Toyone
Toyone (yaponcha: 豊根村 Toyone-mura ) Yaponiyadagi Aichi prefekturasi, Kitashitara tumanidagi qishloq. 2019-yil 1-oktyabr holatiga qishloqdagi 507 ta xonadonda 1031 nafar aholi istiqomat qiladi[1], aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 6,61 nafar kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 155,88 kvadrat kilometr (60,19 milya) ga teng.
Toyone 豊根村 | |
---|---|
Qishloq | |
35°8′47.4″N 137°43′11.4″E / 35.146500°N 137.719833°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Viloyat |
[[Chūbu viloyati Tōkai viloyati]] |
Prefektura | Aichi |
Yaponiya tumanlari|tuman | Kitashitara |
Maydon | 155.88 km2 (60.19 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2019-yil 1-oktyabr) |
1 031 kishi |
Zichligi | 6.6 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0536-85-1311 |
|
Geografiyasi
tahrirToyone Aichi prefekturasining eng shimoli-sharqiy burchagida joylashgan. Qishloqning katta qismi Tenryu-Okumikava kvazi-milliy bogʻi chegaralarida oʻrnashgan. Shizuoka prefekturasidagi Sakuma toʻgʻonidan suv ombori qishloqqa qadar choʻzilgan. Shintoyone toʻgʻoni ham Toyone chegaralarida bunyod etilgan.
Qoʻshni munitsipalitetlar
tahrirAichi prefekturasi
Nagano prefekturasi
Shizuoka prefekturasi
Demografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Toyone aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida tez kamayib bormoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1940 | 5,193 | — |
1950 | 5,414 | +4.3% |
1960 | 4,61 | −14.9% |
1970 | 3,865 | −16.2% |
1980 | 2,126 | −45.0% |
1990 | 1,813 | −14.7% |
2000 | 1,629 | −10.1% |
2010 | 1,337 | −17.9% |
Iqlimi
tahrirQishloq issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Toyone shahrida oʻrtacha yillik harorat 12,2 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2192 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,8 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 0,9 °C atrofida boʻladi[3].
Tarixi
tahrirToyone qishlogʻi 1889-yil 1-oktyabrda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. 1955-yilda qoʻshni Shizuoka prefekturasidan Sakuma toʻgʻonining koʻtarilishi natijasida Toyonning markaziy qismini suv bosdi hamda qishloq aholisining uchdan bir qismidan koʻprogʻini koʻchirishga majbur boʻldi. 2005-yil 27-noyabrda Tomiyama qishlogʻi Toyone bilan birlashtirildi.
Iqtisodiyoti
tahrirToyonening asosiy sanoati kichik oʻrmon xoʻjaligi va mavsumiy turizmga asoslanadi. Qishloq gidroenergetika sanoastidan ham daromad oladi.
Taʼlim tizimi
tahrirToyoneda qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Qishloqda davlat yuqori maktabi mavjud emas, lekin bitta xususiy yuqori maktab mavjud boʻlib, u Toyohashi shahridagi Sakuragaoka yuqori maktabining filiali hisoblanadi.
Transport
tahrirTemir yoʻl
tahrirToyone yoʻlovchi temir yoʻl xizmatiga ega emas.
Magistral yoʻl
tahrir- Milliy yoʻnalish 151
Galereya
tahrirManbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Rasmiy sayti (yaponcha)