Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasi

Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasi Turkiyaning amputantlar futboli boʻyicha erkaklar terma jamoasidir. Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Turkiya Nogironlar Sporti Federatsiyasi tomonidan boshqariladi (turkcha: Türkiye Bedensel Engelliler Spor Federasyonu, qisqartmasi: TBESF. Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasi Turkiya nomidan amputantlar oʻrtasidagi xalqaro futbol musobaqalarida qatnashadi. Xususan, Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasi amputantlar futboli boʻyicha 2 ta asosiy futbol turnirlarida qatnasadi. Ular: Amputantlar oʻrtasidagi Jahon chempionati va Amputantlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati.

Turkiyaning Istanbul shahridagi Vodafone Parkda 2017-yilgi Yevropa amputantlar futbol chempionati final o‘yinida Turkiya va Angliyaga qarshi o‘yinda g‘alaba qozongan. Turkiya terma jamoasi aʼzolari gʻolibnikni nishonlashmoqda.

Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasi ikki karra Amputantlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻoliblari (2017-yilgi va 2021-yilgi chempionatlarda) va bir marta Amputantlar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻoliblari (2022-yilgi amputantlar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Angolani magʻlub etib qoʻlga kiritgan).

Amputantlar futboli tahrir

Amputantlar futboli — bu har bir jamoada yettita oʻyinchi (oltita maydon oʻyinchisi va bitta darvozabon) bilan oʻynaladigan imkoniyati cheklangan sportchilar uchun maxsus futbol sport turi[1]. Amputantlar oʻrtasidagi futbol oʻyinida maydon oʻyinchilari pastki qism amputantlik nuqsoni bilan (oyoq qismidagi tana nuqsoni), darvozabonlarda esa yuqori qism amputantlik nuqsoni (qoʻl qismidagi tana nuqsoni) bilan ishtirok etishadi. Maydon oʻyinchilar loftstrand (bilak) tayoqchalaridan foydalangan holda maydonda harakatlanishadilar va protezsiz oʻynashadi. Amputantlar futboli boʻyicha Jahon chempionati yoki amputantlar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Jahon chempionati (1984-yildan 2003-yilgacha) amputantlar futboli boʻyicha jahon chempionatidir[2][3]. Amputantlar futboli boʻyicha Jahon chempionatini Butunjahon Amputantlar Futbol Federatsiyasi (WAFF) tashkil qiladi[4].

Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasining erishgan yutuqlari tahrir

Yil Sana Manzil Oʻrin Man.
Jahon chempionati
2005-yil 11-21- avgust   BRA Rio-de-Janeyro 5 [4]
2007-yil 11-21-noyabr   TUR Antaliya   [4]
Jahon chempionati
2010-yil 16-24-oktyabr   ARG Crespo, Entre Rios   [1]
2012-yil 7-14-oktyabr   RUS Kaliningrad   [1]
2014-yil 30-noyabr — 8-dekabr   MEX Culiacan   [1]
2018-yil 27-oktyabr — 4-noyabr   MEX San-Xuan de los Lagos   [1]
2022-yil 30-sentyabr — 9-oktyabr   TUR Istanbul   [1]
Yevropa chempionati
2004-yil 27-may — 2-iyun   UKR Kiyev  
2008-yil 1-6-dekabr   TUR Antaliya   [5]
2017-yil 1-10-oktyabr   TUR Istanbul  
2021-yil 12-19-sentyabr   POL Krakov  

Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasining tarkibi tahrir

2022-yil 9-oktabr holatiga koʻra belgilangan Turkiya amputantlar milliy futbol terma jamoasining tarkibi.

Murabbiy:   Usmon Chakmak 

0#0 pos. Futbolchi Tugʻilgan sanasi (yosh) Ishtiroki Gollari Klubi
1 1DA Mert Yıldız   TUR Şahinbey BG
26 1DA Bülent Çetin   TUR Etimesgut BS
35 1DA Erdi Arslan   TUR Altay SK
4 2HM Muhittin Kurt   TUR Etimesgut BS
5 2HM Okan Şahiner   TUR TSK Rehab Merkezi Eng
22 2HM Fuat Taştan   TUR Şahinbey BG
57 2HM İsmail Korkmaz   TUR Pendik Eng Spor
6 3YH Şeyhmus Erdinç   TUR Etimesgut BS
7 3YH Serkan Dereli   TUR Pendik Eng SK
9 3YH Fatih Şentürk   TUR Şahinbey BG
10 3YH Rahmi Özcan   TUR Şahinbey BG
17 3YH Savaş Kaya   TUR TSK Rehab Merkezi Eng
8 4HJ Kemal Güleş   TUR Etimesgut BS
11 4HJ Ömer Güleryüz   TUR Etimesgut BS

Manbalar tahrir