Turfa gullar

Abdurauf Olimov ijro etgan qoʻshiq

Turfa gullar“ („Bu turfa gullar“, „Bu turfa gullar, ayting“, „Bu turfa gullar, ayting, muhabbat bogʻidanmi?“, „Muhabbat bogʻidanmi?“ deb ham nomlanadi) — tojikistonlik oʻzbek sanʼatkor Abdurauf Olimov ijro etgan qoʻshiq. Ashula 1986-yil yozilgan boʻlib, Olimov shuhratini keskin oshirishga yordam bergan taronalarning biridir. Qoʻshiq musiqasini Olimovning oʻzi shoir Vosit Saʼdulla yozgan sheʼrga bastalagan.[1]

„Turfa gullar“
Abdurauf Olimov qoʻshigʻi
Til oʻzbekcha
Nashr qilingan 1986
Janr anʼanaviy musiqa
Davomiyligi 3:53
Matn muallif(lar)i Vosit Saʼdulla
Bastakor(lar) Abdurauf Olimov

Olimovning soʻzlariga koʻra, qoʻshiqni 1986-yilda „Yamaha“ rusumidagi sintezatorni xarid qilganidan keyin yozgan. Qoʻshiqning yozilishi tarixi haqida Olimov shunday degan:

Bu qoʻshiqni yaratilish tarixi bor-da. 1986-yil menda shunday imkoniyat boʻldi. „Yamaha R70“ degan oʻsha davrdagi eng zamonaviy sentizator sotib olish uchun yetarli mablagʻim bor edi. Sintezatorni sotib oldim, shu „Muhabbat bogʻidanmi?“ degan qoʻshiqni yaratdim. Keyin estrada variantini tayyorladim[2][3].

Qoʻshiq Olimovning eng taniqli taronalaridan biri boʻlib, bir necha sanʼatkor, jumladan, Dilshod Rahmonov, Shohruhxon, tomonidan kaver qilingan. Rahmonov ijrosidagi versiya uchun ikki klip suratga olingan. Shohruhxon ijrosidagi versiya uchun esa 2019-yilda olingan klip YouTubeda ommalashgan.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 9-avgust, 2022-yil(2022-08-09) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.