Tursunxon Jaʼfarova

(Tursunoy Jafarovadan yoʻnaltirildi)

Tursunxon Yoʻldoshevna Jaʼfarova (1915.15.8, Namangan - 1997.17.3, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1952). 1931—40 yillarda Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatrida, 1941-yildan Muqimiy teatrida aktrisa. Eng yaxshi rollari: Halima ("Halima"), Layli ("Layli va Majnun"), Gulsara ("Gulsara"), Nurxon ("Nurxon"), Oftobxon ("Oftobxon"), In Sen ("38-parallel janubrogʻida"), Risolat ("Toshbolta oshiq"), Nodira ("Nodira"), Toʻlgʻanoy ("Momo yer"), Lutfi xoda ("Ona qizim"), Zuhra, Mastura satan g, ("Paranji sirlari"), Bibi ("Guli siyoh") va boshqalar. Jaʼfarova ijodi kuchli dramatizm, aniq sahna harakati, yorqin ifodaviylik, badiiy tugal talqini bilan, qaxramonlarining maʼnan boyligi, ayollik nazokati-yu, fikru mulohazasining teranligi, oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Jaʼfarova bir qancha filmlarda ham suratga tushgan: Xola ("Uchrashuv"), ona ("Oʻn uch terak koʻchasi"), Buvi ("Shashmaqom"; "Buvimni qaytaring"), Farmonbibi ("Kelinlar qoʻzgʻoloni") va b. shular jumlasidan.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil