Turkmangaz
Turkmangaz davlat konserni (turkm. «Türkmengaz» döwlet konserni) – Turkmanistonning gaz qazib olish va taqsimlash kompaniyasi, mamlakatning eng yirik kompaniyasi[2]. Gaz sanoatining barcha jabhalari: qidiruv, qazib olish, tashish, tabiiy gaz va kondensatni qayta ishlash bilan shugʻullanadi. Bosh qarorgohi Ashxobodda. Kompaniyaning 100% aksiyalari Turkmaniston hukumati tomonidan boshqariladi.
Turi | Davlat konserni |
---|---|
Tarmogʻi | gaz |
Egasi | Turkmaniston hukumati |
Qachon asos solingan | 1997-yil |
Joylashuvi | Ashxobod, Turkmaniston |
Rahbariyat | Maqsad Babayev[1] (Boshqaruv raisi) |
Ishchilar soni | 20 ming (2016) |
Vebsayti | ГК «Туркменгаз»(rus.) |
Tarixi
tahrirTurkmaniston prezidentining 1996-yil 1-iyuldagi „Neft-gaz kompleksini boshqarish va mineral resurslardan oqilona foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida“gi farmoni bilan tugatilgan Turkmaniston Neft va gaz vazirligining gaz qazib chiqaruvchi korxonalari negizida tuzilgan.
2017-yil 7-iyulda u tugatilgan „Turkmenneftgazstroy“ („Turkmennebitgazgurlushik“) davlat konsernining vorisi boʻlib, u gaz, gaz kondensati va neftdan uglevodorodlarni ishlab chiqarish va tashishni taʼminlaydigan obyektlarni qurish bilan shugʻullanadi.
Maqsad va vazifalari
tahrirTurkmangaz davlat konserni ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatini operativ boshqarish masalalarida toʻliq mustaqillikka ega va oʻziga yuklangan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- Turkmaniston hududidagi tabiiy gaz konlarini oʻzlashtiradi;
- Turkmaniston hududidagi konlardan tabiiy gaz va gaz kondensati ishlab chiqarishni amalga oshiradi;
- tabiiy gazni tayyorlash, qayta ishlash va isteʼmolchilarga mamlakat ichida hamda eksport qilish uchun tashishni amalga oshiradi.
Turkmangaz davlat konserni raisi va uning oʻrinbosarlari Turkmaniston prezidenti tomonidan tayinlanadi va uning oldida Turkmaniston neft va gaz sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi doirasidagi vazifalarni amalga oshirish uchun javobgardir.
Tuzilishi va tarkibidagi korxonalari
tahrirTurkmangaz davlat konserni tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Türkmengazakdyryș birlashmasi;
- Türkmengazupjunçilik birlashmasi;
- Türkmengazawtomatika boshqarmasi;
- Türkmengazaragatnasyk boshqarmasi;
- Türkmengazburawlayyş boshqarmasi;
- Marygazgykaryş boshqarmasi;
- Dowletabatgazçykaryş boshqarmasi;
- Gazygaytadanișleyiș boshqarmasi;
- Neft va gaz instituti;
- Tabiiy gaz ilmiy-tadqiqot instituti;
- Türkmenturba OAJ;
- Nebit-Gaz gazetasi.
Faoliyati
tahrirKonsern 1997-yilda tashkil etilgan. Tabiiy gazni, shuningdek uni qayta ishlash mahsulotlarini oʻzlashtirish, ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlash va eksport qilish bilan shugʻullanadi[3].
