3].
Yangi terminal binosi 1984-yilda ochilgan.
Zamonaviy qurilmalar oʻrnatilgan rekonstruksiyadan chiqqan terminal binosi 2009-yilda foydalanishga topshirildi. Aeroport terminali soatiga 300 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkonini beradi.
2013-yilda 50 metr balandlikdagi havo harakatini boshqarish minorasi qurilishi boshlandi, ular bilan birga 200 million dollarlik asosiy va tutashuvchi taksi yoʻllari va samolyotlar uchun perron faoliyati boshlandi[4][5]. Loyiha doirasida uzunligi 3800 metr boʻlgan sunʼiy uchish-qoʻnish yoʻlagi, 5 ta taksi yoʻlakchasi va samolyotlarni toʻxtash joyi uchun perron yaratildi. 4 ta darvozali, soatiga 500 yoʻlovchiga moʻljallangan yoʻlovchi terminali binosi, VIP terminal va boshqa bino va inshootlar qurilishi rejalashtirilgan[6].
2015-yilda Ukrainaning Altcom kompaniyasi uchish-qoʻnish yoʻlagini rekonstruksiya qildi, uning oʻlchamlari 3800 × 60 metrga oshirildi (2 × 7,5 metr yelkalari bor). Aerodrom zamonaviy aeronavtika va avtomatlashtirilgan meteorologik texnik vositalar bilan jihozlangan[7].
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
tahrirYoʻlovchi tashish
tahrirAviakompaniya | Manzillar |
---|---|
Turkmaniston havo yoʻllari | Ashxobod, Mari, Turkmanboshi |
Yuk tashish
tahrirAviakompaniya | Manzillar |
---|---|
Turkmaniston havo yoʻllari[8][9] | Ashxobod, Mari, Turkmanboshi |
Yer usti transporti
tahrirDaşoguzawtoulag (oʻzbekcha: Toshoʻgʻuz avto-ulov) kompaniyasi Toshoʻgʻuz aeroportiga oʻz xizmatlarini taklif qiladi[10]. Taksi toʻxtash joyi hamda avtobus bekati uchib kelish zali tashqarisida joylashgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Общая информация“. 2021-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-dekabr.
- ↑ AIP Turkmenistan (Wayback Machine saytida 2013-03-31 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Катастрофа Ли-2 Туркменского УГА близ а/п Ташауз (борт СССР-71209), 10 октября 1973 года. // AirDisaster.ru - авиационные происшествия, инциденты и авиакатастрофы в СССР и России - факты, история, статистика“.
- ↑ „Украинские строители завершили сооружение взлетной полосы в аэропорту Дашогуз в Туркмении“.
- ↑ „Украинская компания "Альтком" успешно строит новый аэропорт Дашогуза - Новости Туркменистана“. 2019-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-dekabr.
- ↑ „Видео“. 2016-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-dekabr.
- ↑ Украинские строители завершили сооружение взлетной полосы в аэропорту Дашогуз в Туркмении
- ↑ „Flight History of EZ-F429 (Turkmenistan Airlines)-11 May 2023“. FlightAware.
- ↑ „Flight History of EZ-F430“. Flightradar24. Qaraldi: 2023-yil 11-may.
- ↑ „OUR SERVICES“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-dekabr.
Havolalar
tahrir- Official web-site
- New runway (Wayback Machine saytida 2015-12-22 sanasida arxivlangan)