Tuo Koto Nan Ampek masjidi
Tuo Koto Nan Ampek masjidi (indonezcha: Masjid Tuo Koto Nan Ampek), shuningdek, Gadang Balai Nan Duo masjidi nomi bilan ham ataladi, Indoneziyadagi eng qadimgi masjidlardan biri. Masjid Koto Nan Ampek Nagari shahrida joylashgan, hozirda maʼmuriy jihatdan Gʻarbiy Payakumbuh tumani, Payakumbuh shahri, Gʻarbiy Sumatera shahri Balay Nan Duo qishlogʻi hududiga kiritilgan[2]. Minangkabau arxitekturasi asnosida 1840-yilda qurilgan deb taxmin qilinadi, u dastlab ruxdan yasalgan tom bilan qoplangunga qadar fiber tolali tom bilan yopilgan[3][4]. Hozirgi vaqtda bu bir qavatli masjid musulmonlarning ibodat faoliyati uchun ishlatilishidan tashqari, yaqin atrofdagi aholi tomonidan diniy taʼlim vositasi sifatida ham foydalaniladi[5].
Masjid | |
Masjidning tashqi koʻrinishi | |
Mamlakat | Indoneziya |
Shahar | Minangkabau |
Asoschi | Kampai qabilasidan Datuk Kuniang Piliang qabilasidan Datuk Pangkai Sinaro Malayu qabilasidan Datuk Siri Dirajo |
Asosiy sana: 1840-yil
| |
Hajmi | 500 kishi[1] |
Gumbazlar soni | 0 |
Gumbazlar soni | 0 |
Minoralar soni | 0 |
Minoralar soni | 0 |
Tuo Koto Nan Ampek masjidi Vikiomborda |
Tarixi
tahrirMasjidning aynan qachon qurila boshlanganligi maʼlum emas. Muallif Abduboqir Zayn Indoneziyadagi tarixiy masjidlar nomli kitobida yozilishicha, masjid 1840-yilda qurilgan va Koto Nan Ampek Nagari nomi bilan atalgan[5]. Qurilishga Minangkabaudagi qabilalardan uchta turli rahbarlar: Kampai qabilasidan Datuk Kuniang, Piliang qabilasidan Datuk Pangkai Sinaro va Malayu qabilasidan Datuk Siri Dirajo rahbarlik qilgan[4][2].
U eng qadimiy masjidlardan biri boʻlsa-da, birinchi marta qurilganidan buyon yogʻochdan yasalgan ustunlari, pol va devorlarning asosiy qismi almashtirilmagan[5]. Masjid koʻp taʼmirlanmagan, shuning uchun uning haqiqiy asl holati hanuzgacha saqlanib qolingan[6][7]. Eroziyaga uchrashi tufayli dastlab fiber toladan yasalgan tom keyinchalik ruxdan yasalgani bilan almashtirilgan[4].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Zein, Abdul Baqir. Masjid-masjid Bersejarah di Indonesia. Gema Insani, 1999. ISBN 979-561-567-X. Qaraldi: 2012-yil 29-iyul.
- Gayo, Iwan „Masjid Bersejarah di Indonesia“, . Buku Pintar Seri Senior. Grasindo, 1985. ISBN 979-025-294-3.
- Sekretariat Wakil Presiden Indonesia. Direktori Masjid Bersejarah. Jakarta: Departemen Agama Indonesia, 2008. ISBN 979-25-0050-2.
- „Masjid Tuo Koto Nan Ampek“. ANTARA (2008-yil 25-iyun). Qaraldi: 2012-yil 3-avgust.
- „Masjid Bersejarah Nagari Koto Nan Ampek, Payakumbuh, Sumatera Barat“. Melayu Online. Balai Kajian dan Pengembangan Budaya Melayu (2011-yil 28-may). Qaraldi: 2012-yil 29-iyul.
- „Payakumbuh: Keindahan Alam Berbalut Nikmatnya Batiah“. Indonesia Travel. Kementerian Pariwisata dan Ekonomi Kreatif Indonesia. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-iyul.
- „Sambut Puasa, Tabligh Akbar Digelar“. Padang Ekspres (2011-yil 26-iyul). Qaraldi: 2012-yil 29-iyul.