Rahbariyati
tahrirTurkmangaz davlat konserni rahbari vazir darajasidagi davlat konserni raisi hisoblanadi. Rais mamlakat prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Raislari
tahrir№ | Ism familyasi | Tayinlangan sana | Ishdan olingan sana | Ishdan olinish sababi |
1 | Guynchnazar Tachnazarov | 01.07.1996 | 20.05.2005 | boshqa ishga oʻtgan |
2 | Allamurad Ovezov | 10.06.2005 | 02.11.2005 | hibsga olingan |
- | Qurbonmurod Atayev | 02.11.2005 | 26.04.2006 | vaqtincha v.b. |
3 | Baxtiyar Xojiqurbonov | 26.04.2006 | 14.02.2007 | boshqa ishga oʻtgan |
4 | Tachberdi Tagiyev | 18.02.2007 | 22.02.2007 | boshqa ishga oʻtgan |
5 | Yaxshigeldi Kakayev | 22.02.2007 | 27.08.2008 | boshqa ishga oʻtgan |
6 | Boymurod Xo'jamuhammedov | 27.08.2008 | 10.07.2009 | boshqa ishga oʻtgan |
- | Dovlet Mommayev | 10.07.2009 | 12.10.2009 | vaqtincha v.b. |
7 | Nuri Muhammedov | 12.10.2009 | 08.10.2010 | faoliyatidagi jiddiy kamchiliklar tufayli |
- | Dovlet Mommayev | 08.10.2010 | 10.01.2011 | vaqtincha v.b. |
8 | Amanali Xonaliyev | 10.01.2011 | 06.01.2012 | faoliyatidagi kamchiliklar tufayli |
9 | Aqmurad Yegeleyev | 06.01.2012[4] | 23.02.2012[5] | boshqa ishga oʻtgan |
10 | Saxatmurad Mamedov | 23.02.2012[6] | 11.01.2013[7] | faoliyatidagi kamchiliklar tufayli |
11 | Kakageldi Abdullayev | 11.01.2013[7] | 10.01.2014[8] | boshqa ishga oʻtgan |
12 | Chorimuhammed Xommadov | 10.01.2014[8] | 09.01.2015[9] | boshqa ishga oʻtgan |
13 | Ashiruli Begliyev | 09.01.2015[9] | 13.01.2017[10] | boshqa ishga oʻtgan |
14 | Maqsad Babayev | 13.01.2017[10] | 05.04.2017[11] | boshqa ishga oʻtgan |
- | Murad Archayev | 11.04.2017[12] | 01.12.2017 | vaqtincha v.b. |
15 | Murad Archayev | 01.12.2017[13] | 03.04.2020[14] | faoliyatidagi kamchiliklar tufayli |
16 | Botir Omonov | 03.04.2020[14] | 05.2023[1] | |
17 | Maqsad Babayev | 05.2023[1] | amaldagi |
Gaz mojarosi
tahrir2009-yil 9-aprelda Markaziy Osiyo – Markaz (CAC-4) gaz quvurining uchastkasida sodir boʻlgan avariya natijasida turkman gazini tashish boʻyicha mojaro turkman tomonining gaz yetkazib berishni uzoq muddatga toʻxtab qolishiga olib keldi. Rossiyaga yetkazib berish 2010-yil 9-yanvarda qayta tiklandi.
2019—2024-yillarda Turkmangaz Rossiyaning Gazprom kompaniyasi bilan 5 yil muddatga yiliga 5,5 mlrd kub metr turkman gazini Rossiyaga yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolagan. Narx borasida tomonlar kelisha olmagani tufayli Turkmangaz ushbu shartnomani uzaytirmadi[15].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „МАКСАТ БАБАЕВ“ (ruscha). ogt-turkmenistan.com. Qaraldi: 30-oktabr 2024-yil.
- ↑ Глава Туркмении сменил председателя госконцерна «Туркменгаз»|Date= 2014-01-11|Acessdate= 2017-07-12
- ↑ Государственный концерн «Туркменгаз»|Acessdate= 2017-07-12Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ „Новые кадровые назначения“. ИП «ТУРКМЕНинформ». 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
- ↑ „Председатель госконцерна «Туркменгаз» назначен вице-премьером по строительству“. Интернет-газета Turkmenistan.Ru (2012-yil 21-fevral). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
- ↑ „Назначены руководители нефтегазовой отрасли Туркменистана“ (deadlink). Гундогар (2012-yil 23-fevral). 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
- ↑ 7,0 7,1 „Президент произвёл кадровые перестановки в правительстве“. Хроника Туркменистана (2013-yil 14-yanvar). 2020-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
- ↑ 8,0 8,1 „Президент Туркменистана выразил недовольство низкими темпами развития нефтегазового комплекса“ (deadlink). Гундогар (2014-yil 11-yanvar). 2020-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
- ↑ 9,0 9,1 „Президент Туркменистана провёл кадровые перестановки в правительстве“ (ru). Интернет-газета Turkmenistan.Ru. www.turkmenistan.ru (2015-yil 10-yanvar). 2020-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
- ↑ 10,0 10,1 „Президент Туркменистана произвёл кадровые перестановки в правительстве“ (ru). Интернет-газета Turkmenistan.Ru. www.turkmenistan.ru (2017-yil 14-yanvar). 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
- ↑ „Президент Туркмении уволил двух вице-премьер-министров“ (ru). ИА REGNUM (2017-yil 6-aprel). 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
- ↑ „Мырат Арчаев назначен и. о. главы госконцерна «Туркменгаз»“. www.angi.ru -. 2020-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
- ↑ „Назначен глава ведущего нефтегазового ведомства Туркменистана“. «СНГ СЕГОДНЯ» (2017-yil 4-dekabr). 2018-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
- ↑ 14,0 14,1 „Президент Туркменистана уволил главу «Туркменгаза» за недостатки в работе“ (ru). Информационный портал Туркменистана «Turkmenportal» (2020-yil 3-iyul). 2020-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
- ↑ „“Turkmangaz” Rossiyaga gaz yetkazib berish to‘xtatilishi sababini tushuntirdi“. Gazeta.uz. Afisha Media (2024-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 30-oktabr 2024-yil.