Tsuneko Sasamoto
Tsuneko Sasamoto (yaponcha: 笹本 恒子 Sasamoto Tsuneko , 1-sentyabr 1914 – 15-avgust 2022) birinchi yapon fotomuxbiri edi[2].
Tsuneko Sasamoto | |
---|---|
Tavalludi |
1-sentyabr 1914-yil |
Vafoti |
15-avgust 2022-yil (107 yoshda) |
Fuqaroligi | Yaponiya[1] va Yaponiya imperiyasi |
Kasbi | Fotomuxbir, fotograf |
Yoshligi
tahrirSasamoto Yaponiyaning Tokyo shahrida tugʻilgan. U uy xoʻjaligi kollejiga oʻqishga kirgan, lekin rassom boʻlishni orzu qilgani uchun uni tashlagan. Oʻqishni tashlaganidan soʻng, u ota-onasiga aytmasdan rassomlik institutiga va tikuvchilik maktabiga oʻqishga kirgan[3].
Karyerasi
tahrirSasamoto oʻz faoliyatini Tokyo Nichinichi Shimbun (hozirgi Mainichi Shimbun, Yaponiyadagi gazetalardan biri)dagi mahalliy yangiliklar sahifalarida yarim kunlik illyustrator sifatida boshlagan. U 1940-yilda 26 yoshida Yaponiyadagi Fotosuratlar jamiyatiga aʼzo boʻlgach, sinovdan oʻtgan xodim darajasiga koʻtarilgan va rasman Yaponiyadagi birinchi ayol fotomuxbirga aylangan. Uning soʻzlariga koʻra, Margaret Bourke-White uning fotograf boʻlishiga katta taʼsir koʻrsatgan[4]. Sasamoto Amerika Yaponiyani bosib olgan vaqtida general Duglas MakArtur koʻmir konchilarinining ish tashlashi va norozilik bildirgan talabalarni suratga oldi[5].
U 2011-yilda Hyakusai no Finder, yaʼni, Centenarianʼs Finder nomli foto kitobini nashr etgan[5]. 2014-yilda Sasamoto oʻzining 2011-yildagi "Hyakusai Ten", yaʼni "Yuz yillikning koʻrgazmasi" nomli kitobidan oʻz ishining koʻrgazmasini namoyish etgan[5]. 2015-yilda Sasamoto „101-dagi qiziquvchan qiz“ nomli yana bir kitobini nashr etgan[4]. U 2015-yilda chap qo‘li va ikkala oyog‘ini sindirib olganiga qaramay suratga olishni davom ettirgan. Oʻlimidan oldin Sasamoto vafot etgan doʻstlari sharafiga „Hana Akari“ (Gullar porlashi) loyihasi ustida ishlagan[6].
Sasamoto 2014-yil sentyabrida 100 yoshga to‘ldi[7] va 2022-yil 15-avgustda 107 yoshida tabiiy sabablar tufayli vafot etdi[8].
Mukofotlari
tahrir2016: umr boʻyi muvaffaqiyat uchun Lucie mukofoti[9]
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Japan's First Female Photojournalist is Still Shooting at the Age of 101“. Petapixel.com. Qaraldi: 2015-yil 7-oktyabr.
- ↑ 東京都写真美術館. {{{title}}} (Japanese). 京都市: 淡交社, 2000-01-01. ISBN 4473017508. OCLC 44769689.
- ↑ 4,0 4,1 „At 101, Japan's First Female Photojournalist Reflects On Her Career“. The Huffington Post. Qaraldi: 2016-yil 6-sentyabr. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":0" defined multiple times with different content - ↑ 5,0 5,1 5,2 „Pioneer photojournalist blazed trails for women“. The Japan Times. The Japan Times. Qaraldi: 2016-yil 6-sentyabr. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":1" defined multiple times with different content - ↑ „Meet Japan's First Female Photojournalist“. Qaraldi: 2016-yil 6-sentyabr.
- ↑ Birmingham. „Tsuneko Sasamoto: 100 Years, 100 Women“. artscape Japan. Dai Nippon Printing (2014-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Pioneering Japanese woman photojournalist dies, aged 107“. Reuters (2022-yil 22-avgust). Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
- ↑ „2016 Lucie Awards“. Lucies.org. Qaraldi: 2017-yil 3-yanvar.
- Amazondagi muallif sahifasi
- Tsuneko Sasamoto bilan suhbat (yapon tilida)
- Nihon shashinka jiten (日本写真家事典) / 328 ta yapon fotograflari. Kioto: Tankosha, 2000 yil. . (yaponcha)