Tucuman provinsiyasi
Tucuman (ispancha: tuku’man) – Argentina provinsiyalari ichida eng zich joylashgan va yer maydoni bo‘yicha ikkinchi oʻrinda turadi.
Tucuman provinsiyasi Tucuman | |
---|---|
26°56′00″N 65°20′00″E / 26.93333°N 65.33333°E | |
Mamlakat | Argentina |
Aholisi | 1,703,186 |
Vaqt mintaqasi | UTC−3 |
|
Mamlakatning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan provinsiyaning markazi San-Migel-de-Tucuman. Uning bu uzun nomi Tucumanga qisqartirilgan. Qoʻshni viloyatlar shimoldan soat yoʻnalishi boʻyicha: Salta, Santyago del Estero va Katamarka.
Etimologiyasi
tahrirTucuman soʻzi, kechua tillaridan kelib chiqqan. Bu „bir nechta daryolarning kelib chiqish joyini“ bildiruvchi Yucuman atamasining deformatsiyasini anglatadi. Bundan tashqari, Tucma soʻzining deformatsiyasi boʻlishi mumkin, bu „narsalarning oxiri“ degan maʼnoni anglatadi. Ispaniya mustamlakasidan oldin mintaqa Inklar imperiyasining tashqi chegaralarida joylashgan edi[1].
Tarixi
tahrirIspaniya mustamlakatidan oldin, bu yerda Diaguitas va Tonocotes qabilalari yashagan.
1533-yilda Diego de Almagro Argentina shimoli-gʻarbiy qismini, shu jumladan Tucumanni oʻrgangan. 1549-yilda Peru gubernatori Pedro de la Gaska Xuan Nunes de Pradoga Tucuman hududini berdi. Prado Dulce daryosi boʻyidagi Barko shahrida birinchi ispan aholi punktini tashkil etdi[2]. Prado oʻz provinsiyasini u bilan ittifoq tuzgan mahalliy xalq yetakchilaridan biri Tukumamaxao sharafiga „Tucuman“ deb nomlagan[3]. 1552-yilda Fransisko de Agirre Chili hududini egallab olish uchun yuborilgan. Agirre repressiv siyosat olib bordi va mahalliy xalq tomonidan isyon koʻtarildi. Kolonistlar 1553-yilda yangi joyga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi va u yerda Santyago del Estero shahriga asos soldi. [2]
1565-yilga kelib Diego de Villaroel San-Migel de Tucumanga asos soldi va Provincia de Tucuman, Juríes y Diaguitas tashkil etildi. Mahalliy xalqlarning tez-tez hujumlari tufayli 1685-yilda San-Migel de Tucuman Migel de Salasga tomonidan koʻchirildi.
Geografiyasi
tahrirTucuman kichik hudud boʻlishiga qaramay, ikkita asosiy geografik tizimga ega. Sharqdan Gran Chako tekis yerlari bilan, janubi gʻarbda Pampas Sierralari va shimolda Argentina shimoli-gʻarbiy kanyonlari bilan oʻralgan.
Iqtisodiyoti
tahrirArgentinaning eng kam rivojlangan provinsiyalaridan biri boʻlgan Tucuman provinsiyasi iqtisodi sekinlik bilan oʻsib bormoqda va uning iqtisodiyoti mamlakatda yettinchi oʻrinda turadi. 2006-yilda budjeti 7,2 milliard AQSh dollariga yetdi[4]. 2012-yilda viloyatda aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad 8000 dollarni tashkil qildi.
Manbalar
tahrir- ↑ El nombre „Tucumán“ (Wayback Machine saytida 2013-03-06 sanasida arxivlangan) www.tucuman.gov.ar (ispancha)
- ↑ 2,0 2,1 Moses, Bernard. The Spanish Dependencies In South America. Routledge, November 1966 — 184–186-bet. ISBN 978-0-7146-2034-3. Qaraldi: 2013-yil 20-iyul.
- ↑ Page, Thomas Jefferson. La Plata, the argentine Confederation, and Paraguay: Being a narrative of the exploration of the tributaries of the river La Plata and adjacent countries during the years 1853, '54, '55, and '56, under the orders of the United States government. Trubner & Co., 1859 — 404-bet. Qaraldi: 2013-yil 20-iyul.
- ↑ „INSTITUTO ARGENTINO PARA EL DESARROLLO DE LAS ECONOMIAS REGIONALES (I.A.D.E.R.)“. www.iader.org.ar. 2013-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-mart.
Havolalar
tahrir- Tucuman.gov.ar Tucuman viloyati rasmiy veb-sayti
- www. TucumanTurismo.gob.ar Tucuman turizm rasmiy veb-sayti
- noticiastucuman.com.ar Tucuman News