Turon (futbol klubi, Toshoʻgʻuz)

Turon futbol klubi (turkmancha: Turan futbol kluby) – Turkmanistonning Toshoʻgʻuz shahrida joylashgan futbol klubi. Jamoa turkman futbolining oliy divizioni, Turkmaniston Yokari ligasida ishtirok etadi. Klubning uy stadioni – Dashoguz stadioni. 2010-yil may oyida Turkmaniston futbol federatsiyasi qarori bilan klub nomini Turan Toshoʻgʻuzdan „Toshoʻgʻuz“ga oʻzgartirilgan[1]. 2016-yilda esa eski nom qaytarilgan.

Turon
Fayl:Logo of Daşoguz FK.png
Toʻliq nomi Turon futbol klubi
Asos solingan 1992 (32 yil avval) (1992)
Sport majmuasi stadioni,
Toshoʻgʻuz, Turkmaniston
Sigʻimi 10,000
Liga Ýokary Liga
Oʻrni 9

Turon jamoasi 1992-yilda „Zarya“ nomi bilan tashkil etilgan boʻlsada, 1993-yilda „Toshoʻgʻuz“ FK nomiga oʻzgartirilgan. „Turan“ nomi bilan 1994-yildan Turkmaniston Oliy ligasida oʻynab kelmoqda[2][3][4].

1995-yil dekabr oyida Turkmaniston kubogi finalida „Ashxobod Kopetdog“ jamoasini magʻlub etdi (4:3) va birinchi marta mamlakat kubokini qoʻlga kiritgan[5]. Turon ikki marta Osiyo Kubogi egalari kubogida ishtirok etgan.

2006-yilda „Turon“ hujumchisi Hamza Allamov Turkmaniston chempionatining eng yaxshi toʻpurari (22 gol) boʻlgan, jamoa esa turnir jadvalida 6-oʻrinni egallagan.

Turkmaniston futbol federatsiyasining 2010-yil may oyida qabul qilingan qarori bilan klub Turkmanistonning shimoliy hududi nomi sharafiga „Toshoʻgʻuz“ deb oʻzgartirilgan[6]. 2015-yilgi chempionatda jamoa turnir jadvalida oxirgi, 10-oʻrinni egallagan. Mavsum yakunida bir necha jamoa moliyaviy qiyinchilik sababli navbatdagi turnirda ishtirok eta olmaganligi natijasida Turon jamoasi elitadagi oʻrnini saqlab qolgan. 2016-yildan buyon klub Turkmaniston chempionatida tarixiy „Turon“ nomi ostida qatnashishda davom etmoqda[7].

Yutuqlar

tahrir

Turkmaniston kubogi

  • Gʻolib: 1995
  • Finalchi: 1994

Neytrallik kubogi gʻolibi

  • Gʻolib: 1996

AFC musobaqalaridagi ishtiroki

tahrir

AFC Osiyo kubogi egalari kubogi

1995–96: Birinchi davra
1996–97: Birinchi davra
Mavsum Turnir Bosqich Klub Hisob
1995-96 AFC Osiyo kubogi egalari kubogi Dastlabki bosqich   Yangiyer (0-3, 1-1)
1996-97 AFC Osiyo kubogi egalari kubogi Dastlabki bosqich   Ordabasi-SKIF (0-0, 1-5)

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir