Tunku Laksamana Abduljalil masjidi

Tunku Laksamana Abduljalil masjidi (malaycha: Masjid Tunku Laksamana Abdul Jalil) – Malayziyaning Johor sultonligi, Joxor-baru shahridagi masjid. Bino Malayziya Qirollik politsiyasi Johor kontingenti politsiya shtab-kvartirasida joylashgan. Ushbu zamonaviy futuristik inshoot 2015-yilning 28-avgustida Johor sultoni Ibrohim Ismoil tomonidan rasman ochib berilgan va uning marhum toʻrtinchi oʻgʻli Johor shahridagi maxsus politsiya inspektori boʻlib faoliyat yuritgan Tunku Laksamana Abduljalil Sulton Ibrohim sharafiga nomlangan. Tunku Abduljalil masjid ochilganidan toʻrt oy oʻtib, 2015-yilning 5-dekabrida saraton kasalligi tufayli 25 yoshida vafot etgan[1].

Masjid
Tunku Laksamana Abduljalil masjidi
malaycha: Masjid Tunku Laksamana Abdul Jalil
Mamlakat  Malayziya
Johor Joxor-baru
Koordinatalar 1°28′28.8″N 103°45′53.6″E / 1.474667°N 103.764889°E / 1.474667; 103.764889
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Binokorlik sanasi 2015 yil

Tarixi

tahrir

Masjidning qurilish ishlari 2012-yilda boshlangan va 2015-yilda yakuniga yetkazilgan.

Arxitekturasi

tahrir

Tunku Laksamana Abduljalil masjidi zamonaviy futuristik masjid hisoblanadi.

Manbalar

tahrir
  1. „Sultan Ibrahim's personal touch on the new mosque“.