Tovus (Fabergé tuxumi)
Tovus tuxumi 1908-yilda rus zargari Peter Carl Fabergé rahbarligida Dorofeiev tomonidan yasalgan kristalli Pasxa tuxumi hisoblanadi[1]. Rossiya podshosi Nikolay II 1908-yilda Tovus tuxumini onasi qirolicha Maria Feodorovnaga sovgʻa qilgan.
Tovus Fabergé tuxumi | |
---|---|
Yetkazib berilgan yil | 1908 |
Mijoz | Nikolay II |
Qabul qiluvchi | Maria Feodorovna |
Amaldagi egasi | |
Individual yoki muassasa | Edouard et Maurice Sandoz fondi |
Sotib olish yili | 1955 |
Dizayn va materiallari | |
Ish ustasi | Dorofeiev |
Foydalanilgan materiallar | Oltin, olmos, emal, kumush,kristal,yoqut |
Boʻyi | 190 mm |
Eni | 165 mm |
Oʻziga xos xususiyati | mexanik tovus |
Tovus tuxumining yasalish uslubi juda oddiy. Shaffof tuxum kristall va zarhal kumush simdan iborat. Tovus tuxumi yuqoridagi qisqich bilan birga ushlab turiladi va qisqich ochilganda rokoko uslubida oʻrnatilgan mexanik tovus tuxumning o'rtasida paydo bo'ladi.
Oʻziga xos xususiyati
tahrirTovus tuxumining ichida kichik, (110 mm) emal va qimmatbaho toshlardan yasalgan, gul shakllari oʻyib ishlangan oltin daraxt shoxlarida uzun, mexanik, oltin va sirlangan tovus mavjud. Tovus daraxtning ichidan koʻtarilishi mumkin. Mexanik tovus yassi yuzaga o'rnatilgan boʻlib, u boshini silkitib, atrofga tirgaklanadi va emal quyruqini yoyadi va yopa oladi[2].
Maʼlumotlarga koʻra, Fabergé ustasi Dorofeiev tovus va uning prototiplari ustida uch yil ishlagan[3].
Tarixi
tahrirTovus tuxumi XVIII asrda James Cox tomonidan ishlab chiqarilgan tovus soatidan ilhomlangan. Soat Grigory Potemkindan Buyuk Catherinega sovgʻa edi[4]. Tovus tuxumi ilgari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Qishki saroyda saqlangan. Tovus tuxumi hozirgi kunda Ermitaj muzeyidadir .
1927-yilda Tovus tuxumi toʻqqizta imperator tuxumi bilan birga Antikvariat tomonidan Londondagi Wartskilik Emanuel Snowmanga sotilgan . Tovus tuxumi 1935-yilda janob Hirst tomonidan sotib olingan.Tovus tuxumi 1949-yilda shveytsariyalik doktor Maurice Sandozga sotilgan va 1955- yilda Shveytsariyaning Lozanna shahridagi Edouard et Maurice Sandoz fondiga (FEMS) sovgʻa qilingan. Sandoz tomonidan sotib olinganidan beri u bor-yoʻgʻi olti marta omma oldida namoyish etilgan.Tovus tuxumi oxirgi marta 2009-yilda omma eʼtiboriga havola qilingan[5].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Matt & Andrej Koymasky - Fabergé Peacock Egg“. Andrejkoymasky.com. Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Matt & Andrej Koymasky - Fabergé Peacock Egg“. Andrejkoymasky.com. Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Matt & Andrej Koymasky - Fabergé Peacock Egg“. Andrejkoymasky.com. Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Mieks Fabergé Eggs“. Wintraecken.nl (2019-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Mieks Fabergé Eggs“. Wintraecken.nl (2019-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 7-oktyabr.
Adabiyotlar
tahrir- Faber, Toby. Faberge's Eggs: The Extraordinary Story of the Masterpieces That Outlived an Empire. Random House, 2008. ISBN 978-1-4000-6550-9.
- Forbes, Christopher. FABERGE; The Imperial Eggs. Prestel, 1990.
- Lowes, Will. Fabergé Eggs: A Retrospective Encyclopedia. Scarecrow Press, 2001. ISBN 0-8108-3946-6.
- Snowman, A Kenneth. Carl Faberge: Goldsmith to the Imperial Court of Russia. Gramercy, 1988. ISBN 0-517-40502-4.