Chuvash tili
Chuvash tili — turkiy tillarayan biri; Rossiya Federatsiyasining Chuvashiston, Tatariston, Boshkirdiston respublikalarida va ularga qoʻshni bir kancha viloyatlarda, shuningdek, Kozogʻiston va Ukrainada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 2 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning oxirlari).
Chuvash tili | |
---|---|
Milliy nomi | Чӑваш чӗлхи |
Mamlakatlar | Rossiya |
Rasmiylik holati | Chuvashiston |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 1 152 404[1] |
Turkumlanishi | |
Turkum | Yevroosiyo tillari |
Til oilasi | |
Alifbosi | kirill |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | cv |
ISO 639-2 | chv |
ISO 639-3 | chv |
Chuvash tili yuqori (viryal) va quyi (anatri) laxjalariga boʻlinadi. Quyi lahja adabiy tilga asos boʻlgan. Chuvash tili oʻz taraqqiyoti tarixida avval skif, slavyan, finugor tillari, keyinchalik, tatar va boshqird tillari taʼsiriga uchraganligi tufayli boshqa turkiy tillardan bir qancha fonetik va grammatik oʻziga xosliklarga ega. Bunday tafovutlar unlilar soni (9 ta) va talaffuzida, otlardagi koʻplik qoʻshimchasining qoʻllanishida, ayrim sonlar va olmoshlarning shakliy koʻrinishida kuzatiladi. Leksikada qad. turkiy, moʻgʻul, finugor, eroniy tillardan, shuningdek, arab va rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar alohida qatlamni tashkil etadi.
Chuvash tilining dastlabki grammatikasi 1769-yilda nashr etilgan. 18-asrda va 19-asrning 1yarmida lugʻatlar, liniy adabiyotlarning Chuvash tilidagi tarjimalari, folklor namunalari chop etiladi. Eski chuvash yozuvi asosan rus grafikasini qoʻllagan, 1871-yilda chuvash yozuvchisi va olimi I.Ya. Yakovlev yangi chuvash yozuvini yaratgan. 1933-yildan rus grafikasi asosidagi yangi alifbo joriy etilgan.[2]
Chuvash tili (chuvash tilida atalishi — Chӑvash chӗlxi) — Chuvashlarning milliy tili, Chuvashiston Respublikasining davlat tili[3]. Chuvash tili turkiy tillarining bulgar guruhiga kiradi.[4]. Chuvash tilida gaplashuvchilar soni jahonda — 1,15 million kishiga yaqin (2010 yilgi sanoq); 2002-yilgi sanoq boʻyicha Rossiyada Chuvashlar 1 million 637 ming kishini tashkil qildi; taxminan 55 % Chuvashistonda istiqomat qilishadi.
Alifbosi
tahrirА а | Ӑ ӑ | Б б | В в | Г г | Д д | Е е | Ё ё |
Ӗ ӗ | Ж ж | З з | И и | Й й | К к | Л л | М м |
Н н | О о | П п | Р р | С с | Ҫ ҫ | Т т | У у |
Ӳ ӳ | Ф ф | Х х | Ц ц | Ч ч | Ш ш | Щ щ | Ъ ъ |
Ы ы | Ь ь | Э э | Ю ю | Я я |
Chuvashcha son nomlari
tahrir- 1 — perre
- 2 — ikke
- 3 — vish
- 4 — tavattshea
- 5 — pillek
- 6 — ultta
- 7 — shichche
- 8 — sakkar
- 9 — tahhar
- 10 — vunna
- 11 — vunper
- 12 — vunikke
- 13 — vunvishshe
- 14 — vuntavatta
- 15 — vunpillek
- 16 — vunultta
- 17 — vunshichche
- 18 — vunsakkar
- 19 — vuntahhar
- 20 — shirem
- 30 — vatar
- 40 — hereh
- 50 — alla
- 60 — utmal
- 70 — shitmel
- 80 — sakarvunna
- 90 — taharvunna
- 100 — sher
- 1000 — pin
Adabiyot
tahrir- Baskakov A.N., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazikov, 2izd., M., 1969.
Manbalar
tahrir- ↑ Perepis-2010
- ↑ "Chuvash tili" OʻzME. Ch-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Konstitutsiya Chuvashskoy Respubliki. Statya 8
- ↑ Chuvashskiy yazik (Wayback Machine saytida 2009-08-08 sanasida arxivlangan), statya v Chuvashskoy ensiklopedii.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |